* Fikrni birinchi shaxs tomonidan bayon etish. Bunda doimo mulohazalar "Menimcha...", "Mening fikrimcha...", "Mening o‘ylashimcha..." qabilida bayon etilishi maqsadga muvofiqligi uqtirilishi kerak.
* "Yagona mikrofon". Biror ishtirokchi o‘z fikrini gapirayotganda, boshqalar unga diqqat bilan quloq solishi va uning gapini bo‘lmasligi, bir-birining shaxsini hurmat qilishlari lozim. Kimdir gapirayotganida boshqa birovning unga quloq solmasligi so‘zlovchining shaxsiyatiga tegishi va u keyingi bahslarda o‘z munosabatini bildirishdan bosh tortishiga olib kelishi mumkin. Bu esa trening samarasiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi ehtimolini keltirib chiqaradi.
* "Seminarning boshidan oxirigacha qatnashish". Bu norma ishtirokchilarda mas’uliyatni vujudga keltirish uchun zarur bo‘lgan tamoyildir. Agar ishtirokchilardan kimdir biror kun, hatto biror soat mashg‘ulotni qoldiradigan bo‘lsa, bu nafaqat uning o‘zi, balki guruh uchun ham, trener uchun ham mashg‘ulot effektining pasayishiga olib keladi.
Umuman ishtirokchilar bir-birlariga do‘stona munosabatda bo‘lishi, bir-birlarining hissiyotlarini hurmat qilishlari kerak. Agarda ketishi kerak bo‘lib qolsa albatta boshlovchini ogohlantirishi va aksincha.
* "Ixtiyoriylik". Seminarda o‘z mulohazalarini bayon qilish, munozaralarda, o‘yin va mashqlarda ishtirok etishda ixtiyoriylikni joriy qilish muhim ahamiyatga ega. Ya’ni jarayonlarda ishtirokchilar ixtiyoriy ishtirok etmasdan biri-biriga “mulozamat qilishi” vaqtning yo‘qotilishi va muhitning buzilishiga olib keladi.
* "Vaqtni tejash" yoki “Reglamentga rioya qilsh”. Guruh ishtirokchilari trening mashg‘uloti davomida gaplarini imkon qadar qisqa, lo‘nda ifodalashi, mavzu doirasidan chetga chiqib ketmasligi lozim. Chunki gapni aylantiraverish, gapni uzoqdan boshlab olib kelish, bir fikrni qayta-qayta takrorlayverish kabi hollar guruh ishtirokchilarining g‘ashiga tegishi bilan birga treningda eng qimmatli bo‘lgan vaqtni bekorga sarflanishiga olib keladi. Bu ham ishtirokchilarning noroziligiga va ular orasida do‘stona muhitning buzilishiga olib kelishi mumkin
* "Shaxsni baholamaslik". Har bir ishtirokchi o‘z fikr mulohazalarini, hissiyotlarini bayon qilishi mumkin, biroq bunda boshlovchi va qolgan ishtirokchilar hikoyadagi vaziyatnigina muhokama qilishlari va so‘zlovchining o‘sha paytdagi xulk-atvori, xatti- harakatini baholashdan qochishlari kerak. Masalan, "o‘sha paytda siz jahlga berilmasligingiz yoki bunday demasligingiz kerak edi" kabi jumlalarning qo‘llanilishi ishtirokchining e’tiroziga sabab bo‘lishi bilan birga qolgan ishtirokchilar o‘z fikrlarini va muammolarini bayon etishda ochiq gapirishdan tortinishlari mumkin. Shuning uchun, “bunaqa vaziyatda men bunday qilardim yoki deyardim” kabi variantlarda so‘zlashish yoki fikrini bildirish so‘raladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |