66-§. BUG‘DOYDOSHLAR (BOSHOQDOSHLAR) OILASI.
1. Bug‗doydoshlarni gul formulasini ayting? J: Og
(2)+2
Ch
3, 6
U
1
.
2. Bug‗doydoshlar oilasini vakillar qayerda o‗sadi? J: Yer sharidagi quruqlikni deyarli hamma qismida.
3. Bug‗doydoshlarni yer yuzida necha turi bo‗ladi? J: 10 000 ga yaqin.
4. Bug‗doydoshlar oilasi vakillarining hayotiy shakllarini ayting? J: bir, ikki va ko‗p yillik o‗tlar.
5. Bug‗doydoshlarni poyasi qanday bo‗ladi? J: silindrsimon, tik o‗sadi, bo‗g‗imlarga bo‗lingan.
6. Bug‗doydoshlarni barglari qanday bo‗ladi? J: oddiy, ikki qator bo‗lib bo‗g‗imlarda o‗rnashgan.
7. Bug‗doydoshlarning bitta bargining tuzilishi? J: ikki qismdan: poyani o‗rab olgan pastki qismdan –
barg qinidan va qayrilgan qayishsimon, nashtarsimon, tuxumsimon yoki bigizsimon shaklli barg
yaprog‗idan
iborat.
8. Tilcha – …? J: barg yaprog‗ining tagida yoki uning qindan ajralgan yeridagi kichkina, yupqa,
pardasimon o‗simta.
9. Tilchaning vazifasi? J: yomg‗ir paytida, barg qinining ichiga suv kirishidan saqlaydi.
10. Bug‗doydoshlarni gullari qanday bo‗ladi? J: mayda, rangsiz, ko‗kimtir, boshoqchalarda joylashgan.
11. Bug‗doydoshlarni boshoqchalari qanday tuzilgan? J: 1-10 yoki undan ko‗p gulli bo‗lib, o‗z
navbatida murakkab boshoq, so‗ta, ro‗vak sulton kabi to‗pgulga yig‗ilgan. Gullari ikki jinsli yoki bir
jinsli. Har bir boshoqcha ostidan ikkita (ostki va ustki) boshoqcha qipig‗i bilan o‗ralgan. Uning ichida
ikki gul qipig‗i bilan o‗ralgan gulning asosiy qismi — changchilar va urug‗chi o‗rnashgan.
12. Ostki va ustki gul qipig‗i – …? J: gul qipig‗ini boshoqcha o‗qidan chiqqan etli va kattarog‗i uning
qarshisidagi gulbanddan chiqqan, kichikroq, nozik va mayini ustki gul qipig‗i.
13. Bug‗doydoshlarni changchilari sonini ayting? J: ko‗pchiligida 3 ta, ba‘zan 6 ta.
14. Bug‗doydoshlarni urug‗chisining tuzilishi qanday? J: bitta, tumshuqchasi 2-3 ta bo‗lib, patsimon
shoxlangan.
15. Bug‗doydoshlarni mevasi qanday bo‗ladi? J: quruq, bir urug‗li don.
16. Piyozli arpa
o‗sadi qayerda o‗sadi? J: adirni yuqori va tog‗ni o‗rta qismidagiyalangliklarda.
17. Piyozli arpaning bo‗yini ayting? J: 50-150 sm.
18. Piyozli arpa
yana qanday nomlar bilan aytiladi? J: javdar, xarduma, tak-tak, tog‗arpa.
19. O‗zbekistonda bug‗doydoshlarni tabiiy holda qaysi turlari o‗sadi? J: tak-tak, g‗umay, qo‗ng‗irbosh,
ajriq, qamish.
20. G‗umay qaysi turkumga oid? J: jo‗xori.
21. G‗umayni bo‗yini ayting? J: 50-150 sm.
22. G‗umayni hayotiy shakli qanday? J: ildizpoyali ko‗p yillik o‗t.
23. Chayir ajriqni ko‗rinishi va hayotiy shakli? J:
Do'stlaringiz bilan baham: |