16 Mavzu:Jismoniy rivojlanish va sog`lom turmush tarzini shakllanishi sohasini maktabga tayyorlov guruhlarda tahlili
Reja:
1 Jismoniy rivojlanish va sog`lom turmush tarzini shakllanishi sohasini maktabga tayyorlov guruhlarda tahlili
2 Maktabga tayyorlov guruhi.
7 yoshga qadar bola son, buyumlarning shakli va kattaligi haqida nisbatan ko‘proq bilimlarni o‘zlashtirgan bo‘lishi, fazoda (2 va 3 o‘lchovli) va vaqt bo‘yicha mo‘ljal ola bilishi kerak.
Tarbiyachi bolalarda matematik bilimlarga ustivor (turg‘un) qiziqish, ulardan foydalanish malakasi va ularni mustaqil egallashga intilishni tarbiyalashga harakat qilishi kerak. Shu yoshda bolalarda mustaqil fikrlashni, fazoviy tasavvurni rivojlantirish, ayniqsa, muhim.
“Maktabgacha tayyorlov guruhi uchun elementar matematik tasavvurlarni rivojlantirish dasturi” bolalarning oldingi bosqichlarda olgan bilimlarini sistemalashtirish, kengaytirish va chuqurlashtirishni nazarda tutadi. Mazkur guruhda haftasiga 2 tadan (bir yilda 72 ta) mashg‘ulot o‘tkaziladi. Matematikadan har qanday mashg‘ulotni tuzishda bolalar tarbiyachining stoli yonida ishlashlari bilan bir qatorda o‘z o‘rinlarida tarqatma materiallar bilan mustaqil ishlashlari ham nazarda tutilishi zarur.
Maktabgacha tayyorlov guruhi.Bu guruhdagi kuzatishlarga rahbarlik qilishning o‘ziga xos xususiyatlari bolalarga ko‘proq mustaqilliklarini namoyon qilish uchun sharoit yaratishdan iboratdir.Uzoq muddatli kuzatishlar uchun topshiriqlarning bir qismi bolalarga oldindan beriladi.Tarbiyachi bularni bolalarga ba’zi-ba’zida eslatib turadi.Qisqa muddatli kuzatishlarda tarbiyachi savol-topshiriqlardan foydalanadi. Masalan, «Yangi keltirilgan qush, bizda oldin yashagan qushdan nimasi bilan farq qiladi?» «Bog‘chamizdagi daraxt va butalarning barglari bir xilda sarg‘ayganmi?» va shu kabilar. Ko‘pincha savollar faqatgina bolalar ba’zi bir murak- kabliklarga uchraganlaridagina beriladi. Tadqiqotchilik harakatlaridan ham yuqoridagi holatda foydalaniladiKichik yosh guruh (3—4 yosh).Bu yosh guruhlarda dastlabki kuzatishlar bolalarning ozchiligi bilan o‘tkaziladi.Tarbiyachining asosiy vazifasi bolada kuzatishning sodda malakalarini shakllantirish, ya’ni diqqatni kuzatilayotgan narsaga to‘plash, qo‘yilgan savollarga javob berish, aniq belgilarni ajratib ko‘rsatish, kichkintoylami alohida harakatlantiruvchi narsalar bilan jalb qilishdir.Shuning uchun bolalar dastlab jonivorlarni kuzatishlari maqsadga muvofiqdir.
Tayyorlov guruhi bolalari o‘z kuzatishlarida oddiy moslamalar, ba’zan esa asboblar - termometr, flyuger, lupa, reyka (qorning qalinligini o‘lchash uchun va shu kabi)lardan foydalanishlari.Maktabgacha ta’lim muassasalarida va oilada jismoniy tarbiyani tashkil etish shakllari Jismoniy tarbiyani tashkil etish shakllari - bu bolalarning rang-barang faoliyatining ta’limiy-tarbiyaviy jamlamasi bo‘lib, uning asosini harakat faolligi tashkil etadi. Bu shakllarning yig‘indisi bolaning jismoniy jihatdan to‘laqonli rivojlanishi va sog‘lig‘ining mustahkamlanishi uchun zarur bo‘lgan muayyan harakat rejimini vujudga keltiradi. Bolalar harakat faoliyatini tashkil etishning shakllari quyi- dagilardan iborat: 1) jismoniy tarbiya mashg‘ulotlari; 2) kunda- lik rejimdagi jismoniy – sog‘lomlashtirish ishlari: ertalabki gimnastika, harakat o‘yinlari va sayr paytidagi jismoniy mashqlar, jismoniy tarbiya daqiqalari, kunduzgi uyqudan so‘nggi jismoniy tarbiya mashqlari, chiniqtirish tadbirlari; 3) faol dam olish: bolalar turizmi, jismoniy tarbiya bayramlari, salomatlik kunlari, ko‘ngilochar musobaqalar; 4) bolalarning mustaqil harakat faoliyati; 5) uyga vazifa.Bu shakllarning barchasi jismoniy tarbiya va bolani har tomonlama rivojlantirishning umumiy vazifalariga javob berar ekan, ular o‘zaro aloqadadirlar, shu bilan birga har biri o‘zining maxsus vazifasiga egadir. Bu ularning maktabgacha ta’lim muassasalari kun jadvalidagi o‘rnini belgilaydi. Ilk yoshdagi bolalar guruhida asosiy ish shakli jismoniy mashqlar bilan individual shug‘ullanish hisoblanadi (gimnastika, massaj, harakatli o‘yinlar). Ertalabki gimnastika va jismoniy tarbiya mashg‘ulotlari birinchi kichik guruhlarning barchasida boshlanadi, biroq ularning har bir yosh psixofiziologiyasi xususiyatlarini hisobga oluvchi harakat materialini ham- da uni o‘tkazish metodikasini tanlashga ko‘ra o‘ziga xosdir. Jismoniy tarbiya daqiqalari bolalar bog‘chalarining katta guruhlarida ko‘proq ahamiyatga ega bo‘ladi. U aqliy faoliyat uyg‘otuvchi (matematika, nutq o‘stirish bo‘yicha) mashg‘ulotlarga va bolalarning faol dam olishi hamda ish qobiliyatini tiklash payti sifatida ikki mashg‘ulot o‘rtasiga kiritiladi. Ochiq havodagi harakatli o‘yinlar va rang-barang mustaqil harakat faoliyati barcha yosh guruhlaridagi bolalar kundalik hayotining zarur sharti hisoblanadi
Do'stlaringiz bilan baham: |