59. Yopiq shikastlarda birinchi tibbiy yog’rdam ko’rsatish.
Shikastlangan kishiga avvalo tinch sharoit yaratish kerak.
Qon talashni kamaytirish va og'riqni qoldirish uchun lat yegan sohani yuqori ko'tarib qo'yish kerak hamda muz, sovuq kompress buyuriladi
(sovuq suvga namlangan sochiq qo’yiladi), bintli bog'lam qo’yiladi. Og'riqni kamaytirish uchun analgin yoki baralgin tabletkasi ichiriladi.
Gematomaning so’rilishini tezlatish uchun 2-3 kundan keyin issiq kompress, vanna, UVCH va massaj qilinadi.
Paylar cho’zilishi. Ko'pincha boldir-tovon bo’g'imlarining paylari cho’zilishi sport bilan shug'ullanuvchilarda ko'p uchraydi.Oyoq qayrilib
yiqilganda uchraydi.
Paylar cho’zilganda bo’g'im sohasida og'riq, oqsab yurish, oyoqni bosganda og’riqning kuchayishi kuzatilib, ikkinchi kunlari shish, og'riq
kuchayadi. Pay cho’zilishi tizza bo’g'imlarida ham uchraydi, lekin kam uchraydi. Boldir-tovon bo'g'imlarining paylari cho’zilishi odat
bo'lib qolishi mumkin.
Birinchi yordam. Bemorga osoyishta sharoit yaratish kerak. Pay cho’zilgan sohaga sovuq kompress qo'yish, qattiq qilib bog'lash kerak.
O'sha soha qo'l ostida bo'ladigan shinabop narsalar bilan shinalanadi.Odat bo'lib qolishini oldini olish uchun tezda kasalxonaga yotqizish
kerak.
Suyaklar chiqishi. Bir yoki bir qancha suyaklarning bo’g'imlardagi normal holatidan surilishi suyak chiqishi deb ataladi. Shu bilan birga
bir suyakning bo'gim sathi ikkinchi suyakning bo’g'im sathidan surilib ketadi va bo’g’im xaltachasining yurilgan joyidan chiqib ketadi.
Suyaklar to’la va qisman chiqishi mumkin. Agar surilish natijasida bo’g’im yuzalari bir-biriga tegmay qolsa, to’la suyaklar chiqishi
deyiladi. Agar, surilish natijasida bo'gim yuzalari bir-biriga qisman tegib tursa, to'la bo'lmagan qisman suyaklar chiqishi deyiladi.
Suyaklar chiqishi sabablariga ko'ra quyidagi turlarga bo'linadi: 1) tug'ma suyaklar chiqishi: 2) travmatik suyaklar chiqishi; 3) patologik
suyaklar chiqishi: 4) odat bo'lib qolgan suyaklar chiqishi farqlanadi.
Klinik belgilari. Bemor kishi asosan bo'g'imi og'riyotgani va harakat qila olmayotganidan shikoyat qiladi, harakat qilishga urinib
ko'rilganda bo'g'imdagi og'riq kuchayadi, shishadi, chiqqan oyoq yoki qo'l uzunligi o’zgaradi. Qo'1-oyoq chiqqan bo'gimda kuchli og’riq
bo'lib, uni o'z o'rniga qo'yishga harakat qilinsa, yana asl holiga keladi. Bu belgi prujinasimon fiksasiya simptomi deyiladi. Ba'zan
zararlangan qo'l yok oyoq karaxt bo'lib qolishi ro’y beradi, bu holat nerv tolasi qisilishidan va chiqqan suyak bo’lagini spastik ravishda
qisqargan mushaklar qimirlatmay qo’yishi natijasida kelib chiqadi. Ko'zdan kechirish paytida qo'l-oyoqning noto'gri holati va bo’g'im
sohasining shakli buziladi.
Ba'zida suyakning siljigan uchi o'z joyida emasligi aniqlanadi. Masalan: yelka suyagi chiqqanda uning boshi qo'ltiq ostida yoki ko'krak
mushagi ostida ekanligini ushlab aniqlash mumkin. Bemor odatda, tirsagini bukkan holda gavdasidan uzoqroq qilib turadi. Nerv qisilib
qolgan bo’lsa, bemor oyoq-qo'li holsizlanganligidan shikoyat qiladi. Suyaklar chiqishini tashxisi rentgenografiya yordamida aniqlanadi,
unda simmetrik bo'g'imlar solishtirilib ko’riladi.
Suyaklar chiqqanda birinchi vrachgacha yordam ko'rsatish. Suyagi chiqqan ya'ni shikastlangan oyoq yoki qo’lning bo'gim sohasiga sovuq
kompress qo’yish kerak. qimirlamaydigan qilib immobilizasiya qilinadi. Qo'l ostida bo'ladigan taxta, reykalar bilan immobilizasiya qilish
kerak. Qo’l suyaklari chiqqanda kosinka yordamida bo'yinga osib qo'yiladi, oyoq suyaklari chiqqanda oyoqni taxtakach yoki qo'shimcha
vositalar bilan mahkamlash kerak. Og'riq kuchli bo’lganda, og’riq qoldiradigan dorilar (analgin, baralgin) ishlatish kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |