Qurilish texnologiyalarining texnik vositalari. Bino va inshootlarni barpo etishda foydalaniladigan texnik vositalarni uch guruhga ajratish mumkin: asosiy, yordamchi va transport.
Asosiy texnik vositalar bevosita qurilish jarayonida bevosita ishtirok etadi. Ularga qurilish mashinalari, mexanizmlar, dastaki, mexanizatsiyalashgan va elektrlashtirilgan asboblar kiradi.
Yordamchi texnik vositalar konstruksiyalarni bevosita barpo etishda ishlatilmaydi, ammo bunga yordam beradi.
Transport vositalari moddiy resurslar va texnik vositalarni ishlar amalga oshiriladigan hudud (zona)ga ham yetkazib berilishni ta’minlaydi.
Nazorat savollari:
1.Qurilish davrining asosiy qisimlari.
2.Qurilish texnologiyalarining tuzilishi, tarkibi va xususiyatlari
3 Qurilish jarayonlari va ishlar.
4 Qurilish texnologiyalarining texnik vositalari
5 Qurilish texnologiyalarining mehnat resurslari
Do'stlaringiz bilan baham: |