Qilichbozlikning gigiyenik tavsifi.
Qilichbozlik bilan muntazam shug‘ullanish organizmning jismoniy rivojlanishining har tomonlama yuksalishiga, harakat-larning tezligi, chaqqonligi, aniqligi, muvozanatligi kabi sifatlari takomillashuviga sharoit yaratadi. Shuningdek, sportchida yuksak axloqlilik, matonatlilik, shijoatlilik, jasoratlilik kabi sifatlarning shakllanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Qilichbozning kun tartibi.
Kun tartibi umumiy gigiyenik qoidalar asosida tuziladi. Sportning bu turida kuzatiladigan yuqori darajadagi asab-psixik zo‘riqishni hisobga olgan holda mashqlardan keyin asab va kuch-quvvatning tiklanishiga, nofaol va faol dam olishga qaratilgan tadbirlarga alohida e’tibor beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |