nukleokapsid
deb ataladi.
Kapsid kapsomerlardan tuzilgandir
(protomerlardan tashkil topgan oqsil
kompleksi). Ba’zi kapsidlar ikkilamchi
qobiq – peplosdan tuzilgan (peplos o‘zbekcha –yopinchiq, rus tilida – plashch
bilan o‘ralgan degan ma’noni anglatadi. Ba’zi viruslarda peplos faqat virus
oqsilidan, boshqa viruslar peplosida esa har xil moddalar (lipidlar,
glikoproteidlar, fermentlar va h.k.) uchraydi. Har xil viruslarni o‘lchamlari har xil
bo‘lib, 20 nm dan (pikornaviruslar) to 500 nm (mimiviruslar) gacha va undan
ham katta bo‘lishi mumkin. Virionlar ko‘pincha to‘g‘ri geometrik shaklga ega
bo‘ladilar (ikosaedr, silindr, ipsimon, to‘g‘nag‘ichsimon va boshqa shakllarda
bo‘lishi mumkin). Kapsidning bunday tuzilishi uni tashkil qiluvchi oqsillari
orasidagi bog‘larni bir xilligini ko‘zda tutadi, yani standart bir xil oqsillarni bir
yoki birnecha turlaridan tuzilgan bo‘lishi mumkin. Ikosaedr
tipida tuzilgan
virionlar strukturalariga misollar: masalan, lipid qobig‘i yo‘q virus – pikornavirus
bo‘lib uni struktura elementlariga kapsid va nuklein kislota kiradi; qobiqli virus –
gerpesvirus bo‘lib, u quyidagi virus struktura elementlaridan tuzilgan: kapsid,
112
nuklein kislota, kapsomer, nukleokapsid, virion, lipid qobiq, qobiqning
membrana oqsillari.
Spiral simmetriya
asosida tuzilgan minimal viruslar vakili bo‘lgan tamaki
mozaikasi virusi ham nuklein kislota va oqsildan tashkil topgan. Aralash
simmetriya asosida tuzilgan bateriofag T-2 ning bosh va dum qismi bo‘lib, uning
tashqi tomonida: ikosaedr simmetriya asosida tuzilgan bosh qismi, bo‘yin qismi,
dum qismi, bazal plastinkasi, fibrillari va ichki tomonida: bosh qismida nuklein
kislota, dum qismida o‘zak va uning ustidagi spiral simmetriya asosida tuzilgan
oqsil qavat; fibrillarida esa virus ho‘jayin bakteriyaga kirishida asosiy rol
o‘ynaydigan retseptorlar mavjud. Bakteriya viruslarining bosh qismida yana
plazmida DNK si bo‘lishi mumkin. Virionlar NaOH ni past konsentratsiyasida
parchalanib ketadi va uni tarkibiy qismi oqib chiqadi, ustki membranasi soya
shaklida qoladi. Virionlar osmos ta’sirini sezadi, ya’ni gipotonik eritmada
o‘lchamlari kattalashadi, gipertonik eritmada esa – kichrayadi. Virionlar o‘ta
turg‘un bo‘lib, suvsizlikga, o‘ta past temperaturaga chidamli bo‘ladilar.
1930-35 yillarda Stenli birinchi marta tamaki mozaikasi virusini (VTM ni)
toza kristall holda ajratib oldi. Shu vaqtdan boshlab genetiklar, bioximiklar,
biofiziklar, kristallograflar tomonidan virus zarralarining ximiyasi va fizikasi,
arxitekturasi kabi xususiyatlarini o‘rganish boshlandi. Natijada virion tarkibidagi
nuklein kislotada hujayra ichidagi kechadigan ifeksion jarayonning axborotlari
“yozilib”- shifrlanib qo‘yilganligi aniqlandi. Bu davrga kelib boshqa viruslarni
ham o‘rganish va ulardagi molekulyar tuzilish va ular bilan ilgari
o‘rganilganlarini taqqoslash ishlarini olib borish masalasi qo‘yildi va ularni
amalga oshirish o‘z navbatida viruslarni toza holda ajratib olish, fizik - kimyoviy
xususiyatlarini, virus zarrasining elementar tarkiblarini o‘rganishga e’tibor
kuchaydi.
Olingan natijalar fitoviruslar ham, hayvon va odam viruslari ham,
bakteriofaglar ham, prokariot va eukariotlar hujayralari tarkibiga o‘xshash
uglerod, vodorod, azot, fosfor, kislorod, oltingugurt va mineral elementlaridan
tashkil topganligi aniqlandi. Virus zarralari va ular parazitlik qiladigan
hujayralar kabi bir xil organik materiallardan tuzilganliklari isbotlandi.
Viruslarning kimyoviy tuzilishining analiz qilish, ularning oqsil, nuklein
kislota, lipoid, uglevod va h.larini kimyoviy tarkiblarini aniqlashda olingan
natijalar viruslar tabiatini o‘rganishda qimmatli ma’lumotlar berdi. Bir qarashda
viruslar bir-biriga yaqin va o‘xshash bo‘lib ko‘ringani bilan aslida esa ularni
xilma-hilligi va ular orasida katta tafovut borligi va ular geterogen guruhlardan
tashkil topganligi isbotlandi. Hujayradagidek nuklein kislotani ikki xili o‘rniga
viruslarda bir hildagi nuklein kislotani – DNK yoki RNK ni uchratish, eukariot
va prokariotlar evolyusiya natijasida irsiy axborot faqat DNK molekulalarida
joylashgan bo‘lsa, RNK esa bu irsiy axborotlarni faqat oqsil sintez qiladigan
apparatlarga olib kelish funksiyalarini bajaradigan bo‘lsa, viruslarda bu
funksiyani ikki zanjirli DNK yoki bir zanjirli RNK ham bajarishi mumkin ekan.
Demak, virus bilan kasallangan hujayrada virus DNK-asi matritsasida virusga xos
Do'stlaringiz bilan baham: |