1 Psixologik xizmatni tashkil etishning umumiy mezonlari Reja


Ta’lim sohasida psixolog faoliyatining huquqiy asoslari



Download 0,73 Mb.
bet6/23
Sana11.01.2022
Hajmi0,73 Mb.
#348175
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
Bog'liq
1 Psixologik xizmatni tashkil etishning umumiy mezonlari

Ta’lim sohasida psixolog faoliyatining huquqiy asoslari

Psixologik xizmat haqida Nizom amaliyotchi psixolog o'z faoliyatida amal qiladigan asosiy hujjat hisoblanadi. Psixologik xizmat haqida Nizom Sobiq Ittifoqda 1989 yilda qabul qilingan. Ushbu Nizomga ko'ra psixologlar haftasiga 41 soat ishlashar edi. O'zbekiston mustaqillikka erishganidan so ng barcha sohalarda bo'lgani kabi psixologik xizmat sohasida ham bir qancha muvaffaqiyatlarga erishildi. Ulardan biri 1994 yilda tuzilgan "O'zbekiston Respublikasi xalq ta'limida psixologik xizmat, xalq ta'limi tizimida ishlaydigan psixologlarning malakasini oshirish va ularning attestatsiyasi haqida Nizom"ning Xalq ta'limi vaziri J.G'.Yo'ldoshev tomonidan tasdiqlanishi (1996 yil 5 aprel) bo'ldi. 2001 yilda bu Nizomga o'zgartirish kiritildi. Nizomga yettinchi bo'lim, kasb hunarga yo'naltirish bo'limi ham qo'shildi. Maktablarga maxsus kasb-hunarga yo'naltirish darslari kiritildi. Ushbu darslarni psixologlar o'ta boshlashdi. 2002 yilda Nizomga qayta o'zgartirish kiritildi. Bu o'zgarishning salbiy va ijobiy tomoni bo'ldi. Ijobiy tomoni shundaki, psixolog xonasini jihozlash maktab, litsey, kollej ma'muriyati zimmasiga yuklatildi. Salbiy tomoni esa, oquvchilar kontingentining ortishida namoyon bo'ldi. Maktabda o'quvchilar soni 1000 nafar va undan ortiq bo'lsa, bir shtat birligi psixolog ajratiladigan bo'ldi. Kollejlarda 750 va undan ortiq o'quvchilarga 1 shtat birligi psixolog ajratilishi belgilandi.2010 yilda Nizomga qayta o'zgartirish kiritildi.



Psixologik xizmat haqida Nizom(1996 y) 6 bo'limdan iborat. Ular:





1. Umumiy qoidalar.













2. Psixoprofilaktik ishlar.








3. Psixodiagnostik ishlar













4. Rivojlantiruvchi va korreksion ishlar.

II,1 11,11,11,1 1 11,1 1 11,1 1 11,11,11,11,1 MM. 1 1





5. Psixologning maslahat berish lshlari.
















6. Psixologik xizmat xodimlarining mas’uliyati








Umumiy qoidalar quyidagi bandlarni o'z ichiga olgan.



  1. Psixologik xizmat xalq ta'limi va oliy o'rta maxsus ta'lim tizimining muhim tarkibiy qismi hisoblanadi.

  2. Psixologik xizmat mutaxassislari barcha muammolarni hal qilishda har qaysi shaxsning “pedagog, oquvchi, talaba, ota-ona” manfaati va uning har tomonlama garmonik rivojlanishidan kelib chiqqan holda yondashadi.

  3. Psixologik xizmat mutaxassislari o'z faoliyatlarini tibbiyot xodimlari, defektologik xizmat, muhofaza qilish tashkilotlari, muayyan komissiyalar, balog' atga etmagan o'smirlar inspeksiyasi, ota-onalar qo'mitasi, ishlab chiqarish jamoasi, jamoatchilik bilan uzviy aloqada amalga oshiradilar.

Amaliyotchi psixologlar o'qituvchiga berilgan barcha imtiyozlardan foydalanish huquqiga ega. Ularning mehnat ta'tili muddati barcha oqituvchilar bilan barobardir. 1996 yildagi Nizomga ko'ra o'quvchilar soni 500gacha bo'lgan maktablarda 1 ta psixolog lavozimi belgilanadi. O'quvchilari 500 kishidan ortiq kontingentdagi maktablarda har 500 o'quvchi uchun ikkinchi psixolog lavozimi belgilanadi. Maktabgacha tarbiya muassasalaridagi har bir bolalar muassasasida lshtat birligida bolalar psixologi lavozimi belgilanadi. Kollej va litseylarda har 250 o'quvchi uchun shtatli psixolog lavozimi tayinlanadi. O'quvchilar soni 250 kishidan yuqori kontingentli hollarda har 250ta o'quvchi uchun qo'shimcha psixolog shtati belgilanadi.

Psixoprofilaktika ishlari.



  1. Ushbu yo'nalishning asosiy vazifalari har bir yosh bosqichida komil shaxs sifatida etilishi, aqlan barkamolligini ta'minlashning shart- sharoitini yaratish.

  2. Shaxs kommunikativ va intellektual taraqqiyoti bo'sag'asida vujudga kelishi mumkin bo'lgan buzilish va nuqsonlarni o'z vaqtida oldini olish.

Psixologik maorif yoki ma'rifat o'quvchilar yoki xalq ta'limi xodimlari, aholining psixologik madaniy saviyasini ko'tarishga qaratilgan. Psixologik ma'rifat quyidagi funksiyalarni bajaradi:

  1. Psixologik muammolar bo'yicha pedagogik kengashlarda, ilmiy kengashlarda ma'ruzalar bilan chiqish.

  2. Xalq ta'limi xodimlari o'rtasida psixologiya fanining oxirgi yutuqlarini targ'ib qilish.

  3. Ota-onalar, tarbiyachilar va psixologlar ishtirokida psixologik seminarlar o'tkazish (bog'chada, maktabda).

  4. Psixoturkum, ma'ruzalar va seminarlar tashkil qilish (oliy o'quv yurtlarida).

  5. Metodik qo'llanmalar ishlab chiqish.

  6. Ota - onalar bilan ma'rifiy suhbatlar o'tkazish.

  7. Tajriba ishtirokchilarining kasbiy faoliyati xususiyatlarini hisobga olgan holda ularga psixologik ko'rsatmalar va tavsiyalar ishlab chiqish.

Psixodiagnostik ish.

Mazkur ishlar o'quvchilarni maktab, kollej va litseylarda o'qitish davomida psixologik-pedagogik jihatdan chuqurroq o'rgatishga yo'naltirilgan bo'lib, ularning individual xususiyatlarini, ta'lim va tarbiyadagi nuqsonlar sabablarini yoritishga yo'naltirilgandir. Psixodiagnostika ishlari guruhda yoki yakka holda o'tkaziladi. Bu asosda amaliy psixologlar quyidagi vazifalarni bajaradi:



  1. Yosh davri taraqqiyoti mezonlariga muvofiqligini maktab o'quvchilari va bilim yurti tinglovchilarini, oliy o'quv yurti talabalarini psixologik tekshiruvdan o'tkaziladi. Ularning kamolot darajasini belgilaydi. O'quvchilarning kasbiy yaroqliligini diagnostika qiladi. Ularning shaxs hissiyotlari, irodaviy sifatlari, his- tuyg'ulari,o'z-o'zini boshqarish imkonini, intellektual darajasini tekshiradi.

  2. Maktab yoshidagi bolalar, o'quvchilar kasb-hunar bilim yurti tinglovchilari, yangi tipdagi maktab, bolalarda uchraydigan o'qitish malakalari ko'nikmalarini egallashdagi nuqsonlar, xulq-atvoridagi kamchiliklar, intellektual taraqqiyot shaxs fazilatlaridagi buzilishlar sababini diagnostika qiladi.

  3. Bolalarning voyaga etganlar va tengqurlari bilan munosabatini o'rganish uchun ularni tekshiradi.

  4. Iqtidorli yoshlar, talabalar, aspirantlar tanlovlarida ishtirok qilish. Ilmiy psixologik tavsiyalar ishlab chiqish va shunga asoslanib nafaqa berish.

Rivojlantiruvchi va korreksion ishlar.

Psixologik xizmat mazkur ijtimoiy psixologik institutlar shaxs va individning tarkib topishi, ongiga faol ta'sir ko'rsatishni taqozo etadi. Ta'lim tizimidagi psixologning vazifasi psixologik xizmatni muayyan qoida, mezonga asoslanib tashkil qilishdan iborat. Yosh davr xususiyatlariga binoan psixikaning rivojlanishi shaxsning shakllanish qonuniyatlarini amaliyotga tadbiq etish, oqituvchilar jamoasiga bolalar o'quvchilar va talabalar ta'lim tarbiyasini individuallashtirishga yordamlashish, ularning qobiliyatlarini shaxsini osishi darajasiga qarab oqituvchilarga korreksiya ishlarini amalga oshirishda ko'rsatmalar berish. Psixologik xizmatning ushbu yo'nalishida alohida ahamiyat kasb etadigan narsa bu bolalar, o'quvchilar, talabalar o'sishida kechikish, orqada qolish, ularda hulqning buzilishi, ta'limda ozlashtirishning yomonlashuvi kabilarni organish hisoblanadi.



  1. Amaliyotchi psixologning ahloqiy kasbiy faoliyati

Psixologik xizmat xodimlari barcha muammolarni hal qilishda bolani har tomonlama va garmonik rivojlanish vazifalariga va uning qiziqishlariga tayanadilar. Amaliyotchi psixolog o'z faoliyatini pedagogik jamoa va ota-onalar bilan yaqin aloqada amalga oshiradi. Psixologik xizmat o'z faoliyatida tibbiy, defektologik va boshqa xizmat turlari, shuningdek, bola tarbiyasida yordam ko'rsatuvchi jamoatchilik xodimlari bilan yaqin aloqada ish olib boradi. Barcha mutaxassislar bilan munosabat tenglik asosida va fikrlarning bir-birini o'zaro to'ldirishi asosida quriladi.

Psixolog quyidagi aniq ishlarni amalga oshirishi lozim:



  • bolalar, o'quvchilar, talabalar va ta'lim-tarbiya ishi bilan shug ullanuvchi barcha shaxslarga, jumladan, ma'muriyat (direktor, rektor, mudira), o qituvchilar, murabbiylar, ota-onalar, ijtimoiy hamda jamoatchilik tashkilotlari xodimlariga aniq maslahatlar berish;

  • ta'lim, tarbiya, taraqqiyot, kasb tanlash va turmush qurish, o'zaro munosabat, muomala va muloqot sirlari, tengdoshlar va voyaga etganlar munosabati, maslak, dunyoqarash, qobiliyat, iqtidor, axloq-diyonat, iymon, vatanparvarlik muammolari yuzasidan yakka tartibda, guruh va jamoa tarzida maslahatlar uyushtirish;

  • mamuriyatga bolalar, o'quvchilar va talabalarni (yotoqda, klublarda, kutubxonalarda) qiziqtiruvchi masalalar bo'yicha maslahat berish; ularni faollashtirish, ularga ta'sir o'tkazish to'g'risida rahbar kadrlarga amaliy ko'rsatmalar va tavsiyalar tayyorlash;

  • shaxsning psixologik holati yuzasidan ekspert-konsultant sifatida tergov ishlarida qatnashish, xalq sudlariga bolalar, o'quvchilar va talabalar psixik o' sishining xususiyatlariga oid ma'lumot berish, o' g' il va qizlarni asrab olish, onalik va otalikdan mahrum qilish, tashkilotlarni g'amho'rlik va vasiylik to'g'risidagi qabul qilgan qarorga munosabatini bildirish, shaxsning taqdirini hal qilishda qatnashish va maslahatlar berish;

  • ota-onalarga bolaning psixik rivojlanish xususiyatlari, shaxs sifatida shakllanishi, odamlarning o'zaro munosabati, bunda farzandning yosh, jins, shaxsiy tipologik xususiyatlari muammosi yuzasidan ilmiy-amaliy ma'lumotlar berish;

  • xalq ta'limi tizimining barcha bo' g' inlari va bosqichlarida ma'ruza o' qish, ota- onalar yig'ilishida, metod birlashma majlisida, pedagogik kengashda, ilmiy kengashda ishtirok qilish orqali muallimlar, ota-onalarning psixologik madaniyatini oshirishga harakat qilish.

Psixolog ta'lim-tarbiya ish rejasini tuzishda, tarbiyaviy tadbirlar ishlab chiqishda, o'quv dasturi va qo'llanmalarni yaratishda faol ishtirok etishi, bosh maqsad bo'lgan shaxsning intellektual qobiliyati, umuminsoniy fazilati, bilim olish ko'nikmalari va malakalari, mutaxassislik fazilatlarini shakllantirishdek muqaddas ishga o'zining munosib ulushini qo'shishdan iborat sharafli vazifani bajaradi.

Yangi tipdagi maktablarga, o'rta maxsus va kasb-hunar hamda oliy o'quv yurtlariga o'quvchilar, talabalar tanlash mohiyati, vazifasi, monandligi, ularning imkoniyati, istiqboli to'g'risida ilmiy-amaliy xususiyatga molik konsultativ ishlarni olib borish: yoshlarni saralash, tanlash, ixtisosga yaroqlilik va layoqatlilik darajasini aniqlash, tanlov jarayonida maslahatchi sifatida qatnashish va boshqalar.




Download 0,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish