Qilichbozning shaxsiy gigiyenasi. Trenirovka mashqlarida qilichboz juda ko‘p terlaydi. Shuning uchun shaxsiy gigiyena va tanani parvarish qilish, mashqdan keyin dush qabul qilish, ustidan suv quyib yuvinish tadbirlariga alohida e’tibor berishi lozim.
Qilichbozning chiniqishi. Sportning barcha turlari kabi qilichbozlarning chiniqishi muhim ahamiyatga ega. Chiniqishning hamma vositalari, birinchi navbatda, suv muolajalari va quyosh radiatsiyasi keng qo‘llanishi tavsiya etiladi.
Qilichbozning kiyimiga gigiyenik talablar.
Qilichbozning kiyimi trenirovka mashqi va musobaqada erkin harakatlanishiga qulay bo‘lishi va uning tanasini himoyalashi kerak.
- erkaklar uchun jinsiy a’zoni himoyalovchi rakovina;
- ayollar uchun ko‘krak sohasini himoyalovchi qattiq matodan tayyorlangan byutsgalter qo‘llanadi.
Qilichbozning asosiy kiyimlari va poyabzali.
1. Kurtka. Kurtkaning pastki qirrasi shimni yuqoridan pastga tomon 10 sm ni yopib turishi mumkin.
2. Golfi tipidagi tizzadan pastida tugmalanadigan shim.
3. Getri – tizza bo‘g‘imlarini to‘liq yopadigan.
4. Tufli oq rangli.
Do'stlaringiz bilan baham: |