1. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti shavkat Mirziyoevning Oliy Majlisga murojaatnomasidan kelib chiqqan holda fanning vazifalari



Download 0,73 Mb.
bet12/57
Sana09.03.2023
Hajmi0,73 Mb.
#917669
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   57
Bog'liq
Korxona iqtisodiyoti Ma\'ruza matnlari

Xo’jalik assosiasiyasi jismoniy yoki huquqiy shaxslarning o’zaro hamkorlik yuritish maqsadida ko’ngilli ravishda birlashuvini anglatadi va unda birlashuvga kiruvchi sub’ektlar o’z mustaqilligini saqlab qoladilar.
Korxonalarning konsentrasiya asosida birlashuvi kartel, sindikat, xolding va moliya-sanoat guruhlari ko’rinishida amalga oshiriladi.
Ishlab chiqarish sohasidagi kartellar ishlab chiqarish masalalari, narxlar, tovarlarni sotish, ishchi kuchini yollash va shu kabi masalalar bo’yicha kelishuvga asoslanib faoliyat yuritadi.
Integrasining bu shaklida korxonalar mustaqillikni saqlab qolgan holda kooperasiya asosida birlashadilar.
Sindikat – tijorat faoliyatini (ta’minot, buyurtmalarni taqsimlash, xom ashyo sotib olish, mahsulot sotish, bahoni shakllantirish) hamkorlikda tashkil qilishga asolangan birlashmadir. Sindikat tarkibiga kiruvchi korxonalar huquqiy hamda xo’jalik yuritish mustaqilliklarini saqlab qoladilar.
Trestlar yuqori darajada markazlashganligi bilan ajralib turadi. Uning tarkibiga kiruvchi korxonalar ishlab chiqarish, tijorat va huquqiy mustaqilliklarini yo’qotib, yagona reja asosida faoliyat yuritadi.
O’z tarkibidagi aksiyadorlik jamiyatlarni nazorat paketlarini egallash bilan korporasiyalar xolding kompaniyalariga aylanadi. Xolding iborasi inglizcha «holding» so’zidan olingan bo’lib, ega ma’nosini beradi. Xoldinglar ishtirokchilarning moliyaviy imkoniyatlarini birlashtirish va muvofiqlashtirish hamda ishlab chiqarish quvvatlari bilan vaizifalarni tezkor ravishda amalga oshirish imkonini beruvchi boshqaruvning samarali shaklini ifodalaydi.
Aktivlari tarkibiga boshqa korxonalarning aksiyalari nazorat paketlari kiradigan ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyati xolding xisoblanadi.
Sanoat korxonalarining umumiy va ishlab chiqarish tuzilmalari mavjud.
Ishlab chiqarish bo’g’inlari, korxona boshqaruvi hamda xodimlarga xizmat ko’rsatuvchi tashkilotlar, ularning miqdori, kattaligi va egallab turgan maydoni, xodimlarining soni va ishlab chiqarish imkoniyatlari korxonaning umumiy tuzilmasini ifodalaydi.
Ishlab chiqarish tuzilmasiga asosiy, yordamchi va xizmat ko’rsatish jarayonlari amalga oshiriluvchi sex va uchastkalar kiritiladi.
Sanoat korxonalari ishlab chiqarish tuzilmasining uch xil turi majud: texnologik, predmetli va aralash.
Texnologik tuzilmali korxonalarda sexlar va ishlab chiqarish uchastkalari texnologik jihatdan bir xillik tamoyili asosida tashkil qilinadi (masalan, to’qimachilik kombinatlarida yigiruv va to’quv sexlari).
Predmetli tuzilmaga asoslangan korxonalarda har bir sex ma’lum bir mahsulot yoki uning bir qismini ishlab chiqaradi (masalan, avtomobil zavodida motor sexi, shassi sexi va hokazo).
Aralash (predmetli-texnologik) tuzilma tayyorlov sexlarini texnologik tamoyilda (temirchilik, cho’yan quyish, po’lat quyish va hokazo), ishlov berish va mahsulot chiqarish sexlarini esa predmetli tamoyil asosida tashkil etishni ko’zda tutadi.



Download 0,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   57




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish