2.3. Virusologiyaning rivojlanish bosqichlari
(Mazkur qismni 2012 yilgacha bo‘lgan internet ma’lumotlariga
asoslangan holda (60) to‘liq yoritishga harakat qilindi. Viruslarni ochilishi va
20
virusologiyadagi ba’zi muhim voqealar virusologiya metodlarini ochilishiga
bog‘liqligi qisqacha 1-jadvalda keltirilgan.
19 asr oxiri va 20 asr boshlari Virusologiyaning rivojlanishi viruslarni
tadqiq qilish metodlarini yutuqlari bilan chambarchas bog‘liq.
Shamberlen bakteriya filtrlari orqali filtrlash metodi asosida amalga
oshirildi. Bu usulda kasallik qo‘zg‘atuvchini bakteriyalardan, ya’ni bakteriyalarni
nobakteriyalardan ajratildi. Natijada bu usulni qo‘llab quyidagi viruslar aniqlandi:
1982 y.- tamaki mozaikasi virusi, 1898 y.- oqsim–yashchur (qirov)
kasalligi virusi, 1899y.- shoxli mollar chumasi virusi, 1900 y.-sariq bezgak virusi,
1902y.- parranda va qo‘ylar chumasi virusi, 1903 y.-qutirish va cho‘chqalar
chumasi virusi, 1904 y.-odam chechagi virusi, 1905 y.- itlar chumasi va vaksina
virusi, 1907 y.- denge virusi, 1908 y. - chechak va traxoma viruslari, 1909 y. -
poliomielit virusi, 1911 y.- Raus sarkomasi virusi, 1915 y. bakteriofaglar, 1916
y.- qizamiq virusi, 1917 y. - uchuq virusi, 1926 y. - vezikulyar stomatit viruslari
kashf qilindi.
30 - yillar viruslarni ajratish va identifikatsiya qilish uchun asosiy
virusologiya metodi bo‘lib laboratoriya hayvonlarini qo‘llanilishi bo‘ldi (gripp
viruslari uchun oq sichqonlar, Koksaki viruslari uchun yangi tug‘ilgan
sichqonlar, shimpanze – V gepatiti virusi uchun, onkogen viruslar uchun
kaptarlar, ichak viruslari uchun - gnotobiont cho‘chqa bolalari va h.). Birinchi
marta laboratoriya hayvonlarini viruslarni ajratishda ishlatish 1881 y.da
Pasterdan boshlangan. U qutirish kasalligi virusini quyonlar miyasiga yuqtirib,
qutirish kasalligi virusini kuchsizlantirilgan (attenuirlangan) formasini olgan,
keyinchalik bu sikldagi ishlarni qo‘llanilishining avjga chiqqan vaqti 1948 y.da
Sayklz tomonidan mialgiya epidemiyasi viruslari guruhini ajratishda emadigan
sichqonlarni ishlatilgan.
1931 y.da viruslarni ajratishda tovuq embrionlarini ishlatishni A. Woodruff
va E. Goodpasture lar taklif qilishadi. Tovuq embrionlari gripp, chechak, leykoz,
tovuqlar sarkomasi kabi viruslar ajratishda yaxshi model bo‘lib ishlatildi.
Xorioallantois qobig‘i to‘qimalarida va allantois suyuqligida juda katta miqdorda
virus to‘plash va uni keyinchalik tozalash imkoniyati paydo bo‘ldi. Bu albatta
virusni tovuq to‘qimalarini virus bilan kasallantirib va undan virus ajratgandan
ko‘ra ancha engillik bilan virus ajratish imkoni tug‘dirdi. Tovuq xoriallantois
to‘qimalarida viruslar bilan kasallanganda spetsifik simptomlarni hosil bo‘lishi
yoki ularni tovuq yoki boshqa hayvon eritrotsitlarini agglyutinatsiya qilishi
fenomeni G. Hirst (1941) tomonidan gripp virusini o‘rganish jarayonida
kuzatiladi va keyinchalik bu xususiyat boshqa viruslarga ham xos ekanligi
aniqlanadi. 1932 y. ingliz kimyogari Elford tomonidan sun’iy mayda porali
kolloid membranalarni kashf qilinishi ultrafiltratsiya metodiga asos bo‘ldi. Bu
metod bilan viruslarni o‘lchamlarini aniqlash va viruslarni bu belgilari bilan
differensiatsiya qilish imkoni yaratildi.
1935 yili Stenli tomonidan sentrifugalash metodini ishlatish tamaki
mozaikasi virusini kristalizatsiyalash imkonini berdi. Hozirgi kunda ham
sentrifugalash va ultratsentrifugalash
(probirka tagida tezlanish 200 000 g dan
Do'stlaringiz bilan baham: |