Texnologiya umumiy tushunishda – zarur mahsulotni olish jarayonida amalga
oshiriladigan materiallarni yoki chala mahsulotlarni tayyorlash yoki ularga ishlov
berish usullarining yig‘indisidir. Texnologiyaning vazifasi – zamonaviy ilmiy yutuqlar va ishlab chiqarish tajribasi negizida yangi, samarali va iqtisodiy jihatdan
maqsadga muvofiq texnologik jarayonlarni ishlab chiqish va joriy qilishdan iborat.
Qurilish ishlab chiqarish texnologiyasi amaliy fan sifatida ko’rib chiqilayotgan hodisalar, jarayonlar ishlarning juda keng qamroviga ega bo’lib, ikki ketma-ket tizimostilari: qurilish jarayonlari texnologiyasi, bino va inshootlarni barpo etish texnologiyasining birlashmasi hisoblanadi.
Qurilish jarayonlari texnologiyasi talab etilgan sifatdagi mahsulotni olish maqsadida qurilish materiallari, yarim mahsulotlar va konstruksiyalarning holati,
fizik-mehanik hossalari, geometrik o’lchamlarini sifat jihatdan ularga ishlov berishni ta’minlovchi qurilish jarayonlarini bajarishning nazariy asoslari, uslublari va usullarini ko’rib chiqadi. Bu ta’rifga kiritilgan “metod” tushunchasi mehnat qilish texnik vositalari (qurilish mashinalari, kichik mexanizatsiya vositalari, montaj qilish moslamalari, jihozlar, apparatlar, dastaki va mexanizatsiyalashtirilgan asbob, turli xil konstruksiyalar) dan foydalanib mehnat predmeti moddiy elementlar (qurilish materiallari, chala tayyor mahsulotlar, konstruksiyalar va boshq.)ga ta’sir ko‘rsatishning turli xil usullariga (jismoniy, kimyoviy va h. k.) asoslangan qurilish jarayonlarini bajarish prinsiplarini belgilab beradi.
Bino va inshootlarni barpo qilish texnologiyasi qurilishi tugallangan bino va
inshootlar ko‘rinishidagi mahsulot olish maqsadida boshqa ishlar bilan makon va
vaqt bo’yicha mustaqil yoki o’zaro bog’lanishda ko’rib chiqiladigan qurilish, montaj va maxsus ishlarning ayrim turlarini amaliy jihatdan amalga oshirishning nazariy asoslari va prinsiplarini belgilab beradi.
Mamlakatimizda qurilish ishlab chiqarishi zavod, korxonalarda ishlab chiqarilgan konstruksiyalar, detallar va qurilish materiallarini keng qo’llanilishiga
asoslangan industrial asosda rivojlanmoqda. Ilmiy-texnik taraqqiyot qo’l mehnati xarajatlarini ancha kamaytirishga, quruvchilarning yangi yuqori unumdor mashina va mexanizmlarni, samarali mexanizatsiyalashgan asboblarni olishlariga va qoʻllashlariga yordam beradi. Hozirgi vaqtda mavjud nazariy tadqiqotlar, yangi materiallar, ilg‘or qolip (opalubka) lar va qolip tizimlari negizida monolit va yig‘ma-monolit uy qurilishi jadal rivojlanmoqda.
Zamonaviy qurilish ishlab chiqarishning asosiy prinsiplari mehnat unumdorligini jiddiy oshirishga, ishchilarning mehnat muhofazasini yaxshilashga,
atrof-muhit ekologiyasi va muhofazasiga ko‘proq e’tibor berishga mo‘ljallangan.
“Qurilish jarayonlari texnologiyasi” kursini bayon qilish fundamental umumta’lim va maxsus muhandislik-texnik fanlarni o’rganishning o’zaro aloqasi va izchilligiga asoslanadi. Kursning tuzilishi geodeziya, qurilish materiallari, sanoat va fuqarolik binolari arxitekturasi, qurilish mashinalari va qurilish konstruksiyalari – temirbeton va tosh metall va yog‘och hamda plastmassa konstruksiyalari kurslarini dastlabki yoki bir vaqtda o’rganishni nazarda tutadi.
Qurilish texnologiyalarining tuzilishi, tarkibi va xususiyatlari.
Do'stlaringiz bilan baham: |