1. O‗zbekistonda tabiiy holda tarqalgan o‗simliklarning necha turi bor? J: 4500



Download 1,07 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/44
Sana22.04.2022
Hajmi1,07 Mb.
#573348
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   44
Bog'liq
6-sinf Biologiya savol javob kitobi

61-§. QOVOQDOSHLAR OILASI. 
1. Qovoqdoshlarni gul formulasini ayting? J: Gk
(5)
Gt
(5)
Ch
(2)+(2)+1
U
0
; Gk
(5)
Gt
(5)
Ch
(0)
U
(3)

2. Qovoqdoshlarni yer yuzida nechta turi bor? J: 800 ga yaqin. 
3. Qovoqdoshlar oilasi vakillarining hayotiy shakllarini ayting? J: bir yillik va ko‗p yillik o‗t. 
4. Qovoqdoshlarning palagi qanday bo‗ladi? J: o‗rmalab yoki jingalaklar bilan ilashib o‗sadi. 
5. Qovoqdoshlarning barglari qanday bo‗ladi? J: oddiy. 
6. Qovoqdoshlarni gullari qanday bo‗ladi? J: to‗g‗ri, ayrim jinsli, hasharotlar yordamida changlanadi. 
7. Qovoqdoshlarning mevasi qanday bo‗ladi? J: etdor, sersuv, soxta qovoq meva. 
8. Oshqovoqning hayotiy shaklini ayting? J: bir yillik o‗t. 
9. Oshqovoqning poyasi qanday bo‗ladi? J: silindrsimon, mayin tuklar bilan qoplangan, o‗rmalab yoki 
jingalaklari bilan ilashib o‗sadi. 
10. Oshqovoqning barglari qanday bo‗ladi? J: yirik, buyraksimon, yaprog‗i 5-7 ga bo‗lingan. 
11. Oshqovoqning gullari qanday bo‗ladi? J: sariq. 
12. Oshqovoqning qaysi gullari yirik bo‗ladi? J: changchili gullari. 
13. Oshqovoqning qaysi gullari oldinroq ochiladi? J: urug‗chili gullari. 
14. Oshqovoqning mevasi qanday bo‗ladi? J: yirik, soxta meva bo‗lib, uning tashqi qavati qattiq, ichki 
qavati shirador va etdor. 
15. Oshqovoqning urug‗ida qancha moy bor? J: 50% gacha. 
16. Itqovun qanday o‗simlik? J: qovoqdoshlar oilasiga oid begona o‗t. 
17. Respublikamizda qovoqdoshlarni keng miqyosda ekiladigan vakillarini ayting? J: handalak, qovun, 
tarvuzlar va bodring. 
18. Respublikamizda qovoqdoshlarning turli-tuman shakldagi vakillarini ayting? J: idish-qovoqlar
qozonyuvg‗ichlar. 
63-§. QOQIO‘TDOSHLAR (MURAKKABGULDOSHLAR) OILASI. 
1. Qoqio‗tdoshlarni gul formulasini ayting? J: Gk
0
Gt
(5)
Ch
(5)
U
(2)

2. Qoqio‗tdoshlar oilasini vakillar qayerda o‗sadi? J: deyarli hamma qit‘alarda va turli-tuman ekologik 
sharoitlarda. 
3. Qoqio‗tdoshlarni yer yuzida nechta turkumi bor? J: 920 ta. 
4. Qoqio‗tdoshlarni yer yuzida nechta turi bor? J: 19000 ta. 
5. Qoqio‗tdoshlar oilasi vakillarining hayotiy shakllarini ayting? J: bir yillik va ko‗p yillik o‗tlar, juda 
kam qismini yarim butalar bo‗lib, faqat tropik mintaqalarda unga oid buta, liana va daraxtlar o‗sadi. 


6. Qoqio‗tdoshlarni barglari qanday bo‗ladi? J: oddiy, poyada asosan ketma-ket, ba‘zan qarama-qarshi 
va halqa bo‗lib joylashgan. 
7. Qoqio‗tdoshlarni barg yaprog‗i qanday bo‗ladi? J: butun (kungaboqar), ba‘zan patsimon bo‗lingan 
(shuvoq). 
8. Qoqio‗tdoshlarning muhim belgisini ayting? J: to‗pgullarini savatcha shaklida bo‗lishi. 
9. Qoqio‗tdoshlar qanday turdagi to‗pgullarni hosil qiladi? J: ko‗pchiligida savatchalar o‗z navbatida 
shingil, ro‗vak, qalqon va boshcha to‗pgullarga o‗rnashib murakkab to‗pgul hosil qiladi. 
10. Qoqio‗tdoshlarning mevasi qanday bo‗ladi? J: pista meva. 
11. Qoqio‗tdoshlar oilasi asosan gul tuzilishiga qarab qaysi guruhlarga bo‗linadi? J: 2 ta oilachaga: 
suttikandoshchalar va moychechakdoshlar. 
12. Suttikandoshchalarga qanday turlar kiradi? J: to‗pguli asosan tilsimon gultojbarglardan iborat 
turlar. 
13. Suttikandoshchalarga O‗zbekistonda keng tarqalgan qaysi turkumlarning turlari kiradi? J: qoqio‗t, 
karrak, sachratqi, maxsar, kakra. 
14. Dorivor qoqio‗tning hayotiy shaklini ayting? J: ko‗p yillik o‗t. 
15. Dorivor qoqio‗tni qayerlarda uchratish mumkin? J: vohalardagi o‗simlik o‗sadigan hamma yerda. 
16. Dorivor qoqio‗tni poyasi qanday bo‗ladi? J: juda kalta. 
17. Qoqio‗tlarning mevasi qanday bo‗ladi? J: pista meva. 
18. Qoqio‗tlar qanday o‗simlik sifatida juda qadrlanadi? J: dorivor. 
19. Zangori sachratqi qachon gullaydi? J: yozning o‗rtalaridan boshlab. 
20. Zangori sachratqi qayerlarda uchraydi? J: vohalardagi ekinlar orasida, yo‗l yoqalari va ariqlar 
bo‗yida. 
21. Sachratqi turkumining O‗zbekistonda necha turi o‗sadi? J: 1 tur. 
22. Sachratqini gullari qanday bo‗ladi? J: hamma gullari zangori rangli, ikki jinsli, tilsimon. 
23. Sachratqi dorivorlik xususiyati qanday? J: ildizi, barglari va gullagan paytda poyasidan 
tayyorlangan dorilar oshqozon-ichak kasalliklarini davolashda ishlatiladi. 
24. Moychechakdoshlar oilacha to‗pguli qanday gullardan iborat? J: naysimon gullar, faqat ayrim 
turlarda savatcha atrofida soxta tilsimon (kungaboqar) yoki voronkasimon (bo‗tako‗z) gullar bo‗ladi. 
25. Moychechakdoshlarga O‗zbekistonda keng tarqalgan qaysi turkumlarning turlari kiradi? J: shuvoq, 
tirnoqgul, kungaboqar, topinambur, andiz, bo‗yimodaron. 
26. O‗zbekistonda shuvoqning necha turi uchraydi? J: 39 turi. 
27. Shuvoqlarning hayotiy shakllari qanday bo‗ladi? J: bir yillik o‗t, ko‗p yillik o‗t va yarim butalar. 
28. Shuvoqning qaysi turlari O‗zbekistonda keng tarqalgan? J: oq shuvoq, turon shuvog‗i (qora jusan), 
yovshan shuvoq. 
29. Nima uchun shuvoq kuz kelgach yana o‗sa boshlaydi? J: yozning quruq va jazirama kunlarida 
shuvoqda «yozgi tinim» davri boshlanadi. 
30. Shuvoq gullari qanday bo‗ladi? J: savatchalarning har birida 5-7 tadan ikki jinsli naysimon gullar 
bo‗ladi. 
31. Shuvoq mevasi qachon pishadi va to‗kiladi? J: oktabrni oxiri yoki noyabrni boshida. 
32. Qoqio‗tdoshlarga mansub madaniy o‗simlikni ayting? J: moyli kungaboqar. 
33. Qoqio‗tdoshlarga mansub tabiiy holda uchraydigan dorivor o‗simliklarni ayting? J: bo‗yimodaron, 
bo‗znoch turkumini vakillari. 
34. Qoqio‗tdoshlarga oid gulzorlarda to qish kelguncha chaman bo‗lib ochilib turadigan o‗simliklarni 
ayting? J: qashqargul, xrizantema, qo‗qongul, kartoshkagul va dastargullar. 
35. Qoqio‗tdoshlar oilasining qancha turkum va turi Qizil kitobiga kiritilgan? J: 13 turkum va 50 tur. 
36. Karrak turkumiga mansub nechta o‗simlik Qizil kitobiga kiritilgan? J: 30 ta. 

Download 1,07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish