Kurashchining shaxsiy gigiyenasi va chiniqtirish.
Kurashchini tayyorlashda shaxsiy gigiyenaning hamma qoidalariga amal qilish muhim ahamiyatga ega. Shaxsiy gigiyena turli xil kasalliklarning, ayniqsa, terining zamburug‘li, yiringli, nafas a’zolarining sil va boshqa yuqumli kasalliklarining oldini olishning asosiy sharti hisoblanadi. Chunki, kurashning trenirovka mashg‘ulotlari va musobaqalari gilam ustida va raqib bilan yonma-yon, unga surkanish vaziyatida o‘tadi.
Kurashchini chiniqtirishning asosiy maqsadi organizmni baquvvat qilish, immun xususiyatini yaxshilash, ayniqsa, shamollash, gripp kasalliklarining oldini olishga qaratilgan.
Kurashchilarni chiniqtirishda suv muolajalari, havo vannalari, quyosh va sun’iy ultrabinafsha nurlari keng qo‘llanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |