Mayda motorikani rivojlantirish
Quyidagilar 3 yoshdan 5 yoshgacha bo‘lgan bolalarda mayda motorika rivojlanishining talablari hisoblanadi:qo‘llari va barmoqlarining harakatlarini nazorat qilish qobiliyatiga ega bo‘lish;o‘yinchoqlar va umumiy foydalanishda bo‘lgan buyumlardan foydalana olish.Quyidagilar 3 yoshdan 5 yoshgacha bo‘lgan bolalarda mayda motorika rivojlanishining indikatorlari hisoblanadi:uzib-uzib, dog‘ qo‘yib, chiziqlar yordamida rasm chizish;qalam, mo‘yqalam va bo‘yoqlardan foydalanish, barmoqlari va suvni ishlatish;applikatsiya elementlarini yopishtirish;loy yoki plastilindan yulish, pachoqlash, uzib olish va cho‘zish usulida turli shaklchalarni yasash;kaftlari orasida bir bo‘lak loy yoki plastilinni to‘g‘ri yoki doira shaklida dumalatib yoyish, tayyor qismlarni bir-biriga ulash;mozaika va boshqa shakllarni osonlik bilan terish va yig‘ish;qaychi bilan oddiy shakllarni qirqish;qog‘ozdan buklash yo‘li bilan oddiy modellarni yasash;munchoqlarni ipga solish;qalamni to‘g‘ri ushlashga harakat qilib, chiziq chizish;shisha qopqog‘ini ochish, burash va yopish;piyolani bir qo‘lida ushlab turish;koptokni qo‘llarida ushlash va oldinga tashlash.
Sensomotorikani rivojlantirish
5 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan bolalarning sezgi organlari yordamida o‘z harakatlarini tartibga solishga qodirligi ularda sensomotorika rivojlanishining talabi hisoblanadi.Quyidagilar 5 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan bolalarda sensomotorika rivojlanishining indikatorlari hisoblanadi:koptokni o‘z sherigiga turli dastlabki holatlardan irg‘itish, bir joyda turib yoki oldinga harakatlanib, polga, yerga urish, uni bir yoki ikki qo‘li bilan ilib olish, bu jarayonda chapak chalish va boshqa topshiriqlarni bajarish;koptokni, qum solingan qopchani gorizontal va vertikal holatdagi mo‘ljalga 3-4 m masofadan tashlash.5 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan bolalar ta’limiga quyidagicha yondashish lozim:bolani koptoklar, qum solingan qopchalar bilan ta’minlash;bolaning minoralar, shakllar qurishi, xamir, plastilin qorishi, rasm chizishi va bo‘yashi mumkin bo‘lishi uchun unga turli materiallar va o‘yinchoqlardan foydalanish imkoniyatini yaratish;qalam va bo‘rchalarni berayotganda buyumlarni qanday chizish kerakligini og‘zaki o‘rgatish.Bolalarning xavfsiz yashashi va harakatlanishini ta’minlash uchun quyidagi talablarga rioya qilish lozim:serharakat faoliyatni birmuncha xotirjam faoliyat va dam olish bilan uyg‘unlashtirish;ichiga narsa solinadigan koptoklarning vazni 0,5-1 kg dan og‘ir bo‘lmasligiga e’tibor qaratish;mashqlarni bajarish vaqtida ta’minlash.
Do'stlaringiz bilan baham: |