127
7-bob. Viruslarning reproduksiyasi (1)
7.1. Virus va hujayra orasidagi munosabat
Produktiv (mahsuldor) - virus zarralari hosil bo‘ladigan,
infeksion
jarayonning umumiy tavsifi.
V.I. Agol bu munosabatni quyidagi so‘zlar bilan ifodalaydi: “Virus zarrasi
va hujayra orasidagi to‘qnashish birorta biologik natijaga olib kelishi mumkin
yoki buning aksi - virus va hujayra to‘qnashsa ham biror natijaga olib kelmasligi
mumkin. Birinchi holatdagi o‘zaro munosabatda biologik kompleks - “virus-
hujayra” kompleksi hosil bo‘ladi. Bu kompleks hujayra genetik apparati va
virus
genetik apparatlaridan tashkil topadi va ularni funksiyalari bir-biri bilan aralashib
kutilmagan holatlar yuzaga kelishi mumkin. Demak, bu kompleksni ikki
organizm gibridi deyish mumkin”. Bu munosabatlarni
sxematik ravishda ikki
xilini farqlash mumkin:
I.
Virus genomi mustaqil hujayra genomiga bog‘liq bo‘lmagan ravishda yoki
avtonom holatda reproduksiyalanishi (ko‘payishi) mumkin. Bunday holatda
hujayraga kirib avtonom ko‘payadigan virus - virulent viruslar guruhiga kiradi.
Bu tipdagi munosabat hujayrada virus zarralarini yangi avlodlari hosil bo‘lishi
bilan tugaydi. Bu tipdagi munosabat “produktiv munosabat” deb ataladi, virus
zarralari – mahsulotlari hosil bo‘ladi. Ba’zan infeksion jarayonning ma’lum
davrida to‘xtab qolishi mumkin, natijada yuqumli virus avlodi hosil bo‘lmaydi.
Bunday virus va hujayra orasidagi munosabat abortiv munosabat deyiladi.
Ko‘pincha hujayra va virus genomlari simbiozi qisqa muddatli bo‘ladi va
virus zarralaring yangi avlodi hosil bo‘lganidan so‘ng kasallangan hujayra
(xo‘jayin-hujayra) nobud bo‘ladi. Bunday virus infeksiyasiga “litik reaksiya”
yoki “xo‘jayin-hujayraning erib ketishi” deyiladi.
Boshqa holatlar ham bo‘lishi mumkin, ya’ni xo‘jayin-hujayra
uzoq muddat
hayot faoliyatini saqlash mumkin.
II. Infeksion jarayon sodir bo‘layotgan “virus-hujayra” kompleksining
rivojlanishi tubdan o‘zgacha yo‘lda borish imkoniyati ham mavjud bo‘ladi. Bu
holatda ikki organizm genomlari birlashadi (integratsiya) va hujayrada ikkala
genom reproduksiyasi bir vaqtda yuz beradi va umumiy idora qilinadi. Birlashgan
genomlik yangi organizm to‘la hayotchan bo‘lishi mumkin. Bo‘linishdan
hosil
bo‘lgan qiz hujayralar birlashgan hujayralar o‘zgargan hususiyatga ega bo‘ladilar.
Bu tip virus va hujayra munosabati virogeniya deyiladi, agar bakteriya viruslari
va bakteriyalar orasidagi munosabat bo‘lsa lizogeniya deyiladi. Virogeniya
holatini qo‘zg‘atadigan viruslar mo‘‘tadil viruslar guruhiga kiradi.
Bu ikki guruh viruslar - virulent va mo‘‘tadil
viruslar guruhlari orasida
o‘tib bo‘lmas chegara yo‘qdir. Bir guruh viruslarini o‘zaro munosabat bosqichlari
bir xil prinsipda amalga oshadi. Ba’zan mo‘‘tadil viruslar ba’zi holatlarda
avtonom reproduksiya xus
u
siyatiga ega bo‘ladi. Mo‘‘tadil
viruslar esa yuqumli
jarayon rivojlanishi bosqichlarida virogeniyaga olib kelish xususiyatini butunlay
yo‘qotishi mumkin, ya’ni virulent viruslar tipi xususiyatlariga ega bo‘lishi
mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: