1 Psixologik xizmatni tashkil etishning umumiy mezonlari Reja


Psixologning shaxsiy va kasbiy moslashuvi



Download 0,73 Mb.
bet8/23
Sana11.01.2022
Hajmi0,73 Mb.
#348175
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   23
Bog'liq
1 Psixologik xizmatni tashkil etishning umumiy mezonlari

Psixologning shaxsiy va kasbiy moslashuvi.

Psixolog bitiruvchilar dastlab maktabga borganda, o zlarini himoyasiz sezadilar, birinchi navbatda nima qilish kerakligini, ozini qanday tutishni, kim bilan qanday gaplashishni bilmaydilar. Ular maktabda muammolarga komilib ketadilar, hammasini birdan bajarib, maktabga foydali ekanligini ko'rsatishga urinadilar, maktabda har kuni, dam olish kunlari, hatto kechalari ham qolib ketadilar. Natijada zo'riqish, charchash, ish qobiliyatining pasayishi ko'zga tashlanadi.

Shu o'rinda psixologlar psixologik xizmat haqidagi Nizomda keltirilgan psixologlarning huquqlari va javobgarligi bilan tanishishlari maqsadga muvofiq.

Nizomda keltirilishicha, psixolog quyidagi huquqlarga ega:



  • bolalar, ularning ota-onalari yoki qonuniy vakillari, shuningdek, maktabgacha ta'lim, umumta'lim muassasasi, mehribonlik uyi pedagoglari bilan olib boriladigan ishlarning muayyan yonalishlarini mustaqil shakllantirish;

  • psixologik xizmatni amalga oshirish doirasida tadbirlarning ketma-ketligini, maktabgacha ta'lim, umumta'lim muassasasi, mehribonlik uyi pedagogik jarayonining oziga xos tomonlari, muayyan shart-sharoitlari va kontingentini hisobga olgan holda o'z faoliyatining ustuvor yo'nalishlarini belgilash;

  • muassasa rahbariyatiga o'zi uchun xona, mebel jihozlari, kompyuter va boshqa texnika vositalari, idora buyumlari ajratilishi to'g'risidagi talablar bilan murojaat qilish;

  • maktabgacha ta'lim, umumta'lim muassasasi, mehribonlik uyi hujjatlari bilan tanishish;

  • psixologik-pedagogik tashxisga oid yangi metodikalar, psixoprofilaktika va korreksion-rivojlantiruvchi dasturlarni ishlab chiqishda qatnashish, ularni sinovdan o'tkazish va amaliyotga joriy etishda ishtirok etish;

  • ma'muriyat bilan kelishgan holda sinfdagi va sinfdan tashqari mashg ulotlar, shuningdek, boshqa tadbirlarda o quvchilarning xulq-atvori hamda individual xususiyatlarini, ularning o qishga, sinf rahbari va o qituvchilar bilan muomala munosabatini o'rganish maqsadida ishtirok etish;

  • psixologik tadqiqot va tajribalar o'tkazish, ularning natijalarini ilmiy jurnallarda hamda boshqa matbuot nashrlarida e'lon qilish;

  • muassasa ma'muriyati ko rsatmalari psixologning mazkur Nizomda belgilangan majburiyatlari, funksiyalari va faoliyat yonalishlariga zid bolsa, ularni bajarmaslik;

  • bolalar taqdirini hal etuvchi turli idoralar va komissiyalar ishida maslahat ovozi huquqi bilan qatnashish, qabul qilingan qarorlar qoniqtirmagan holatlarda yuqori turuvchi idoralarga murojaat qilish;

  • joylardagi davlat hokimiyati idoralariga, tibbiyot va huquqni muhofaza qilish muassasalariga, boshqa davlat va jamoat tashkilotlariga bolalar huquqlari hamda manfaatlarini himoya qilish masalalari bo'yicha iltimosnomalar bilan murojaat qilish;

  • barcha darajadagi tashxis markazlariga maktab o'quvchilarining kasbiy o'zligini belgilashi hamda kasb - hunarga yo'naltirish masalalalari bo'yicha murojaat etish;

  • O'zbekiston Respublikasi qonunchiligida xalq ta'limi tizimi muassasalari xodimlari uchun nazarda tutilgan ragbatlantirish va imtiyozlardan foydalanish.

Shuningdek, psixologik xizmat haqidagi Nizomda keltirilishicha, psixologlar mehnatini ragbatlantirish quyidagi holatlarni oz ichiga oladi:

  • Psixologlar mehnatini moddiy va ma'naviy rag batlantirish amaldagi qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

  • Ko p yillik mehnatlari natijalari bo'yicha yuqori natijalarga erishgan psixologlar O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi va O'zbekiston Respublikasi Hukumatining mukofotlariga taqdim etilishi mumkin.

  • Psixologlar shartnoma asosida haq to'lanadigan ta'lim va psixologik xizmatlar korsatishda, shuningdek, xalq ta'limi muassasalarining manfaatdor yuridik hamda jismoniy shaxslar bilan tuzadigan tadqiqotchilik loyihalari (grantlar)ni bajarishda qatnashadilar.

  • Psixologlarga malaka toifalari attestatsiya natijalariga ko'ra belgilanadi hamda ularning mehnatiga haq to'lash differensial tarzda malaka toifasiga muvofiq amalga oshiriladi.

  1. Amaliy psixolog shaxsiga qo'yiladigan talablar

Amaliy psixologning faoliyati uning huquqlari va burchlari majmuasi bilan boshqarilib turilishi lozim. U quyidagilardan iborat:

  • Psixolog o'z faoliyatini O'zbekiston Respublikasi hukumatining xalq ta'limi sohasi bo'yicha qabul qilgan hujjatlariga amal qilgan holda bajarishi shart. Psixolog oliy o'quv yurtining psixologiya sohasini (qisqa kursni) bitirganligini tasdiqlovchi maxsus hujjatga ega bo'lishi lozim.

  • Psixologiya fanining eng so'nggi yutuqlaridan xabardor bo'lishi, bolalar psixologiyasi, pedagogik psixologiya, amaliy psixologiyani chuqur bilishi zarur. Diagnostik, psixoprofilaktik, rivojlantiruvchi va psixokorreksion ishlarning hozirgi zamon ilmiy yutuqlariga asoslangan metodlar bilan qurollanishi, xalq ta'limi tizimida doimo o'z malakasini oshirib borishi kerak.

  • Muammolar muhokamasida va ular yuzasidan qaror qabul qilishda kasbiy vakolat chegarasidan aslo chetga chiqmaslik ma'qul.

  • Shu sohaning mas'ul mutaxassislari tomonidan ishlab chiqilgan qoidalarga rioya qilgan holda barcha korsatmalar va tavsiyalarni qat’iy bajarishi shart.

  • Barcha psixologik masalalarni hal qilishda o'quvchi va talaba manfaati, ijtimoiy tarbiya maqsadidan kelib chiqishi zarur.

  • Diagnostik va korreksion faoliyat natijalarini sir saqlash, olingan ma'lumotlar sinaluvchilar shaxsiyatiga zarar keltirmasligi, ularni qurshab turgan muhit a'zolari tahlikaga tushmasligi kerak.

  • Ma'muriyat, ota-onalar, o'qituvchilar jamoasi bilan hamkorlikda faoliyat ko'rsatishi lozim.

  • Bog'chada, maktabda va oliy o'quv yurtida o'tkaziladigan tadqiqot maqsadi, mohiyati, vazifasi va natijalari yuzasidan pedagogik kengash, ilmiy kengash, ma'muriyat (rahbariyat, direktor, rektor)ga ma'lumot berish va Nizom bandlariga qat'iy rioya qilishi maqsadga muvofiqdir.

  • Ma'muriyatga, pedagogik kengashga, ilmiy kengashga o'quvchi va talabalarga yakka tartibda yondoshishni ta'minlovchi imkoniyat, ularni hal qilishning psixologik shartlari, ta'lim-tarbiyadagi nuqsonlarning oldini olish omillari, yo llari yuzasidan yordam korsatish zarur.

  • Bolalar, o'quvchilar, talabalarning shaxsiy muammolarini hal qilishda baholi qudrat ko' mak berishi darkor.

  • Ota-onalarga tarbiyaviy ishlarni amalga oshirishda maslahatlar berish, nizoli vaziyat va psixologik holatlarni birgalikda tahlil qilish va amaliy tavsiyalar bildiradi.

  • Ota-onalarga farzandlarning tibbiy yordamga muhtojligi yoki boshqa muassasalarga murojaat qilish zaruriyat ekanligini yuksak pedagogik odob bilan tushuntirishi, berilayotgan ko'rsatmalarga ularni ishontirishi shart.

  • Barcha qoidalarga va tasdiqlangan hujjatlarga rioya qilingan holda o'tkaziladigan ishlarni qayd qilish va belgilashi lozim.

  • O'z faoliyatining (yutuq, nuqson, nizo, hamkorlik) natijalari yuzasidan yuqori tashkilotlarga o'z muddatida axborot berib borish, qabul qilingan hisobot shakllariga hech og' ishmasdan rioya qilishi kerak.

  • Bog' cha, maktab, yangi tipdagi o' quv yurti va oliy o' quv yurtlarida maxsus talablarga javob beruvchi, jihozlangan psixologik kabinetni tashkil qilishi maqsadga muvofiq.

  • Amaliy psixologlarning seminarian' va ilmiy-amaliy anjumanlarida faol ishtirok qilishi kerak.

  • O'zbekistan Respublikasining mafkurasiga, Konstitutsiyasiga, ijtimoiy, etnopsixologik, axloq-odob qoidalariga zid bo'lgan tekshirishlar o'tkazmasligi kerak.

  • Bolalar, o'quvchilar va talabalar tanlash komissiyasida (birinchi sinfga, maxsus sinflarga, yangi tipdagi maktablarga, oliy o'quv yurtlariga qabul qilishda, chet elga ularni o'qishga yuborishda) qatnashishi lozim.

  • Ijtimoiy psixologik holatlarni o'rganishda mahalliy hokimiyatga yordam berish va ommaviy harakatlarni barqarorlashtirishda oldingi safda bo' lishi darkor.

Psixologning amaliy psixologik xizmat vakili sifatidagi kasbiy shakllanishi muammosi

  • Barcha psixologik masalalarni hal qilishda o'quvchi va talaba manfaati, ijtimoiy tarbiya maqsadidan kelib chiqishi zarur.

  • Diagnostik va korreksion faoliyat natijalarini sir saqlash, olingan ma'lumotlar sinaluvchilar shaxsiyatiga zarar keltirmasligi, ularni qurshab turgan muhit a'zolari tahlikaga tushmasligi kerak.

  • Ma'muriyat, ota-onalar, o'qituvchilar jamoasi bilan hamkorlikda faoliyat ko'rsatishi lozim.

  • Bog'chada, maktabda va oliy o'quv yurtida o'tkaziladigan tadqiqot maqsadi, mohiyati, vazifasi va natijalari yuzasidan pedagogik kengash, ilmiy kengash, ma'muriyat (rahbariyat, direktor, rektor)ga ma'lumot berish va Nizom bandlariga qat'iy rioya qilishi maqsadga muvofiqdir.

  • Ma'muriyatga, pedagogik kengashga, ilmiy kengashga o'quvchi va talabalarga yakka tartibda yondoshishni ta'minlovchi imkoniyat, ularni hal qilishning psixologik shartlari, ta'lim-tarbiyadagi nuqsonlarning oldini olish omillari, yo llari yuzasidan yordam korsatish zarur.

  1. Tuzilgan ikki ro'yxatni o'z oldingizga qo'ying. Maktabni qiziqtiradigan va siz hal qila oladigan muammoni toping. Bu muammo ikki talabga javob berishi lozim: uning hal qilinishi maktab uchun zarur, hamda siz psixolog sifatida muvaffaqiyatli hal qilinishiga imkon hosil qilishingiz lozim.

Qoida: maktabda ishni ob'ektiv qiyin hal qilishga yillar kerak bo'ladigan, bir psixologning kuchi yetmaydigan, balki mutaxassislar guruhi hal qiladigan muammolardan boshlamang. O'zingiz hal qilishingizga ishonmaydigan muammolardan boshlamang. Maktab uchun zarur bo'ladigan, o'z mahoratingizni, o'zingizga ishonchni hamda muvaffaqiyatlaringizni namoyon qila oladigan muammolardan boshlang. Bu hislatlar sizning ijtimoiy boyligingiz bo'lib qoladi va u doim sizni himoya qiladi.
Siz boshqa psixologlar kabi yanglishganingizda ham, sizning ijtimoiy boyligingiz maktab tomonidan tanqid qilishingizdan asrab turadi. Ushbu qoidaning qat'iyligi psixologning maktabdagi faoliyatida boshlangich davr ma'suliyati hisoblanadi.

Dastlab ish boshlaganda siz xato qilishga yoki qurbingiz yetmaydigan katta muammoni hal qilishga kirishganligingiz uchun muvaffaqiyatga erisha olmaganligingizni sabab qilishga haqqingiz yoq.Sizga berilgan dastlabki baho uzoq vaqt esda qoladi. Vaqt o'tishi bilan sizning o'zingizga ishonmasligingiz, xatoga yo'l qo'yishingiz yo'qoladi, tajriba to'playsiz, muvaffaqiyatga erishasiz, lekin maktabga kelganingizdagi baho, soyangizdek orqangizdan anchagacha ergashib yuradi.



  1. Maktab kutilmalarini ijtimoiy psixologik tadqiq qilish jarayonida psixolog odamlarning psixologiya haqida nimalarni o'ylashi, psixologning maktabdagi ishi haqida barcha ma'lumotni oladi.

Respondentlaringizni ikki guruhga bo'ling. Birinchi guruhga psixologga ijobiy yondashadigan, uning maktabdagi rolini to'g'ri tushunadigan o'qituvchilar, ota- onalarni kiriting. Bu guruh psixologik bilimlar olishga, psixologik mashg'ulotlarda ishtirok etishga ichdan tayyorlar.

Ikkinchi guruhga psixologiyaga tanqidiy yondashadigan o'qituvchilar, o'quvchilar va ota-onalar kiradi. Bu guruhga psixologiyaga befarq qaraydigan yoki psixologiyani boshqa kasblar (vrach, narkolog, ruhoniy, va boshqa kasb) bilan almashtiradigan respondentlar kiradi.

Bu qoidaning muhimligi quyidagicha tushuntiriladi: Birinchidan, maktabda dastlab ish boshlashingizda, psixolog sifatida o'z kuchingizga to'liq ishonmaganingizda boshqa odamlarning qarshiligini yengish bilan bog'liq ortiqcha stressli hissiyot bilan to'ldirishning hojati yo'q. Ikkinchidan, psixologni ijobiy qabul qiladigan birinchi guruh sizni psixologik jihatdan qo'llab-quvatlaydilar. Siz o'zingizning foydangizni his qilasiz, o'z kuchingizga ishonch hosil qilasiz.

Uchinchidan, ishingiz haqidagi birinchi guruh ishtirokchilari tarqatadigan ijobiy taqrizlar psixologning ijobiy imidjini shakllantiradi, bu esa albatta ikkinchi guruhdagi insonlarning fikriga ta'sir qiladi, ularning psixologiyaga qarashlarini salbiydan ijobiyga o'zgarishiga olib keladi.




Download 0,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish