Nazorat va muhokama uchun savollar
1. Milliy iqtisodiyot tushunchasi va korxonalarning mamlakat xalq xo’jaligi majmuasidagi roli.
2. Sanoat korxonalariga xos bo’lgan belgilar.
3. Sanoat korxonalarining vazifalari va bajaradigan ishlari.
4. O’zbekiston Respublikasida korxonalar faoliyatini tartibga soluvchi qonunchilikning rivojlanishini tushuntiring.
3- MAVZU. KORXONANI TASHKIL QILISH VA UNING
FAOLIYATINI TO’XTATISH
3.1. Korxonani tashkil qilish tamoyillari.
3.2. Ta’sis hujjatlari.
3.3. Korxonalarning davlat tomonidan ro’yxatga olinishi va unga inqiroz sharoitida engilliklar kiritilishi.
3.4. Korxonalarni tugatish va qayta tashkil qilish.
Annotasiya
Korxonalar mulk egasi (egalari) yoki u (ular) tayinlagan vakillik organi, mehnat jamoasi yoki muassislar guruhining qarori bo’yicha belgilangan qonun-qoidalarga asosan tashkil qilinishi mumkin.
YAngi korxonani tashkil qilish quyidagi tashkiliy tamoyillar asosida amalga oshiriladi:
korxonani tashkil qilish fikrining paydo bo’lishi;
korxona muassislarini tanlash;
taklif qilinayotgan mahsulotga bozordagi talabni o’rganish;
korxona Nizom jamg’armasini tuzish uchun moliya manbalarini aniqlash;
korxonaning ta’sis hujjatlari va biznes-rejasini tayyorlash;
davlat ro’yxatidan o’tish;
muhr, shtamp va boshqa rekvizitlarni tayyorlash;
“Xususiy korxonalar to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasining Qonuniga ko’ra xususiy korxona mulkdor tomonidan tuziladi, mulkdor unga tegishli mol-mulk beradi va uning ustavini tasdiqlaydi.
Xususiy korxona, agar uning ustavida boshqacha qoida belgilangan bo’lmasa, nomuayyan muddatga tuziladi. Xususiy korxona boshqa yuridik shaxslarning muassisi bo’lishga yoki ularning ustav fondida o’zgacha tarzda ishtirok etishga, vakolatxonalar ochishga va filiallar tuzishga haqli.
«Mas’uliyati cheklangan va qo’shimcha mas’uliyatli jamiyatlar to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasining Qonunida mas’uliyati cheklangan hamda qo’shimcha mas’uliyatli jamiyatlarni ta’sis etish tartibi belgilab beriladi. Unga ko’ra jamiyatning muassislari ta’sis shartnomasini tuzadilar va jamiyat ustavini tasdiqlaydilar. Agar jamiyat bir shaxs tomonidan ta’sis etilsa, shu shaxs tasdiqlagan ustav jamiyatning ta’sis hujjati hisoblanadi.. Jamiyat muassislari jamiyatning ijro etuvchi organlarini saylaydilar (tayinlaydilar), shuningdek jamiyatning ustav fondiga (ustav kapitaliga) pulsiz hissalar qo’shilgan taqdirda, ularning pul bahosini tasdiqlaydilar.
«Xo’jalik shirkatlari to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasining Qonuniga ko’ra xo’jalik shirkati to’liq shirkat yoki kommandit shirkat shaklida tuziladi. Xo’jalik shirkati, agar uning ta’sis shartnomasida boshqacha qoida belgilangan bo’lmasa, nomuayyan muddatga tuziladi.
Xo’jalik shirkati qonun hujjatlarida taqiqlanmagan har qanday turdagi faoliyatni amalga oshirishi mumkin.
Ro’yxati qonunlarda belgilanadigan faoliyatning ayrim turlari bilan xo’jalik shirkati faqat lisenziya asosida shug’ullanishi mumkin.
Aksiyadorlik jamiyatni tuzish «Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasining Qonunida belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Aksiyadorlik jamiyatni tuzish usullari o’z ichiga jamiyat yangidan ta’sis etish yoki mavjud yuridik shaxsni qayta tashkil etish (qo’shib yuborish, birlashtirish, bo’lish, ajratib chiqarish, qayta tuzish) yo’li bilan tuzish usullarini oladi.
Jamiyatni ta’sis etish yo’li bilan tuzish muassislarning (muassisning) qaroriga muvofiq amalga oshiriladi. Jamiyatni ta’sis etish to’grisidagi qaror ta’sis yigilishi tomonidan qabul qilinadi. Jamiyat bir shaxs tomonidan ta’sis etilgan taqdirda jamiyatni ta’sis etish haqidagi qarorni shu shaxsning yolg’iz o’zi qabul qiladi.
Jamiyat muassislari uni tuzish to’grisida o’zaro ta’sis shartnomasini imzolaydilar, shartnomada ularning jamiyatni ta’sis etish borasida birgalikda faoliyat ko’rsatish tartibi, jamiyat ustav fondining miqdori, muassislar o’rtasida joylashtirilishi kerak bo’lgan aksiyalarning xillari va turlari, ular uchun to’lanadigan haq miqdori va bu haqni to’lash tartibi, muassislarning jamiyatni tuzishga doir huquq va majburiyatlari belgilab qo’yiladi.
Aksiyadorlik jamiyatni tuzish bo’yicha ta’sis yig’ilishi (konferensiyasi) chaqiriladi.
Ta’sis hujjatlarini tayyorlash korxonani tashkil etish va keyingi faoliyat yuritish jarayonidagi muhim bosqichlaridan biri hisoblanadi. Ta’sis hujjatlari faoliyat yurituvchi korxonalarning huquq va majburiyatlarini hamda sharoitlarini ifodalaydi.
Korxonalar faoliyatini tartibga soluvchi qonun hujjatlarida ikki xil ta’sis hujjatlari belgilab berilgan:
Do'stlaringiz bilan baham: |