Boksning gigiyenik tavsifi.
Boks mashg‘ulotlari bilan shug‘ullanish jarayonida botirlik, shijoatlilik, jasoratlilik, irodalilik va himoyalanish ko‘nikmalari shakllanadi. Boks mashqlarida tezlik, aniqlik, harakatlarning muvozanatliligi, e’tiborni mujassamlashtirish, kuchni tejamkorlik va maqsadli sarflash harakat tezligi va aniqligi yuqori darajada rivojlanadi.
Bokschining trenirovka mashqlari va musobaqalari katta jismoniy va psixik zo‘riqish bilan o‘tadi. Bundan tashqari musobaqalarda bokschi kuchli, og‘riqli, ba’zida shikastlantiruvchi zarbalar oladi.
Yuqorida bayon etilganlardan ma’lumki, bokschilar tayyorlashni gigiyenik ta’minlash o‘ziga xos xususiyatlarga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |