1. O'zbekistonda investorlarga yaratilgan qulayliklar va ular duch kelayotgan muammolar


O'zbekistondagi investitsiya siyosatining rivojlangan mamlakatlardagidan farqli va o'xshash tomonlari



Download 85,98 Kb.
bet4/7
Sana03.08.2021
Hajmi85,98 Kb.
#136996
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
O'zbekiston Res-WPS Office - копия

2. O'zbekistondagi investitsiya siyosatining rivojlangan mamlakatlardagidan farqli va o'xshash tomonlari

INVESTITSIYALAR VA INVESTITSIYA FAOLIYATI TO‘G‘RISIDA1

Qonunchilik palatasi tomonidan 2019-yil 9-dekabrda qabul qilingan Senat tomonidan 2019-yil 14-dekabrda ma’qullangan.

1-bob. Umumiy qoidalar

1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi va qo‘llanilish sohasi.

Ushbu Qonunning maqsadi chet ellik hamda mahalliy investorlar tomonidan amalga oshiriladigan investitsiyalar va investitsiya faoliyati sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.

Ushbu Qonun markazlashtirilgan investitsiyalar bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga solmaydi.

Konsessiya faoliyati, mahsulot taqsimotiga oid bitimlar tuzish, ularni bajarish va bekor qilish, investitsiya, pay va venchur fondlari, kapital bozorini, shu jumladan qimmatli qog‘ozlar bilan bog‘liq operatsiyalarni tartibga solish, davlat-xususiy sheriklik, maxsus iqtisodiy zonalar sohasidagi huquqiy munosabatlar alohida qonunlar bilan tartibga solinadi.

2-modda. Investitsiyalar va investitsiya faoliyati to‘g‘risidagi qonun hujjatlari

Investitsiyalar va investitsiya faoliyati to‘g‘risidagi qonun hujjatlari ushbu Qonun hamda boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir.

Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O‘zbekiston Respublikasining investitsiyalar va investitsiya faoliyati to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi.

3-modda. Asosiy tushunchalar

Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi: investitsiya loyihasi — iqtisodiy, ijtimoiy va boshqa foyda olish uchun investitsiyalarni amalga oshirishga yoxud jalb etishga qaratilgan, o‘zaro bog‘liq bo‘lgan tadbirlar majmui;

investitsiya majburiyati — belgilangan maqsadlarga erishish uchun investor tomonidan qabul qilinadigan majburiyat;

investitsiya siyosati — O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotida va uning alohida tarmoqlarida investitsiyalarning zarur darajasini va tuzilmasini ta’minlashga, investitsiya faoliyati subyektlarining investitsiya manbalarini topishga va ulardan foydalanishning ustuvor tarmoqlarini aniqlashga yo‘naltirilgan investitsiyaviy faolligini oshirishga doir o‘zaro bog‘liq tadbirlar majmui;

investitsiya faoliyati — investitsiya faoliyati subyektlarining investitsiyalarni amalga oshirish bilan bog‘liq harakatlari majmui;

investitsiya faoliyatining ishtirokchisi — investitsiyalarning amalga oshirilishini buyurtmalarni bajaruvchi sifatida yoki investorning topshirig‘i asosida ta’minlaydigan investitsiya faoliyati subyekti;

investitsiya shartnomasi — investitsiya faoliyati subyektlari o‘rtasida tuziladigan, investitsiya shartnomasi taraflarining huquqlari, majburiyatlari va javobgarligini belgilaydigan yozma bitim;

investitsiyalar — investor tomonidan foyda olish maqsadida ijtimoiy soha, tadbirkorlik, ilmiy va boshqa faoliyat turlari obyektlariga tavakkalchiliklar asosida kiritiladigan moddiy va nomoddiy boyliklar hamda ularga bo‘lgan huquqlar, shu jumladan intellektual mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlar, shuningdek reinvestitsiyalar bo‘lib, ular quyidagilarni o‘z ichiga olishi mumkin:

mablag‘larni, shu jumladan pul mablag‘larini (shu jumladan chet el valyutasini), maqsadli bank omonatlarini, paylarni, ulushlarni, aksiyalarni, obligatsiyalarni, veksellar va boshqa qimmatli qog‘ozlarni;

ko‘char va ko‘chmas mol-mulkni (binolar, inshootlar, uskunalar, mashinalar va boshqa moddiy qimmatliklarni);

intellektual mulkka doir mulkiy huquqlarni, shu jumladan u yoki bu ishlab chiqarish turini tashkil etish uchun zarur bo‘lgan, texnik hujjatlar, ko‘nikmalar va ishlab chiqarish tajribasi tarzida rasmiylashtirilgan, patentlangan yoki patentlanmagan (nou-xau) texnik, texnologik, tijoratga oid va boshqa bilimlarni, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa qimmatliklarni;

investor — foyda olish maqsadida investitsiya faoliyati obyektlariga o‘zining mablag‘larini va (yoki) qarz mablag‘larini yoxud jalb qilingan boshqa investitsiya resurslarini investitsiya qilishni amalga oshiruvchi investitsiya faoliyati subyekti;

mahalliy investorlar — investitsiya faoliyatini amalga oshiruvchi O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, O‘zbekiston Respublikasi rezidenti maqomiga ega bo‘lgan chet ellik fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar, shu jumladan yakka tartibdagi tadbirkorlar, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining yuridik shaxslari;

reinvestitsiyalar — investitsiyalardan olingan, tadbirkorlik faoliyati va boshqa faoliyat turlari obyektlariga kiritiladigan har qanday daromad, shu jumladan foyda, foizlar, dividendlar, royalti, litsenziya va vositachilik haqlari, texnik yordam, texnik xizmatlar uchun to‘lovlar va haqlarning boshqa turlari;

to‘g‘ridan to‘g‘ri chet el investitsiyalari — chet ellik investorning hukumat kafolatlarisiz, tavakkalchilik sharoitlarida o‘z mablag‘lari yoki qarz mablag‘lari hisobidan investitsiyalari;

chet el investitsiyalari — chet ellik investor tomonidan ijtimoiy soha, tadbirkorlik, ilmiy va boshqa faoliyat turlari obyektlariga kiritiladigan moddiy va nomoddiy boyliklar hamda ularga bo‘lgan huquqlar, shu jumladan intellektual mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlar, shuningdek reinvestitsiyalar;

chet ellik investorlar — chet davlatlar, chet davlatlarning ma’muriy yoki hududiy organlari, davlatlar o‘rtasidagi bitimlarga yoki boshqa shartnomalarga muvofiq tuzilgan yoki xalqaro ommaviy huquq subyekti bo‘lgan xalqaro tashkilotlar, chet davlatlarning qonun hujjatlariga muvofiq tashkil etilgan va faoliyat ko‘rsatadigan yuridik shaxslar, har qanday boshqa shirkatlar, tashkilotlar yoki uyushmalar, chet davlat fuqarolari va O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida doimiy yashaydigan fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar;

O‘zbekiston Respublikasi hududidagi chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar — aksiyalarining (ulushlarining, paylarining) yoki ustav fondining (ustav kapitalining) kamida o‘n besh foizini chet el investitsiyalari tashkil etadigan korxonalar.

3-bob. Investitsiya faoliyati subyektlari huquqlarining davlat kafolatlari va investitsiyalarni himoya qilish

15-modda. Investitsiya faoliyati subyektlari huquqlarining kafolatlari

Davlat investitsiya faoliyati subyektlarining huquqlarini kafolatlaydi. Davlat organlari va ularning mansabdor shaxslari investitsiya subyektlarining qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshirilayotgan faoliyatiga aralashishga haqli emas.

Agar davlat organlari va ularning mansabdor shaxslari investitsiya faoliyati subyektlarining faoliyatida qonun hujjatlari buzilganligini aniqlasa, ular o‘zlari vakolatli bo‘lgan va muayyan qoidabuzarlikni bartaraf etish bilan bevosita bog‘liq choralarni ko‘rishi mumkin.

Davlat organlari va ularning mansabdor shaxslari qoidabuzarlik mavjudligi faktidan investitsiya faoliyati subyektlarining investitsiya faoliyatiga bog‘liq bo‘lmagan boshqa qonuniy faoliyatiga aralashish yoki uni cheklab qo‘yish uchun asos sifatida foydalanishi mumkin emas.

Davlat investorlarning fuqaroligi, yashash joyi, iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish joyi bilan bog‘liq holda, shuningdek investorlarning yoki investitsiyalarning kelib chiqish mamlakatiga qarab investorlarni kamsitishga yo‘l qo‘ymaslikni kafolatlaydi.

Investor tomonidan huquqlarning amalga oshirilishi boshqa investorlarning huquqlari va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini buzmasligi kerak. Bunda davlat tadbirkorlik subyektining hamta’sischisi (aksiyadori, ishtirokchisi) sifatida boshqa ta’sischilar (aksiyadorlar, ishtirokchilar) kabi teng huquqlar va majburiyatlarga ega bo‘ladi.

Ushbu moddaning qoidalari xalqaro huquqning umum e’tirof etilgan prinsiplari va normalariga muvofiq belgilanadigan O‘zbekiston Respublikasining milliy xavfsizligini ta’minlash bilan bevosita bog‘liq qonun hujjatlarini qabul qilishga, o‘zgartirishga, to‘ldirishga yoxud bekor qilishga nisbatan tatbiq etilmaydi.

Amerikaning Air Products LLC kompaniyasi 1 milliard AQSH dollari va undan ko‘proq mablag‘ni O‘zbekistonga kiritish uchun tayyor. Bu haqda kompaniya prezidenti Seyfi Gasemi ma’lum qildi.

“O‘zbekneftgaz” matbuot xizmatining “Xalq so‘zi“ga ma’lum qilishicha, Air Products LLC kompaniyasi O‘zbekistonda sanoat gazini (shuningdek, kislorod, azot, argon, vodorod, sintez-gaz va boshqalarni) ishlab chiqarish, foydalanish va tarqatishni yo‘lga qo‘yishni tashkil etishga qiziqish bildirmoqda. Shu masalada ishchi guruhning birinchi yig‘ilishi ham bo‘lib o‘tdi. Uning yakuniga ko‘ra, tomonlar bozorni o‘rganish, sanoat gazi ishlab chiqarishlarni audit qilish va keyingi takliflar berish borasida kelishib oldilar.

“Davlat darajasida bo‘lib o‘tgan uchrashuvlarda kompaniyamiz O‘zbekistonga milliard va undan ortiq AQSH dollarini kiritishga tayyor ekanligini aytib o‘tgandik. Ushbu investitsiyalar sanoat gazini ishlab chiqarish, foydalanish va tarqatish sohalarini rivojlantirishga va yurtingizda nafaqat ichki iste’molchiga balki qo‘shni davlatlarga ham xizmat ko‘rsata oladigan sanoat gazini ishlab chiqarish bo‘yicha kompaniya tashkil etishga yo‘naltiriladi”, degan Gasemi.

Kompaniya rahbarining ta’kidlashicha, bu borada O‘zbekiston imkoniyatlarini o‘rganish uchun maxsus ishchi guruhi tuziladi.

“Bundan bir muddat oldin biz shunga kelishib oldik – kompaniya ishchi guruhlari O‘zbekiston Respublikasi hududidagi mavjud imkoniyatlarni o‘rganib chiqishadi, marketing tadqiqotlar o‘tkazishadi, va unga ko‘ra, yo‘l xaritasi ishlab chiqiladi – O‘zbekistonda mavjud imkoniyatlarni ilgari surilayotgan takliflar bilan birlashtirish va o‘zaro amalga oshirish yo‘llari aniqlash. Ikki oydan so‘ng esa, biz keyingi rejalarni tuzish uchun yurtingizga qayta tashrif buyuramiz”.

“Air Products LLC bundan tashqari “O‘zbekneftgaz” AJ bilan tabiiy gaz (MTO) ishlab chiqarish bo‘yicha loyihani ko‘rib chiqmoqdamiz. Bu loyiha juda yirik va muhim. Hozirda uni ishlab chiqish jarayoni olib borilmoqda. Bundan tashqari, bizning kompaniya Qashqadaryoda qurilayotgan GTL loyihasida ham ishtirok etmoqda. Kelishuvga ko‘ra, ishchi guruh har ikki tomonga ham manfaatli bo‘ladigan win-win modeli asosida aniq taklif ishlab chiqmoqda”, deya Gasemining so‘zlarini keltiradi “O‘zbekneftgaz” matbuot xizmati.

Oldinroq, Seyfi Gasemi O‘zbekiston Respublikasi bosh vaziri o‘rinbosari – “O‘zbekneftgaz” AJ boshqaruvi raisi Alisher Sultonov bilan uchrashgan va unda kompaniya Xitoy, Saudiya Arabistoni, Rossiya va O‘zbekistonga investitsiya kiritish borasida qaror qabul qilgani haqida ma’lum qilgandi.

Ma’lumot uchun, Air Products – xalqaro neft-gaz ishlab chiqarish kompaniyasi bo‘lib, ushbu sohada dunyoda yetakchilardan biri sanaladi. Kompaniya ochiq shaklda bo‘lib, 75 yildan beri faoliyat yuritib kelmoqda. Dunyo bo‘ylab kompaniya 50 davlatda ish olib boradi va ishchilarining soni deyarli 15 ming kishini tashkil qiladi. Kompaniyaning hozirdagi bozor kapitalizatsiyasi 35 milliard AQSH dollarini tashkil qiladi. Ularning asosiy faoliyati — kimyo, metallurgiya va oziq-ovqat sanoatlarida xizmat ko‘rsatishdir.

Toshkent shahridagi Xalqaro hamkorlik markazida 1 iyun kuni O‘zbekiston – Fransiya biznes-forumi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda ikki mamlakatning sarmoya, savdo, iqtisodiyot, bank-moliya, energetika, axborot texnologiyalari, qishloq va suv xo‘jaligi, geologiya, ekologiya, atrof-muhit muhofazasi, transport va kommunikatsiyalar, logistika, aviasozlik, qurilish kabi sohalar uchun mas'ul vazirlik va idoralari, firma va kompaniyalari rahbarlari ishtirok etdi.

Fransiya delegatsiyasiga MEDEF International” Fransiya korxonalari harakatining Fransiya – O‘zbekiston ishbilarmonlar kengashi raisi Kristof Fonten boshchilik qildi. Tadbirda, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi raisi Azim Ahmadxo‘jayev, Fransiyaning mamlakatimizdagi Favqulodda va muxtor elchisi Violen de Vilmor va boshqalar ishtirok etdi.

“MEDEF International” Fransiya korxonalari harakati delegatsiyasining O‘zbekistonga tashrifi doirasida tashkil etilgan ushbu anjuman ko‘p tomonlama aloqalarni faollashtirishga, mamlakatimiz iqtisodiyotining turli tarmoqlariga kiritilayotgan sarmoya hajmini yanada oshirishga xizmat qiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining ma'lumotlariga ko‘ra, 2016 yilda Fransiya – O‘zbekiston o‘rtasida o‘zaro tovar ayirboshlash hajmi 264,8 million AQSh dollarini tashkil qildi.

– Fransiya O‘zbekiston bilan hamkorlikni rivojlantirishga alohida e'tibor bilan qaraydi, – dedi Kristof Fonten. – Biznes-forumda Fransiyaning energetika, aviasozlik, transport, suv xo‘jaligi, qurilish, yuqori texnologiyalar, konsalting kabi sohalarga ixtisoslashgan 22 kompaniyasi vakillari ishtirok etmoqda. Kelgusi uchrashuvlarimizda delegatsiyamiz tarkibiga turizm sohasida faoliyat yurituvchi soha mutaxassislarini ham jalb etish niyatidamiz. Zero, bu sohadagi hamkorlikning ham istiqboli katta. O‘zbekistonda o‘z faoliyatimizni yanada kengaytirish, ikki tomonlama aloqalarni faollashtirishdan manfaatdormiz.

O‘zbekiston tomoni muloqot chog‘ida Fransiya tadbirkorlik sub'yektlari bilan hamkorlikda amalga oshirish taklif etilayotgan sarmoyaviy loyihalarning taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Xususan, Geologiya va mineral resurslar davlat qo‘mitasi, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, “O‘zmetkombinat”, “O‘zbekoziqovqatxolding”, “O‘zbekenergo”, “O‘zagrotexsanoatxolding” va “O‘zinfokom” kabi aksiyadorlik kompaniyasi va jamiyatlari xodimlari tomonidan mazkur tarmoqlarda hamkorlik imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.

Fransiyaning Lazard Freres, Areva Mines, SNF SAS va Fives singari kompaniyalari O‘zbekiston iqtisodiyotiga investitsiya kiritish imkoniyatlarini ko‘rib chiqishlarini bildirdi.

Ikki mamlakat ishbilarmonlari biznes-forum doirasidagi davra suhbatlarida atrof-muhit, suv resurslari va munitsipal xizmatlar, axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalar, transport va logistika, sanoat, energetika hamda qishloq xo‘jaligi kabi sohalarga oid hamkorlikni yanada rivojlantirish, mavjud imkoniyatlardan kengroq foydalanish masalalarini atroflicha muhokama qildi. O‘zaro manfaatli yangi loyihalarni amalga oshirish yuzasidan kelishib olindi.

Xitoy investitsiya va innovatsion loyihalar uchun 150 mlrd yuanlik jamg‘arma tashkil etdi.

Xitoyning bir guruh davlat kompaniyalari Xitoy aerokosmik ilmiy-texnologik korporatsiyasi (CASC) bilan birgalikda investitsiyalar va strategik innovatsion loyihalar uchun 150 mlrd yuan (22 mlrd dollar) qiymatdagi jamg‘arma tashkil etishdi.

"Sinxua" axborot agentligining ma'lum qilishicha, jamg‘arma investitsiyalari birinchi navbatda aerokosmik sanoat, ekologik toza energiya olish sohasidagi ishlanmalar, 3D-bosma texnologiyalari, kvant aloqasi, yuqori tezlikdagi temir yo‘llar, yadro energiyasi, robototexnika va boshqa sohalarni rivojlantirish uchun yo‘naltiriladi.

Ta'kidlanishicha, jamg‘arma davlat kompaniyalarining innovatsion salohiyatini ko‘paytirish, ular o‘rtasida hamkorlik va o‘zaro faoliyat darajasini oshirish maqsadida tashkil etilgan.

Jamg‘armaga Pekin shahri hukumati va Xitoyning bir qator yirik banklari homiylik qilmoqda.


Download 85,98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish