Pul bozori -moliyaviy bozorning tarkibiy qismi bo‘lib, unda pul va unga tenglashtirilgan moliyaviy aktivlar harakati ularga bo‘lgan talab va taklif ta’sirida uyg‘unlashtiriladi.
5-rasm
Pul bozori turlari
Milliy iqtisodiyotda davlatning, tijorat banklari va boshqa moliyaviy muassasalarning majburiyatlari pul sifatida foydalanadi.
Pul operatsiyalarining asosiy ko‘pchilik qismi naqd pulsiz, cheklar va unga tenglashtirilgan moliyaviy aktivlar yordamida amalga oshiriladi. SHu sababli muomalada bo‘lgan pul miqdorini hisoblash uchun M1 ...Mn pul agregatlari yoki tarkibiy qismi tushunchasidan foydalaniladi.
Bizning respublikamizda umumiy pul miqdori quyidagi (tarkib)lar asosida hisoblanadi:
Mo - naqd pullar;
M1=Mo+ tegishli hisob varaqalaridagi pul qoldiqlari, mahalliy byudjetlar
mablag‘lari, byudjet, jamoa va boshqa tashkilot mablag‘lari; M2 = M1 + banklaridagi muddatli omonat(jamg‘arma)lar;
M3 = M2 + chiqarilayotgan sertifikatlar + aniq maqsadli zayom obligatsiyalari + davlat zayom obligatsiyalari + xazina majburiyatlari.
Barcha pul agregatlari yig‘indisi yalpi pul massasi yoki yalpi pul taklifini tashkil qiladi.
Pul Taklifi Asosida Nima Yotadi?
AQShda pul taklifi kafolatlanishi aslida hukumatning pul qiymatlarini nisbatan barqaror qilib ushlab turishidir. Va boshqa hech narsa!
Pul Qarz Majburiyati Sifatida
Pul ta’minotining asosiy qismlari qog‘oz pullar va chek depozitlari bo‘lib ular to‘lashni vada qilish yoki qarz. AQShda pul bu federal zahira banklarining aylanib yurgan qarzi. Chek depozitlari esa tijorat banklari va omonat tashkilotlarining qarzlari.
Qog‘oz pul birliklari va chek depozitlari o‘zlari qiymatga ega emas. 5 $ dollarlik pul bu oddiy rasmli qog‘oz bo‘lagi. Chek depoziti esa oddiygina xisob kitob yuritish qog‘ozi. Va tangalar bilganingizdek yozilgan qiymatidan kamroq qiymatga ega. Hukumat qo‘lingizdagi qog‘oz pullarni oltin kabi boshqa moddiy narsalar bilan qoplamaydi. Aslida hukumat davlat pul ta’minotini boshqarishni tanlagan. Uning pul kredit boshqaruvchilari to‘liq bandlik, narxlar darajasi va iqtisodiy o‘sishga yordam beruvchi tadbirkorlik faoliyatlariga kerakli aniq qiymatlar bilan ta’minlashni amalga oshirishadi.
Deyarli barcha bugungi kun iqtisodchilari pul ta’minotini boshqarish uni oltin yoki boshqa boshqa maxsulotga bog‘lashga nisbatan to‘g‘riligi bilan rozi chunki uning ta’minoti bexosdan yoki atayin o‘zgartirilishi mumkin. yangi oltin konlarining topilishi bilan bog‘liq davlat oltin zahiralarining oshishi pul ta’minotining juda tez o‘sishiga va tez inflyatsiyani keltirib chiqarishi mumkin. yoki tilla sanoatidagi pasayish pul ta’minotining pasayish va ishsizlik vaqtidagi darajalariga olib kelishi mumkin.
Qisqa qilib aytganda odamlar qog‘oz pullarni oltin yoki boshqa qimmatbaho maxsulotga aylantira olmaydilar. Pul faqat qog‘oz pul bilan almashtiriladi. Agar siz hukumatdan sizning besh dollaringizni qoplashni so‘rasangiz unda hukumat sizga o‘rniga boshqa raqamli boshqa besh dollarlikni beradi. Siz olishingiz mumkin bo‘lgan narsa shu. SHunday qilib chek deposit oltin bilan emas faqat qog‘oz pul bilan qoplanishi mumkin va u ko‘rganingizdek hukumat tomonidan boshqa qiymatga narsalar bilan ta’minlanmagan.6
6 Campbell R. McConnell “Economics” Principles, Problems, and Policies 2008 203 p
Pul massasi – bu naqd va naqdsiz shaklda mavjud bo‘lgan, belgilangan vazifalarni bajaruvchi barcha pul vositalari yig‘indisidir. YAlpi pul taklifi iqtisodiyotdagi mavjud barcha pullar miqdori bilan aniqlanadi.
Pul taklifi pul multiplikatori yordamida hisoblanadi.
Pul multiplikatori – bu tijorat banklar tizimi muomaladagi pul massasini ko‘paytirish uchun foydalanish mumkin bo‘lgan ortiqcha ehtiyotlar bir qismi va yangi qarz (yoki qimmatli qog‘ozlarni sotib olish) taqdim qilish yo‘li bilan berilgan muddatsiz qo‘yilmalar summasidir. U bir soni (1) ning ehtiyotlar, majburiy normasiga bo‘lingan miqdoriga teng. Mazkur ko‘rsatkich pul asosi o‘zgargan holda pul massasi hajmi qanchaga o‘zgarishini ko‘rsatadi.
m= D=E·m, E=A-R; bunda, m – pul multiplikatori;
D – pulning joriy hisobda eng yuqori darajada ko‘payishi; R – ehtiyotlar normasi;
E – ortiqcha ehtiyotlar.
Pul tarkibiy qismlari nuqtai – nazaridan naqd pullar – metall va qog‘oz pullardan iborat bo‘ladi. Naqd pullar bozor iqtisodiyotida rivojlanayotgan mamlakatlarda umumiy pul massasining 5-7 foizni, bozor iqtisodiyotiga o‘tayotgan mustaqil hamdo‘stlik davlatlarida 30–35% ni tashkil qilgan.
Monetaristik yondashuvga ko‘ra Fisher tenglamasida transaksion deb nomlanadigan pulga talab hisobga olinadi. Bu talab pulning muomala vositasi vazifasidan kelib chiqadi. Pulga transaksion talab – tovar va xizmatlarni sotib olishga xizmat qilishi sababli, u bitimlar uchun pulga talab ham deyiladi.
Shunday ekan, pulga talab – bu bitimlar uchun (Pt) va aktivlar tomonidan pulga talab (Pa) ni o‘z ichiga oladi.
Aholi o‘zlarining hisoblariga navbatdagi pul oqimi kelib tushguncha, kundalik ehtiyojlari uchun qo‘llarida etarlicha pulga ega bo‘lishi zarur. Korxonalarga ish xaqi to‘lash, material, yoqilg‘i sotib olish va shu kabilar uchun pul kerak bo‘ladi. SHu barcha maqsadlar uchun zarur bo‘lgan pul bitim uchun pulga talab deyiladi. Bitim uchun zarur bo‘lgan pul miqdori nominal YaIM (YaMM) hajmi bilan aniqlanadi, ya’ni u nominal YaIM (YaMM)ga mutanosib ravishda o‘zgaradi. Aholi va korxonalarga ikki holda bitim uchun ko‘proq pul talab qilinadi: narxlar o‘sganda va ishlab chiqarish hajmi ko‘payganda.
Nega pul birliklari va chek depositlari pil shu bilan birga Monopolia (o‘yin) puli pul mas? 20 dollarlik pul yoki 100 dollarlik chek xisobiga nima qiymat beradi? Bu savolning javobi uch qismdan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |