II. ASOSIY QISM
1. O'zbekistonda investorlarga yaratilgan qulayliklar va ular duch kelayotgan muammolar
O'zbekiston qonunchiligi
„Chet el investitsiyalari toʻgʻrisida“gi Qonunga koʻra Oʻzbekiston Respublikasida chet ellik investorlar quyidagilar boʻlishi mumkin:
chet el davlatlari, chet el davlatlarining maʼmuriy yoki hududiy organlari;
davlatlararo bitimlar yoki boshqa shartnomalarga muvofiq tashkil topgan yoki xalqaro ommaviy huquq subʼektlari boʻlgan xalqaro tashkilotlar;
chet el davlatlarining qonun hujjatlariga muvofiq tashkil topgan va faoliyat koʻrsatib kelayotgan yuridik shaxslar boshqa har qanday shirkatlarlar, tashkilotlar yoki uyushmalar;
chet el davlati fuqarolari boʻlmish jismoniy shaxslar, fuqaroligi boʻlmagan shaxslar va chet ellarda doimiy yashaydigan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari.
Xorijiy investitsiyalarning shakllari
Bugungi kunda xorijiy investitsiyalarni jalb qilishning bir qancha shakllari mavjud:
ulush qoʻshib qatnashishi orqali qoʻshma korxonalarni tashkil etish;
100 % mol-mulk xorijiy investorga tegishli boʻlgan xorijiy korxonalarni tashkil etish;
yirik xorijiy kompaniya va firmalarning shoʻʼba korxonalari va filiallarini tashkil etish;
konsessiya va lizing sharnomalari tuzish;
tenderlar eʼlon qilish;
erkin iqtisodiy hududlar tashkil etish;
moliyaviy aktivlarni sotish va sotib olish.
Investorlar, o’z xohishiga ko’ra, nizoni hal qilish uchun to’g’ridan-to’g’ri Oliy sudga murojaat qilishi mumkin. Sud tizimida raqamlashtirish yanada kengaytirilib, fuqarolarimizga sud binosiga kelib yurmasdan, “onlayn” tartibda murojaat qilish imkoniyati yaratiladi. Shuningdek, fuqarolar o’z arizalarini ko’rib chiqish jarayonini masofadan turib kuzatib borishi mumkin bo’ladi.
Xorijiy investitsiyalarning mohiyati va jalb qilish sabablari.
«Investitsiya» atamasi lotin tilidagi «invest» so`zidan kelib chiqqan bo`lib «qo`yish», «mablag`ni safarbar etish», «kapital qo`yilmasi» ma`nosini beradi. Keng ma`noda investitsiya mablag`ni ko`paytirib va qaytarib olish maqsadida kapitalni safarbar etishni bildiradi. Ko`pgina hollarda «investitsiya» tushunchasi iqtisodiy va boshqa faoliyat ob`ektlariga kiritiladigan moddiy va nomoddiy ne`matlar hamda ularga doir huquqlar tarzida ta`riflanadi. Investitsiya deganda barcha turdagi milliy va intelektual boyliklar tushunilib, ular tadbirkorlik faoliyati ob`ektlariga yo`naltirilib daromad keltirishi yoki biror-bir ijobiy samaraga erishishi zarur. Investitsiya kiritishdan asosiy maqsad daromad olish va ijobiy ijtimoiy samaraga erishishdir.
Iqtisodiy kategoriya sifatida investitsiya quyidagicha tasniflanadi:
Birlamchi (avaylangan) jamg`arilgan kapitalni ko`paytirish maqsadida kapitalni tadbirkorlik ob`ektlariga joylashtirish;
Investitsion loyihalarni amalga oshirish jarayonida investitsiya faoliyati ishtirokchilari o`rtasida vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlardir.
Xorijiy mamlakatlarning tajribasi va investitsiya to`g`risida o`zimizda qabul qilingan qonunlarning tahlilidan kelib chiqib, investitsiyaning shartli ravishda uchta turini ajratish mumkin:
Xorijiy mamlakatlarning tajribasi va investitsiya to`g`risida o`zimizda qabul qilingan qonunlarning tahlilidan kelib chiqib, investitsiyaning shartli ravishda uchta turini ajratish mumkin:
moliyaviy investitsiyalar;
moddiy investitsiyalar;
aqliy (intellektual) investitsiyalar.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida shar bir investitsiya turining o`ziga xos o`rni bo`ladi. Moliyaviy investitsiyalar tarkibiga mashalliy va xorijiy mamlakatlarning pul birliklari, banklardagi omonatlar, depozit sertifikatlar, aktsiyalar, obligatsiyalar, veksel’’lar va boshqa qimmatli qog`ozlar shamda tenglashtirilgan boyliklar kiradi.
Moddiy investitsiyalar tarkibiga asosiy fondlar, ya`ni binolar, asbob-uskunalar, inshootlar, kommunikatsiyalar va boshqa turdagi asosiy ishlab chiqarish fondlarining aktiv va passiv qismlari kiradi.
Aqliy (intellektual) investitsiyalar miqdori juda rang-barangdir, ya`ni ular mulkiy shuquqlar shaklidagi investitsiyalar aqliy meshnatga oid shakldagi investitsiyalar va tabiiy resurslardan foydalanish shaklidagi investitsiyalardan iborat.
Mulkiy huquqlar guruhiga kiradigan investitsiyalarning xillari bozor munosabatlarining nechog`lik rivojlanganligiga, milliy bozorlarning o`ziga xos tomonlariga qarab har xil bo`ladi. Aqliy mehnatga oid haq-huquqlar shaklidagi investitsiyalar tarkibiga mualliflik huquqlari, “nou-xau”, kashfiyotlar, tovar belgilariga beriladigan litsenziyalar va boshqa xil egalik huquqlari kiradi.
Investitsiyalar – bu hali buyumlashmagan, lekin ishlab chiqarish vositalariga qo`yilgan kapital. O`zining moliyaviy shakliga ko`ra, ular foyda olish maqsadida xo`jalik faoliyatiga qo`yilgan aktivlar hisoblansa, iqtisodiy xususiyatiga ko`ra, u yangi korxonalar qurishga, uzoq muddatli xizmat ko`rsatuvchi mashina va asbob uskunalarga hamda shu bilan bog`liq bo`lgan aylanma kapitalning o`zgarishiga ketgan harajatlardir. Investitsiyalar xususiy sektor va davlat tomonidan mamlakat ichkarisida va uning tashqarisida turli ishlab chiqarishlarga va qimmatbaho qog`ozlarga (aktsiyalar, obligatsiyalar) qo`yilishi mumkin.
Investitsiyalar – bu yangi korxonalar qurilishiga, mashina va asbob-uskunalar sotib olishga, ya`ni yangi kapitalni barpo etishga ketgan harajatlardir.Investitsiyaga ketgan harajatning miqdori ikki omilga bog`liq: birinchisi – sof foydaning kutilayotgan me`yori, qaysiki uni tadbirkorlar investitsiyaga ketgan harajatlaridan olishni mo`ljallaydi; ikkinchisi – foiz stavkasi yoki tadbirkor real kapitalni sotib olishga zarur bo`lgan pulga ega bo`lishi uchun to`lashi lozim bo`lgan baho. Agarda, kutilayotgan foyda me`yori foiz stavkasidan yuqori bo`lsa, investitsiyalash foydali va aksincha, foiz stavkasi kutilayotgan foyda me`yoridan yuqori bo`lsa, investitsiyalash foydali bo`lmay qoladi.
Bir davlatdan boshqa davlatga daromad olish uchun yunaltirilgan har qanday shakldagi mulkni to`la qonli xorijiy investitsiya deyishimiz mumkin. Ammo shunday mulk shakllari borki, biz ularni xorijiy investitsiya deya olmaymiz. Masalan, elchixona chet davlat mulki xisoblanadi, yoki xorijiy fuqaro shaxsiy uy sotib olsa bu xorijiy shaxs mulki xisoblanadi, lekin xorijiy investitsiya bo`la olmaydi.
Xorijiy investitsiyalar - bu chet el investorlari tomonidan yuqori darajada daromad olish, samaraga erishish maqsadida mutloq boshqa davlat iqtisodiyotining, tadbirkorlik va boshqa faoliyatlariga safarbar etadigan barcha mulkiy, moliyaviy, intellektual boyliklaridir. Xorijiy investitsiyalari ichki investitsiyalardan farqli holda tashqi moliyalashtirish manbaiga kiradi. Xorijiy investitsiyalarning ichki investitsiyalardan farqi shundaki, ularda investor boshqa mamlakat fuqarosi buladi. Iqtisodiy mazmuniga ko`ra xorijiy investitsiyalar ssuda kapitali (ya`ni qarz va kredit), xamda bevosita va portfel’ investitsiyalarga bulinadi. Investitsiyalar nimaga yunaltirilganligi ular kaysi xorijiy investitsiya turiga kirishini belgilaydi.
Xorijiy investitsiyalar qo`shma korxonalarda o`z xissasi bilan katnashib, xorijiy investorlarga to`liq tegishli bo`lgan korxonalarni yaratish, xususiylashtirishda katnashish, xorijiy sheriklar bilan bank tuzish, qimmatbaxo qog`ozlarni sotib olishi, er va boshka tabiiy resurslardan foydalanish xuquqiga ega bulishi, erkin iqtisodiy hududlarda faoliyat olib borishlari mumkin.
Xorijiy investitsiyalarga asosan 2 gurux omillar ta`sir ko`rsatadi:
iqtisodiy omillar:
ishlab chiqarishning rivojlanishi va iqtisodiy usish sur`atlarining bir maromda ushlab turilishi;
jahon va aloxida mamlakatlar iqtisodiyotida chukur tarkibiy siljishlarning amalga oshirilishi (ayniksa, fan-texnika tarakkiyoti yutuklari va jahon xizmatlar bozori tarakkiyoti ta`siri ostida olib borilishi);
ishlab chiqarishni xalqaro ixtisoslashuvi va kooperatsiyalashuvining chukurlashuvi;
jahon iqtisodiyotini transmilliylashtirilishini o`sib borishi (AKSH Transmilliy korporatsiya (TMK)lari xorijiy filiallarining maxsulot ishlab chiqarish xajmi AQSH tovar eksportidan 4 marotaba ortikdir);
ishlab chiqarishning baynalminallashuvi va integratsiya jarayonlarining chukurlashib borishi;
xalqaro iqtisodiy munosabatlar (XIM)ning faol rivojlanishi va boshk.
2. siyosiy omillar:
kapital eksporti (importi)ni erkinlashtirish (Erkin iqtisodiy hududlar (EIX), offshor hududlari va boshq.);
rivojlanayotgan mamlakatlarda industirlashtirish siyosatini olib borish;
iqtisodiy isloxotlarni olib borish (davlat korxonalarini xususiylashtirish, xususiy sektorni va kichik biznesni qo`llab-quvvatlash);
bandlik darajasini ushlab turish siyosatini olib borish va boshqalar.
“Xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarni tashkil etishni va ularning faoliyatini rag'batlantirishga oid qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996 y., 5-6-son, 84-modda; 2003 y., 6-7-son, 93-modda)
O‘zbekiston Respublikasi hududida xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi ishlab chiqarish korxonalarining tashkil etilishi va ularning faoliyat ko‘rsatishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, ularning respublikaning iqtisodiy salohiyatini mustahkamlashga hamda jahon iqtisodiyotiga integratsiyalashishga qo‘shadigan hissasini oshirish maqsadida:
1. Belgilansinki, eksportga mo‘ljallangan va importning o‘rnini bosuvchi mahsulot ishlab chiqaruvchi xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarni tashkil etishni va ularning samarali faoliyat ko‘rsatishini rag‘batlantirish O‘zbekiston Respublikasining tashqi iqtisodiy va investitsiya siyosatidagi muhim ustuvorlik hisoblanadi.
2. O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligida xorijiy investorlarning mulkka va olingan daromadni olib ketishga bo‘lgan huquqi himoya qilinishini ta’minlovchi, ular uchun qulay investitsiya muhitini yaratuvchi kafolatlar va imtiyozlarning keng tizimi belgilanganligi ilovaga muvofiq ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarni tashkil etish, ro‘yxatdan o‘tkazish va ularning faoliyat ko‘rsatishi tartibini murakkablashtiruvchi idoraviy hujjatlar chiqarish, hukumat qarorlarida nazarda tutilmagan qo‘shimcha ma’lumotlar va hujjatlarni so‘rash taqiqlansin.
Tegishli idoralar va tuzilmalarning rahbarlari ularning faoliyatiga eng avvalo xorijiy investitsiyalar jalb qilinishiga va qo‘shma ishlab chiqarishlar soni ko‘payishiga ko‘maklashishlariga va rag‘batlantirishlariga qarab baho berilishi haqida ogohlantirib qo‘yilsin.
3. «O‘zistiqbolstat» davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi, Adliya vazirligi ikki hafta muddatda xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarni eksportga mo‘ljallangan va importning o‘rnini bosuvchi mahsulot ishlab chiqaruvchi ishlab chiqarish korxonalariga mansub deb hisoblash tartibi to‘g‘risidagi nizomni ishlab chiqsinlar va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsinlar.
4. Eksportga mo‘ljallangan va importning o‘rnini bosuvchi mahsulot ishlab chiqaruvchi xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar uchun 1996 yil 1 iyundan boshlab quyidagi qo‘shimcha imtiyozlar joriy qilinsin:
ularga ishlab chiqarishni rivojlantirish uchun soliq krediti olish huquqi berilsin, ya’ni byudjetga to‘lanadigan foydadan olinadigan soliq, qo‘shilgan qiymat solig‘i va er solig‘i yuzasidan to‘lovlar ikki yilgacha muddatga kechiktirilsin;
ustav fondida xorijiy sarmoya ulushi kamida 500 ming AQSh dollarini tashkil etgan korxonalar mulk solig‘i to‘lashdan ozod qilinsin.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2003 yil 16 iyuldagi PF-3276-sonli Farmoniga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003 y., 6-7-son, 93-modda)
6. O‘zistiqbolstat» davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi, Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari manfaatdor vazirliklar, idoralar, uyushmalar, konsernlar va korporatsiyalar ishtirokida 3-bandga muvofiq tarmoqlar, ishlab chiqarish faoliyati sohalari, respublika hududlari bo‘yicha xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar tashkil etish bo‘yicha investitsiya takliflarini bir oy muddatda aniqlashtirsinlar va ularni amalga oshirish chora-tadbirlarini ko‘rsinlar.
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi, Xorijiy sarmoyalar bo‘yicha agentlik, «O‘zbekinvest» milliy sug‘urta kompaniyasi ko‘rsatib o‘tilgan ustuvor investitsiya takliflari ro‘yxatini chet el elchixonalari va vakolatxonalariga, manfaatdor xorijiy banklarga, firmalar va kompaniyalarga etkazsinlar.
7. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, «O‘zistiqbolstat» davlat qo‘mitasi, Davlat mulki qo‘mitasi hamda Fan va texnika davlat qo‘mitasi Xorijiy sarmoyalar bo‘yicha agentlik bilan birga xorijiy investitsiyalarni axborot bilan ta’minlashning yagona tizimini 1996 yil oxirigacha ishlab chiqsinlar va joriy etsinlar, bunda quyidagilarni nazarda tutsinlar:
respublikada amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning yo‘nalishi va borishi, iqtisodiyotga investitsiya qo‘yishning shartlari va ustuvor yo‘nalishlari, imtiyozlar va kafolatlarning, investorlar huquqlari va manfaatlarini himoya qilishning amaldagi tizimi bilan xorijiy investorlarning keng doirasini tanishtirish;
xorijiy investorlarni zarur qonunchilik va normativ hujjatlar, yo‘riqnoma va axborot-ma’lumot materiallari bilan ta’minlash;
axborot tarmog‘ini hamda ustuvor investitsiya takliflarini va mamlakatimizdagi va chet eldagi potensial sheriklar to‘g‘risida yagona ma’lumotlar bazasini yaratish.
8. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki, Tashqi iqtisodiy milliy banki hisob-kitoblar tartibini soddalashtirish va xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarga ko‘rsatiladigan bank xizmatlari tizimini takomillashtirish yuzasidan bir oy muddatda takliflar kiritsinlar.
9. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, Ichki ishlar vazirligi soddalashtirilgan viza rejimini, xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar takliflariga binoan va ish yuzasidan sherikchilik aloqalari o‘rnatish uchun keluvchi chet el fuqarolari va mutaxassislarining kelishlari va ketishlari, yashashlari hamda respublika hududi bo‘ylab yurishlari tartibini ikki hafta muddatda ishlab chiqsinlar va tasdiqlasinlar.
10. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi, Markaziy bank amaldagi qonun hujjatlariga mazkur Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritishga oid takliflarni bir oy muddatda tayyorlasinlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |