2-rasm
Pulning vazifalari
Muomala vositasi. Birinchi va eng asosiy o‘rinda pul tovar va xizmatlarni sotish va sotib olishda foydalanish imkoniyatini beruvchi ayriboshlash vositasi. Novvoy xaftasiga 200 dona teshik kulcha ko‘rinishidagi oylikni olishni xoxlamaydi. Shunga o‘xshab novvoyxona boshlig‘i ham teshik kulchalar o‘rniga baliq olishni xoxlamaydi. Pul esa to‘lov uchun osongina olinadigan vosita. Pul bu ijtimoiy ixtiro bo‘lib ta’minotchi va ishlab chiqaruvchilarga to‘lanishi va ular tomonidan bozordagi ko‘pgina turdagi narsalarni olish imkoniyatini beruvchidir. Ayriboshlash vositasi sifatida pul jamiyatga barter qiyinchiliklaridanqochishga imkoniyat yaratadi. Pul tovar ayriboshlashning qulay yo‘li bo‘lgani uchun jamiyatga geografik va inson ihtisoslashuvlarining afzalliklaridan foydalanish imkoniyatini beradi.
Qiymat o‘lchovi birligi. Pul shuningdek qiymat o‘lchovi birligi sifatida ham hizmat qiladi. Jamiyat pul birliklaridan keng ko‘lamdagi tovarlar, xizmatlar va resurslarni qiymatini xisoblash vositasi sifatida ishlatiladi. AQSHda pul birligi sifatida dollarlardan foydalanadi. Biz uzoqlikni milyalar yoki kilometrlar bilan o‘lchaganimizdek, tovarlar va hizmatlarning qiymatini pulda o‘lchaymiz. Pul xisobning qabul qilingan birligi sifatida bo‘lganda xar bir elementning narxi faqatgina pul birligi ko‘rinishida belgilanishi etarlik. Biz sigirlarning narxini, jo‘hori, qalamlar yoki maymunjon jihatidan belgilashimiz kerak emas. Pul xaridorlar va sotuvchilarga osongina turli xil tovar va xizmat narxlarini qiyoslash orqali tog‘ri qaror qabul qilishda yordam beradi. Bundan tashqari pul qarz
majburiyatlarini aniqlash, soliq qarzlarini aniqlash va davlatning YIMini aniqlash imkoniyatini beradi.
Jamg‘arish vositasi. Nihoyat pul odamlarga xarid quvatini xozirdan kelajakka o‘tkazish uchun boylikni jamg‘arish vositasi sifatida ham xizmat qiladi. Odamlar odatda topgan foydalarini shu kunning o‘zida ishlatib yubormaydilar. Keyinchalik narsalar olish uchun ular boylikllarining bazi qismini pulda saqlaydilar. Siz seyfga yoki omonat xisobiga qo‘ygan
pullaringiz sizga bir necha xafta yoki oylardan keyin ham foydalanish imkoniyatini beradi. Pullar odatda qisqa muddatli boylik saqlashning eng afzal ko‘riluvchi vositasidir, chunki ular barcha aktivlar ichida eng likvidlaridir.2
Daromad egalari (alohida shaxs, bank, korxona) o‘zlarining aktivlarini likvidli, ya’ni pul shaklida saqlashga harakat qiladi.
Aktivlar likvidligi – bu ularning, har xil to‘lovlarga zaruriyat bo‘lganda naqd pullarga aylana olish layoqatidir.
Pul mutloq likvidlik xususiyatiga ega. Boshqa barcha aktivlar kam yoki ko‘p darajada bunday xususiyatga ega bo‘ladi.
Moliyaviy aktivlar likvidligi qancha kam bo‘lsa, uning egasi uchun o‘z ixtiyoridagi pulni zarur vaqtda olish imkoniyati bilan bog‘liq yo‘qotish tahlikasi shuncha yuqori bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |