28. Vabo kasalligining kelib chiqishi qanday?
Vabo (xolera) kasalligini vabo vibrioni bakteriyasi keltirib chiqaradi. Bu bakteriya gramsalbiy, vergulsimon bo’lib, harakatlanishini
ta’minlaydigan uzun xivchin va to’qimalarga birikish uchun kerak bo’lgan tukchalari mavjud. Vabo kasalligini keltirib chiqarishi mumkin
bo’lgan V. cholerae bakteriyasining ko’pgina serotiplari mavjud bo’lib, O-guruhiga mansub O1 va O139 kabi turlari vaboning eng jiddiy
alomatlarini keltirib chiqaradi. O-guruh bakteriyalar yuzasi turli lipopolisaxarid-oqsil tuzilmalaridan iborat bo’lib, immunologik usullar
bilan farqlanadi.
Vabo vibrionining bu serotiplari tomonidan ishlab chiqarilgan toksin A va B subbirlikdan tashkil topgan enterotoksindir; ushbu
subbirliklarning sintezi uchun javobgar genetik ma’lumot bakteriyaning plazmidlarida (genetik elementlar bakteriya xromosomalardan
ajralib turadi) saqlanadi. Bundan tashqari, yana bir plazmid pilusni (bakteriyani inson hujayralariga birikishiga yordam beradigan
tukchalar) kodlaydi. Enterotoksin inson tanasi hujayralarini o’zining elektrolitlari va suvini chiqarishga undaydi (asosan yuqori me’da-
ichak yo’llarida), suv va elektrolitlar chiqarilib, ichak bo’shlig’ida yig’ila boshlaydi va ich ketishi kabi tanadan chiqib ketadi. Enterotoksin
difteriyaga olib keladigan bakteriyalar tomonidan hosil bo’lgan toksinga o’xshaydi, chunki har ikki turdagi bakteriyalar o’zlaridan toksin
ajratadi, keyin shu toksin inson hujayralariga kiradi. Bakteriyalar odatda ifloslangan suvni ichish orqali yuqadi, ammo ular oziq-
ovqatlarga, ayniqsa dengiz mahsulotlariga tushishi va kishini zararlashi mumkin.
Vabo vibrionlari dengiz suvi ichida omon qolishi va mollyuskalar ichida bo’lishi mumkinligiga oid ba’zi dalillar mavjud; xom ustritsalarni
iste’mol qilish, ayniqsa, rivojlanmagan va ba’zan rivojlangan mamlakatlarda, vabo xavfi omilidir.
Ba’zi odamlar boshqalarga nisbatan ko’proq kasallanish xavfiga ega. Yetarlicha ovqatlanmaydigan yoki immuniteti zaiflashgan odamlar
vabo kasalligini rivojlantirishi mumkin. Ba’zi tadqiqotchilarning fikriga ko’ra, 2-4 yoshgacha bo’lgan bolalar kasallikga kattaroq yoshdagi
bolalarga qaraganda ancha sezgir. Bundan tashqari, tadqiqotchilarning ta’kidlashicha, birinchi qon guruhili bemorlar vaboga boshqalarga
nisbatan ikki marta ko’proq chalinar ekan. Ushbu kasallikning qon guruhiga bog’liqligi hali to’liq tushunilmagan.
Shuningdek axlorgidriyadan (me’da shirasida kislotaning kamayishi) aziyat chekuvchilar va kislota darajasini kamaytiruvchi dorilar qabul
qiluvchilar ham vabo kasalligiga moyil bo’lishadi, chunki oshqozon kislotasi vabo vibrioni, shu jumladan, bakteriyalarning ko’p turlarini
o’ldirishga qodir.
Do'stlaringiz bilan baham: |