Iqtisodiy tafakkur mamlakatdagi ishlab chiqarish jarayoni, ijtimoiy o‘zgarishlar va iqtisodiy munosabatlar, ularning xususiyatlari asosida kategoriya, qonunlar va tushunchalarda o‘z ifodasini topadi. Har bir jamiyat o‘zining iqtisodiy tafakkurni ushbu mamlakat iqtisodiy ahvolidan kelib chiqqan holda rivojlantiradi va takomillashtiradi. Kichik jamiyat boshqa yirik jamiyatlar ichida yashar ekan, u o‘z iqtisodiyotini ham ichki, ham tashqi tarafdan mustahkamlashga harakat qiladi. Jamiyat bu yo‘lda o‘z iqtisodiyotini qonunchilik bilan himoyalashga, qishloq xo‘jaligi, ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish sohalarini raqobatbardosh sohalarga aylantirishga, xalq farovonligini ta’minlashda ijtimoiy himoya siyosatini olib borishga, siyosiy, madaniy, ma’naviy, iqtisodiy sohalardagi islohotlarni o‘tkazishga hamda xususiy mulk shaklini rivojlantirishga tomon siljib boradi.
7 variant
1. psixologiya fanining predmeti
2. Sezgi va sezuvchanlikning psixologik asosi.
3. Diqqat ko‘lami. diqqat taksimlanishi
1.Psixologiya (yunon. Psyche - puh logos - bilim) odamning ob'ektiv
borliqni sezgi, idrok, tafakkur, tuyg’u - hissiyot va boshqa psixik holatlar orqali aks
ettirish jarayonini o’rganadigan fan. Psixologiya” so’zi ikkita grеk so’zlaridan - “psyuxe” - jon, ruh va “logos”- ta'limot, ilm so’zlaridan iborat bo’lib, an'anaviy ma'noda inson ruhiy dunyosiga aloqador barcha hodisalar va jarayonlar uning prеdmеtini tashkil etadi. Boshqacha qilib aytganda, psixologiyaning prеdmеti har birimizning tashqi olamni va o’z-o’zimizni bilishimizning asosida yotgan jarayonlar, hodisalar, holatlar va shakllangan hislatlar tashkil etadi. Psixologiya bo’yicha adabiyotlarda uning prеdmеtini qisqacha qilib, psixikadir, dеb ta'rif bеrishadi. Psixika - bu inson ruhiyatining shunday holatiki, u tashqi olamni (ichki ruhiy olamni ham) ongli tarzda aks ettirishimizni, ya'ni bilishimiz, anglashimizni ta'minlaydi. Psixologiya asosan psixikani keng doirada tadqiq qiladi. Shunga ko’ra psixikaning yuzaga keltiruvchi asosiy psixik faoliyatlari ko’rsatilgan. Aynan psixik
faoliyatlar quyidagi jarayonlarni o’z ichiga oladi:
- bilish faoliyatlari: diqqat, nutq, faoliyat;
- bilish jarayonlari: sezgi, idrok, xotira, xayol, tafakkur;
- shaxsning, hissiy, irodaviy sohasi: - hissiyot, iroda;
- shaxsning individual psixologik xususiyatlari: temperament, xarakter,
qobiliyat. Psixika bu aks ettirishdir Masalan, ko’zguning aks ettirishi, Jonli materiya uchun aks ettirishning fiziologik, psixik aks ettirish turlari xos bo’lib, ong
va o’zini-o’zi anglash uning eng yuqori bosqichidir. Psixik aks ettirish quyidagi
xususiyatlarga ega:
1) ob'ektiv borliqni to’g’ri aks ettirish imkoniyatini beradi;
2) shaxsning faoliyati davomida mukammallikka erishib boradi;
3) doimo rivojlanib va takomillashib boradi.
4) Shaxsning individualligi orqali namoyon bo’ladi.
2. sezgi deb- atrofimizdagi narsa va hodisalarning sezgi a'zolarimizga
bevosita ta'sir etishi natijasida ularning ayrim belgi va xususiyatlarini miyamizda
aks ettirilishini aytamiz. Sezgi bilish jarayonlari ichida oddiy psixologik jarayon bo’lib, tashqi
olamdagi narsa va hodisalarni aks ettiradi. Tashqi olamdan kelayotgan
qo’zg’atuvchilarning muayyan reseptorlarga bevosita ta'sir etish orqali ayrim belgi
va xususiyatlarni va organizm ichki holatini aks ettiradi. Ma'lumki, insondan
sezishning dastlabki bosqichi hissiy bilishdan boshlanib, keyinchalik u mantiqiy
bilishga o’tadi. Sezgi ham oddiy psixologik jarayon bo’lgani bilan uning yuzaga
kelishi o’z-o’zidan hosil bo’lmaydi. Ular jumlasiga quyidagilar kiradi:
Sezgi a'zolariga ta'sir etadigan narsa va hodisaning bo’lishi.
Sezuvchi apparat, ya'ni analizatorning mavjud bo’lishi. Masalan, havoning
sovuqligini, temirning qattiqligini, qorning yumshoqligi va boshqalarni
sezamiz.
Sezgi idrok bilan bog’liq bo’ladi, lekin narsa va hodisani idrok qilishdan
oldin uni sezish lozim, shu bois sezgilar materiyaning sezgi a'zolarimizga ta'siri
natijasidir. Sezgi axborotlarini qabul qilib, tanlab, to’plab, har bir sekundda
axborotlar oqimini qabul qilib va qayta ishlab miyaga yetkazib beradi. Natijada
tevarak - atrofdagi tashqi olamni va organizm o’z ichki holatini adekvat "mos" aks
ettirishi hosil bo’ladi. Sezgi a'zolari tashqi olamning inson ongiga olib kiradigan
yo’llaridan biridirb Sezgilar qaysi a'zolar yordamida hosil qilinishiga qarab, quyidagi turlarga,
ya'ni ko’rish, eshitish, hid bilish, ta'm bilish, teri, muskul-harakat, organik
sezgilarga ajratiladi. Ular sezgi a'zolari qaerda joylashganligiga qarab tavsiflanadi.
Jahon psixologiyasi fanining so’nggi yutuqlari hamda atamalariga binoan
sezgilar quyidagicha klassifikasiya qilinadi. Ushbu tasniflanishning dastlabki
ko’rinishi ingliz olimi Ch.Sherringtonga taalluqlidir. U reseptorning qaerda
joylashganligiga qarab, sezgilarni uch turga bo’ladi.
Tashqi muhitdagi narsa va hodisalarning xususiyatlarini aks
ettirishgamoslashgan hamda reseptorlari tananing sirtqi qismida joylashgan
sezgilar, ya'ni ekstroreseptiv sezgilar;
Ichki tana a'zolari holatlarini aks ettiruvchi hamda reseptorlari ichki tana
a'zolarida, to’qimalarda joylashgan sezgilar, ya'ni interoreseptiv sezgilar. Tanamiz va gavdamizning holati hamda harakatlari haqida ma'lumot
(axborot, xabar) beruvchi muskullarda, bog’lovchi paylarda, mushaklarda
joylashgan sezgilar, ya'ni proprioreseptiv sezgilar
3. diqqat deb- ongni bir nuqtaga to’plab
muayyan bir ob'ektga aktiv qaratilishga aytiladi. Diqqatning ko’lami - bir vaqtning o’zida diqqatning bir qancha ob'ektga qaratilishi imkoniyati.
Masalan odam bir vaqtning o‘zida yozishi, eshitishi, ko‘rishi mumkin . Bunday misollardan ko‘pini keltirsa bo‘ladi
Diqqatning taqsimlanishi - diqqatning bir vaqtda bir necha ob'ektga yoki faoliyatga taqsimlanish xususiyati.
Diqqatni faqat bir narsaga emas balki boshqa ishlar uchun ham qaratish tusguniladi. Ish qilayotgan odam diqqat etiborini faqat ishga emas balki yonidagi sherigini gapini eshitish uchun ham qaratadi
12-Variant
Психология фанининг соҳалари ва ўзига хос хусусиятлари
2.Сезги ва сезувчанликнинг психологик асоси.
3. Шахсни касбга йўналтириш воситалари ва омиллари.
1Психологиянинг 300 дан ортиқ тармоқлари ва сохалари мавжуд. Булар: умумий психология, педагогик психология, ёш даврлар психологияси, ижтимоий психология, меҳнат психологияси, инженерлик психологияси, юридик психология, харбий психология, тиббиёт психологияси, савдо психологияси, этнопсихология, оилавий ҳаёт психологияси, бошқарув психологияси, иқтисодий психология, шахс психологияси, раҳбар психологияси, мулоқот психологияси, интеллект психологияси, психодиагностика ва бошқалар.
Қуйидаги психология соҳаларига тўхталиб ўтамиз. Умумий психология – умумий психологик қонуниятлар, механизмлар, мураккаб ички боғланишлар, назарий ва методологик принциплар, илмий тадқиқот методлар, психиканинг филогенетик ва онтогенетик ўзгаришларини, илмий тушунчалар ва категориялар, билиш жараёнларин амалий ва назарий жиҳатдан тадқиқот қиладиган соҳа.
Do'stlaringiz bilan baham: |