2-VARIANT
1. Quyidagi xususiyatga ega bo’lgan organizmlarni aniqlang.
a) buyragining voronkasimon kengaygan uchi yurakoldi bo’lmasiga
ochiladi; b) orqa ichagiga siyoh xaltasi yo’li
ochiladi
A) a-perlovitsa, suv shillig’i; b-triton, salamandra
B) a-bitiniya, tok shillig’i; b-karakatitsa, kalmar
C) a-kamchatka krabi, krevetka; b-sakkizoyoq, kalmar
D) a-tiriktug’ar shilliq, tok shillig’i; b-aureliya, ildizog’iz meduza
2. Litosfera fitomassasi (a) va gidosfera zoomassasi (b) tarkibini
aniqlang.
1) spirogira; 2) nereida; 3) yomg’ir chuvalchangi;
4) zarang; 5) nemalion; 6) chetan; 7) zaxkash; 8) aureliya
A) a-5,6; b-3,8
B) a-1,5; b-2,8
C) a-1,5; b-3,7
D) a-4,6; b-2,8
3. Odam buyragining nefronlaridagi kapsula (a) va kalavasimon
kanalcha (b) lardagi jarayonlar to’g’ri ko’rsatilgan javobni aniqlang.
1) reabsorbsiya sodir bo’ladi; 2) filtratsiya sodir bo’ladi;3) birlamchi
siydik hosil bo’ladi; 4) ikkilamchi siydik hosil bo’ladi; 5) suyuqlik
kapillarlardan unga o’tadi; 6) suyuqlik kapillarlarga undan o’tadi
A) a-2,3,6; b-1,4,5
B) a-1,4,6; b-2,3,5
C) a-2,3,5; b-1,4,6
D) a-1,4,5; b-2,3,6
4. Odamdagi ko’z gavhari o’z egikligini o’zgartirishi (a), jismoniy va
fiziologik rivojlanishning jadallashuvi (b) qanday ataladi?
A) a-akkomodatsiya; b-akseleratsiya
B) a-akseleratsiya; b-akkomodatsiya
C) a-akseleratsiya; b-adaptatsiya
D) a-adaptatsiya; b-ateroskleroz
5. Qaysi organizmlarda xavo xaltachalari mavjud bo’lib,
gastrulyatsiya jarayonida blasula devorining qat-qat joylashuvi
kuzatiladi?
1) gavial; 2) laylak; 3) kayra; 4) toshbaqa; 5) kurka;
6) iguana
A) 1,3,6
B) 1,4,5
C) 2,4,6
D) 2,3,5
6. Quyidagi xususiyatlarga ega bo’lgan o’simlikni aniqlang.
Daryo va ko’llar sohilidagi to’qaylarda, sernam yerlarda o’sadi,
bo’yining uzunligi 70-150 sm keladigan ko’p yillik o’t, ildizidan
tayyorlangan damlama ilmiy tabobatda yo’talga qarshi ishlatiladi
A) zangori
sachratqi
B) yerbag’ir tugmachagul
C) cherkez
D) dorivor gulxayri
7. Quyidagilardan to’g’ri fikrlar ko’rsatilgan javobni aniqlang.
1) alohidalanish-bir turga mansub individlarning erkin chatishuvini
cheklovchi to’siq; 2) makroevolutsiya-kenja tur va turlarning paydo
bo’lishi; 3) aromorfoz-sinf, tip darajasida yuzaga keladigan
tuzilishning yuksalishi bilan bog’liq evolutsion o’zgarishlar; 4)
regress-parazit hayot kechirishga o’tish tufayli organizmlar
tuzilishining soddalashuvi; 5) divergensiya-turli sistematik
guruhlarga mansub organizmlarning uzoq vaqt mobaynida bir xil
sharoitga yashashi tufayli belgilarning o’xshashligi
A) 3,5
B) 2,4
C) 4,5
D) 1,3
8. Eyler-Venn diagrammasidan foydalanib X va Y ni aniqlang.
I-gidrofil; II-gidrofob; III-glikozid bog’i mavjud
A) X-maltoza; Y-saxaroza
B) X-selluloza; Y-laktoza
C) X-saxaroza;
Y-kraxmal
D) X-maltoza; Y-glukoza
9. Na’matak o’simligining generativ organlariga xos xususiyatlarni
aniqlang.
1) gultojibarglari gul ochilguncha changchi va urug’chini qalpoqqa
o’xshab qoplab turadi, so’ngra to’kilib ketadi; 2) mevasi 3 chanoqqa
bo’linib ochiladigan ko’sak meva; 3) mevasi soxta va etdor, to’q qizil
rangli; 4) to’pgul hosil qilmaydi; 5) gullari ayrim jinsli; 6) gullari ikki
jinsli
A) 3,6
B) 2,4
C) 1,5
D) 4,5
10. Postemrional rivojlanishi metamorfoz yo’li
bilan amalga
oshuvchi xordalilar tipi vakillarini aniqlang.
1) yashil qurbaqa; 2) qizilto’sh; 3) assidiya; 4) alligator; 5) belyanka;
6) xameleon; 7) salamandra; 8) suvarak
A) 2,4
B) 1,7
C) 5,6
D) 3,8
11. Qaysi irqqa mansub odamlarning terisi qora mag’iz, sarg’ish,
ko’zlari qo’y ko’z, sochlari tekis, qattiq va qora, yuqorigi qovog’i
osilgan bo’ladi?
A) yevropoid
B) negroid
C) homo sapiens
D) mongoloid
12. Gen mutatsiyasi (1), bir hududda yashovchi turli
populatsiyalarning o’zaro munosabati (2) tiriklikning qaysi tuzilish
darajasida sodir bo’ladi?
A) a-populatsiya; b-molekula
B) a-organizm; b-populatsiya
C) a-molekula; b-biogeotsenoz
D) a-molekula; b-populatsiya
13. Qaysi javobda hasharotxo’rlar turkumiga mansub hayvon
berilgan?
A) vixuxol
B) chumolixo’r C) tapir
D) maral
14. Quyida nechta tipga (a) va nechta sinfga (b) mansub hayvonlar
keltirilgan?
1) jigar qurti; 2) ildizog’iz meduza; 3) qoramol tasmasimon
chuvalchangi; 4) qizil
chuvalchang; 5) nereida; 6) krevetka; 7) biy; 8)
iskabtopar; 9) latimeriya; 10) beluga
A) a-6; b-10
B) a-3; b-10
C) a-7; b-10
D) a-5; b-9
15. Fotoliz (a) va glikoliz (b) tushunchalarining ta’rifi to’g’ri
ko’rsatilgan javobni aniqlang.
1) ketma-ket keladigan bir qancha fermentativ reaksiyalar yig’indisi;
2) kislorodli parchalanish bosqichi; 3) yorug’lik ta’sirida suvning
dissotsialanishi; 4) DNK molekulasining ikki xissa ortishi; 5) organik
birikmalarning anorganik birikmalardan sintezlanishi
A) a-2; b-4
B) a-3; b-1
C) a-2; b-5
D) a-3; b-2
16. Oshqozoni sodda tuzilgan, ammo ko’richak o’simtasi juda uzun
bo’lgan konsument organizmlar to’g’ri ko’rsatilgan javobni toping.
1) zubr; 2) qorabayir; 3) qulon; 4) arxar; 5) yaguar; 6) tapir; 7)
merinos
A) 2,3,6
B) 2,4,6
C) 1,4,7
D) 1,5,7
17. “Takson” atamasiga to’g’ri berilgan javobni aniqlang.
A) sistematikada qabul qilingan organizmlar guruhlari
B) qarindosh bo’lmagan turlarda o’xshash muhit
sharoitlarida
yashashga moslanish natijasida o’xsash belgilarning mustaqil holda
rivojlanishi
C) har xil yashash sharoitlariga moslashish natijasida ajdod tur
belgilarining ajralishi
D) tarixiy jarayonda murakkab tuzilishdan oddiy tuzilishga o’tish
18. Tarkibida jami nukleotidlarning 25%ini guanin tashkil etgan.
DNK qo’sh zanjiridagi jami adenin nukleotidlarining soni 60 ta
bo’lsa, undagi jami guanin nukleotidlari sonini aniqlang.
A) 45
B) 60
C) 30
D) 40
19. Jadvaldagi noma’lum X o’rniga mos keluvchi javobni aniqlang.
Sinf
Turkum
Zot
Sutemizuvchilar
Juft tuyoqlilar
Shotgorn
Qushlar
X
Lekgorn
A) plimutrok
B) g’ozsimonlar
C) tovuqsimonlar
D) zagorsk
20. Odamda ter bezlarining bo’lmasligi va daltonizm jinsiy X
xromosomaga bog’liq retsessiv holda irsiylanadi. Sog’lom erkak
sog’lom qizga (qizning otasi daltonik va ter bezlari yo’q) uylandi.
Tug’iladigan farzandlarning necha foizida ter bezlari bo’lmaydi?
(Krossingover kuzatilmagan)
A) 25
B) 75
C) 6,25
D) 50
21. Quyidagi holatlar o’zgaruvchanlikning qaysi turiga misol
bo’lishini aniqlang,
1) daltonizm kasalligi; 2) translokatsiya hodisasi;
3) odamda ortiqcha barmoqlilik; 4) inversiya hodisasi;
5) tamakining 24, 48 va 72 xromosomali turlarining borligi; 6)
karamning poliploid navlarining mavjudligi;
a) xromosoma mutatsiyasi; b) gen mutatsiyasi; c) genom mutatsiyasi
A) a-1,4; b-3,5; c-2,6
B) a-4,5; b-2,3; c-1,6
C) a-2,4; b-1,3; c-5,6
D) a-2,6; b-1,4; c-3,5
22. Berilgan hayvonlarning yurak faoliyatiga xos ma’lumotlar to’g’ri
keltirilgan javobni aniqlang.
a) arxar; b) churrak
A) a-o’ng bo’lmachadagi qonda kislorodning konsentratsiyasi
karbonat angidridga nisbatan yuqori bo’ladi; b- o’ng bo’lmachadagi
qonda karbonat angidridning konsentratsiyasi
kislorodga nisbatan
past bo’ladi
B) a-chap bo’lmachadagi qonda kislorodning konsentratsiyasi
karbonat angidridga nisbatan past bo’ladi; b-o’ng qorinchadagi qonda
karbonat angidridning konsentratsiyasi kislorodga nisbatan past
bo’ladi
C) a-chap bo’lmachadagi qonda kislorodning konsentratsiyasi
karbonat angidridga nisbatan past bo’ladi;
b-chap qorinchadagi
qonda karbonat angidridning konsentratsiyasi kislorodga nisbatan
past bo’ladi
D) a-o’ng bo’lmachadagi qonda kislorodning konsentratsiyasi
karbonat angidridga nisbatan past bo’ladi; b-chap qorinchadagi
qonda karbonat angidridning konsentratsiyasi kislorodga nisbatan
past bo’ladi
23. Quyidagi jadvalda eukariot hujayra tarkibidagi organoidlar va
ularning tarkibi ifodalangan. Shunga ko’ra, organoidlarni tarkibi
bilan to’g’ri juftlang.
№
Organoid
Tarkibi
1
Lizosoma
a
Tilakoid, stroma
2
Ribosoma
b
Oqsil va r-RNK
3
Xloroplast
c
Gidrolitik fermentlar
4
Vakuola
d
Organik birikmalar va tuzlar
A) 1-a; 2-b; 3-d; 4-c
B) 1-a; 2-b; 3-c; 4-d
C) 1-c; 2-a; 3-b; 4-d
D) 1-c; 2-b; 3-a; 4-d
24. Saprofit (a), avtotrof (b) parazit (c) oziqlanuvchi prokariotlarni
aniqlang.
A) a-ossillatoriya; b-vertitsill; c-nitrifikator bakteriyalar
B) a-chirituvchi
bakteriya; b-leyshimaniya; c-qoqshol
qo’zg’atuvchisi
C) a-pseudomonas; b-nitrifikator bakteriyalar; c-sil qo’zg’atuvchisi
D) a-tripanasoma; b-temir bakteriyalari; c-ko’kyo’tal qo’zg’atuvchisi
25. Aminokislota berilgan javobni aniqlang.
A) metionin
B) auksin
C) sitokinin
D) guanin
26. Tayoqchasimon xromosomalar qanday ataladi?
A) submetasentrik
B) akrosentrik
C) autosoma
D) metasentrik
27. Shakli o’zgargan novdalarni aniqlang.
A) nargisning piyozi; qirqbo’g’imning ildizpoyasi; kaktusning
tikanlari
B) tokning gajaklari; lolaning guli; do’lananing tikanlari
C) shirinmiyaning ildizpoyasi; yantoqning tikanlari; kaktusning
tikanlari
D) lolaning piyozboshi; lavlagining ildizmevasi; qirqquloqning
ildizpoyasi
28. Olimlarning biologiya fani rivojiga qo’shgan hissalari va
aniqlagan kashfiyotlari to’g’ri ko’rsatilgan javobni aniqlang.
1) Nelson Ele-turlararo bepushtlikni bartaraf etish yo’llari; 2) Boyer-
ilk bor genlarni
klonlash;
3) J.Gyordon-yuksak hayvonlar klonlarini yaratish;
4) I.M.Sechenov-qon eritrositlari tarkibida agglutinogen moddalari
bo’lishi
A) 2,3
B) 2,4
C) 1,2
D) 1,3
29. Bakteriya yoki zambrug’ bo’linganida qiz hujayralar orasida
tasodifiy ravishda taqsimlanadigan plazmid haqidagi to’g’ri fikrni
aniqlang.
A) asosiy xromosomaning maxsus DNK izchilligini kesib,
rekombinatsiya bo’la oladi
B) plazmidning genlari asosiy xromosoma genlari bilan birikkan
holda nasldan naslga beriladi
C) asosiy xromosomaga birika olmaydi
D) asosiy xromosomalardan mustaqil ravishda o’z-o’zini replikatsiya
yo’li bilan ko’paytira olmaydi
30. Odam bosh skeletidagi toq suyaklar berilgan javobni aniqlang.
A) peshana, tepa
B) yuqori jag’, ensa
C) tepa, pastki jag’
D) peshana, pastki jag’