Kreditning mohiyati, vazifalari va manbalari
Kredit pulni ma’lum shartlarga amal qilgan xolda qarzga berish va uni maqsadli ishlatishni bildiradi. Kredit munosabatlari juda qadim zamonlarda vujudga kelgan. Dastlab natura shaklida (g‘alla, chorva va boshqalar) mulkdorlar tomonidan qarzga berish udum bo‘la boshlagan. Qarzga pul berishning dastlabki shakli sudxo‘rlik bo‘lib, u nihoyatda yuqori darajada foiz bilan qaytarilishi bilan
kreditdan farq qilgan. Qadimgi Gretsiyada eramizgacha (IV-asrda) oyiga 42%, yiliga 570% gacha foiz to‘langani tarixiy manbalarda qayd etilgan. Bundan tashqari sudxo‘r qarz oluvchidan qo‘shimcha imkoniyatlar yaratilishini ham talab qilgan.
Sudxo‘rlik qarzi ortib borganda bir tomondan mayda ishlab chiqaruvchilarni xonavayron qilgan, ikkinchi tomondan kapitalning dastlabki jamg‘arish uchun zarur mablag‘larning shakllanishga yordam bergan. Industrial ishlab chiqarish va sof kapitalizmning vujudga kelishi bilan kreditsiz ishlab chiqarish faoliyatini yutirish qiyinlashib qoldi.
Bunda kapital bir xo‘jalikda pul shaklida, ikkinchisida tovar shaklida to‘planib, turli sohalarda ularning harakati bir-biriga to‘g‘ri kelmaydi. Kapital harakatning alohidalashgani tufayli bir xo‘jalikda pul etishmasa, ikkinchisida bo‘sh pul mablag‘lari mavjud bo‘ladi. Natijada mablag‘i yo‘qlar, bo‘sh pul mablag‘ga ega bo‘lganlardan qarz olishga majbur bo‘ladi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida jamiyat taraqqiy etishi bilan kredit munosabatlari rivojlanib, uning yangi-yangi imkoniyatlar vujudga kela boradi. Hozirgi iqtisodiyotni kredit munosabatlarisiz tasavvur qilib bo‘lmaydi.
Kredit iqtisodiy kategoriya sifatida vaqtincha o‘z egalari qo‘lida bo‘sh turgan pul mablag‘larning ma’lum muddatga xaq to‘lash sharti bilan qarzga berilishi va uni qaytarib berish yuzasidan kelib chiqadigan munosabatlarni ifodalaydi.
Kredit munosabatlari ikki subekt o‘rtasida yuz beradi. Biri bo‘sh pul egasi, ikkinchisi unga muxtoj, ya’ni qarz oluvchilardir.
Kredit subektlari yuridik hamda jismoniy shaxslar, banklar, korxona, davlat va turli toifa aholi qatlami bo‘lishi mumkin. Bir subektning o‘zi bir vaqtda ham qarz oluvchi, ham qarz beruvchi sifatida chiqishi mumkin. Kredit aloqalari pul egasi bilan qarz oluvchi o‘rtasida bevosita yoki bilvosita tartibda amalga oshiriladi. Birinchi holda ular to‘g‘ridan-to‘g‘ri, ikkinchi holda vositachilar orqali bog‘lanadi. Odatda, asosiy vositachi rolini banklar o‘ynaydi. Kredit iqtisodiy kategoriya sifatida qator vazifalarni bajaradi.
Taqsimlash vazifasi orqali bo‘sh pul mablag‘larini qarzga berish orqali kapitalni turli tarmoqlar, korxonalar o‘rtasida taqsimlash va qayta taqsimlash amalga oshiriladi va iqtisodiy resurslarning ko‘chib yurishi ta’minlanadi.
Joriy qilish. Kredit asosida va unga bog‘liq holda pul begilari va unga tenglashtirilgan naqd pulsiz to‘lov voitalari, turli qimmatbaho qog‘ozlar emissiya qilinadi, xo‘jalik aylanmasiga kiritiladi.
Nazorat qilish. Kredit operatsiyalarini bajarish jarayonida iqtisodiy faoliyat, moliyaviy ahvol nazorat qilinadi. Davlat kredit munosabatlari orqali pul aylanmasi barcha jarayonlarini boshqarishni amalga oshiradi.
Rag‘batlantirish. U yoki bu maqsad uchun qarz berish, qarzni undirish orqali tejamkorlik, iqisodiy o‘sish rag‘batlantiriladi.
Ishlab chiqarish uzluksizligini ta’minlash. Bunda bo‘sh pul mablag‘larini
harakatdagi kapitalga aylantirilib tovar ishlab chiqarish vaqti qisqartiriladi.
Banklar Banki Federal zahira banklari bankirlarning banklaridir. Ular bank va omonat tashkilotlari xalqga ko‘rsatgan xizmatlarini shu tashkilotlarga ko‘rsatishadi. Banklar va omonat tashkilotlari odamlarning depozitlarni qabul qilish va kredit berish xizmatlarini amalga oshirganidek markaziy banklar bank va omonat tashkilotlariga kredit beradi va depozitlarini qabul qiladi. Odatda bu
kreditlarning o‘rtacha xisobi kuniga 150 000 000$ gacha. Lekin favqulotda xolatlarda federal zahira banklari oxirgi boorish
Joyi bo‘lganda ular bank yoki omonat tashkilotlari xalq oldidagi majburiyatlarini bajara olishi uchun kerak bo‘lgan miqdorni berishlari mumkin. 2001 yil 11 sentyabrda terroristlar AQShga xujumidan ertasi kuni federal zahira AQSh banklari va omonat tashkilotlariga 45 milliard $ berdi. FRT nyu yorkdagi va Vashingtondagi vayronagarchilik va buzulishlar butun davlat bo‘ylab banklar krizisini keltirib chiqarmasligiga amin bo‘lmoqchi edi. Lekin fedral zahira banklari bank va omonat tashkilotlari bajarmaydigan uchinchi vazifaga ega: ular pul chiqaradi. Kongres federal zahira banklariga iqtisodiyotning qog‘oz pul ta’minotini tashkil qiluvchi federal zahira pul birliklarini muomilaga kiritishga ruxsat bergan. (Asosiy savol 8)
Ochiq Bozordagi Operatsiyalar Bo‘yicha Qo‘mita
Federal ochiq bozor qo‘mitasi boshqaruvchilar kengashiga pul kredit siyosatini olib borishda yordam beradi. FOBQ 12 a’zodan iborat:
Boshqaruvchilar kengashining 7 a’zosi.
Nyu YOrk federal zahira bankining prezidenti
1 yil ratatsiya asosida qolgan to‘rt federal zahira banklari prezidentlari
FOBQ muntazam ravishda ochiq bozorda hukumat qimmatli qog‘ozlarini sotish va sotib olish maqsadida yig‘iladi unda qimmatli qog‘ozlar xar kuni sotiladi va sotib olinadi. Biz 14 bo‘limda aniq ravishda ochiq bozor deb nomlangan jarayonlarning maqsadi davlat pul ta’minotini nazorat qilish va foiz stavkalariga ta’sir qilish ekanligini ko‘ramiz. Nyu yorkdagi federal zahira banki ko‘pchilik ochiq bozor FRT jarayonlarini amalga oshiradi.
Tijorat Banklari va Jamg‘arma Muassasalari
7600 ga yaqin tijorat banklari mavjud. Shularning taxminan to‘rtdan uch qismi shtat banklari. Ular xususiy bank bo‘lib shatat ichida ishlash uchun shtat tomonidan huquq berilgan. To‘rtdan bir qismi federal hukumat tomonidan davlat bo‘ylab ishlash huquqi berilgan xususiy banklar; ular milliy banklar.
AQSh milliy bankalrining bazilari juda katta, dunyoning eng katta moliyaviy tashkilotlari ro‘yhatida o‘rin olgan. (12.1 global ko‘rib chiqishga qarang).
11400 ta omonat tashkilotlari aksariyati kredit birlashmalari bo‘lib ular boshqaruvchilar kengashi va federal zahira banklaridan boshqa alohida tashkilotlar tomonidan boshqariladi.
Masalan omonat va kredit birlashmalarining ishlari omonat tashkilotlari nazoratining g‘aznachilik bo‘limi tomonidan nazorat qilinadi va tartibga solinadi. Lekin omonat tashkilotlari federal zahira tizimining pul kredit nazorati predmeti. Banklar kabi omonat tashkilotlari o‘zlarining chek depozitlarining aniq foizini zahirada saqlashi lozim. 12.2 rasmda biz omonat tashkilotlarning qisman boshqaruvchilar kengashi va markaziy banklar nazoratidaligini bildirish uchun punktir chiziqlardan foydalanganmiz. Pul kredit siyosatiga oid qarorlar tijorat banklari kabi omonat tashkilotlariga ham ta’sir o‘tkazadi.8
Do'stlaringiz bilan baham: |