68
3.10-jadval
Televizion reklamaning afzalliklari va kamchiliklari
Afzalliklari
Kamchiliklari
Maqsadli auditoriyani yalpi qamrab olishi:
teleko‘rsatuvni deyarli barcha ko‘radi, shu bois
gazeta va radioga nisbatan samarali
Qimmatligi. Telereklama qimmat
hisoblanib undan barcha ishlab
chiqaruvchilar ham foydalana olmaydi.
O‘tkazilgan tadqiqotlar samarasi o‘laroq,
reklama beruvchilar o‘z iste’molchilarining qaysi
telekanallarni tomosha qilishlari, kunning qaysi
vaqtida tomosha qilishlari va necha marta
tomosha qilishlarini aniq aytib bera oladilar. Bu
esa reklamani aynan shu vaqtda uzatish imkonini
beradi
Telereklama qimmat bo‘lishiga
qaramasdan ko‘pchilik firmalar o‘z
reklamalarini muntazam teleko‘rsatuv
orqal uzatib boradi. Bu ayrim paytlarda
tomoshabinlar jig‘iga tegishi va tovar
haqida salbiy fikr paydo bo‘lishiga olib
keladi
Vizualligi, harakatliligi va ovozliligi bois tovar
va xizmatlar to‘g‘risida iste’molchilarda tezda
eslab qolish holati ro‘y beradi.
Qisqa muddatliligi. Telereklama atigi
yarim daqiqa uzatiladi, shu bois
iste’molchilar uni bir ko‘rishdayoq eslab
qolmaydi.
Teleko‘rsatuvning interaktiv imkoniyatlari bir
vaqtda telefon orqali ulanish, xabar jo‘natish
imkonini beruvchi teleroliklar tayyorlashga
imkon beradi.
Joylashtirish imkoniyatining
cheklanganligi. Odatda reklama
beruvchilar o‘rtasidagi kuchli raqobat
telereklamalarni istalgan vaqtda yoki
firma uchun foydali bo‘lgan vaqtlarda
uzatilishiga to‘sqinlik qiladi
Televizion reklama nufuzli bo‘lib firmaning
imidjini ham belgilab beradi
Televizion reklamaning eng ko‘p tarqalgan turlariga quyidagilar kiradi:
–
televizion reklama roliklari
– davomiyligi 2-3 bo‘lgan tele- va video
ko‘rsatuvlar bo‘lib turli badiiy va ijtimoiy-siyosiy masalalarga oid ko‘rsatuvlardan
iborat bo‘ladi. Reklama roliklari qisqa muddatli (15-20 sek), blits-roliklar (15-20 sek)
va yoyilma shakldagi roliklar (30 sekundan uzoq) bo‘ladi. Blits-roliklar firma logotip
(savdo markasi yoki tovar belgisi), firma nomi va manzilini aks ettiradi. Blits-
rolikning vazifasi firma va uning tovarlari haqida eslatib turishdir.
Yoyilma roliklar tovar haqida ma’lumot,
uning tavsifi, yetkazib berish tartibi
va foydalanish tartibi to‘g‘risida axborotlarni o‘z ichiga oladi. Mavzusiga ko‘ra tele
reklama roliklari quyidagi turlarga bo‘linadi:
–
tavsifiy yoki axborot beruvchi: ular tovarlar haqida ma’lumot beradi yoki
ularning aniq tavsifin keltiradi;
–
hayojonga soluvchi roliklar: odatda standart reklama bo‘lib,
xorijiy
tovarlarni yoki xorij andozasida yaratilgan tovarlar va ularning milliy bozordagi
ahamiyatini reklama qilishni ko‘zda tutadi;
–
paradoksal roliklar: odatda antireklamalar vazifasini bajarib, hazil-mutoyiba,
mubolag‘a, latifa va masharabozlikni o‘z ichiga oladi;
–
shok rolik: reklama qilinayotgan tovar yoki xizmatsiz falokatlar va
baxtsizliklar sodir bo‘lishi, ushbu tovar esa bunday ofatlardan qutilish chorasi sifatida
69
tasvirlanadi;
–
televizion
reklama
e’lonlari
– teleboshlovchi tomonidan o‘qib
eshittiriladigan e’lonlar;
–
ko‘rsatuvlar o‘rtasida uzatiladigan reklama lavhalari
– boshlovchi nutqi
bilan birgalikda uzatiladigan, turli rasm va fotosuratlarni o‘z
ichiga olgan qisqa
muddatli rolikdir. odatda bu rolik kompyuter grafikasidan iborat bo‘lishi ham
mumkin;
–
reklama telereportaj va teleko‘rsatuvlar
– shou, viktorina, reportaji,
intervyular orqali amalga oshirilib, tovarlar va xizmatlar reklamasini ham bir vaqtda
ta’minlab beradi.
Televizion reklama murojaatlarining quyidagi turlarini ajratib ko‘rsatishimiz
mumkin:
1.
Bevosita sotish. Teleboshlovchi o‘zi tovarni ko‘z-ko‘z
qiladi va kichik
matnni o‘qish orqali tovarni reklama qiladi. Odatda estrada tok-shoulari, teleo‘yinlar
va sport reportajlarida keng foydalaniladi.
2.
Firma nomidan murojaat qilish. Ushbu usul firmaga aloqador bo‘lgan shaxs
orqali ommaga murojaat qilishga asoslangan bo‘lib, u to‘g‘ridan-to‘g‘ri
iste’molchilarga murojaat qiladi va tovarning afzallik jihatlarini reklama qiladi.
3.
Mutaxassislar va mashhurlar tavsiyasi. Ushbu usul estrada yulduzlari, taniqli
aktyorlar, sportchilar va boshqa shaxslar yordamida tovarlar reklama qilinadi.
4.
Haridordan intervyu olish. Reklamaning bu turi kam qo‘llanili, bunda
mashhur kishilar emas, balki kundalik turmushida ushbu
tovardan foydalanuvchi
oddiy fuqarolar ishtirok etishadi. Intervyu orqali ulardan tovarning afzalliklari va
ularning boshqa analoglaridan farqli jihatlari so‘raladi.
5.
Namoyish qilish. namoyish qilishning bir nechta ko‘rinishlari mavjud:
–
“foydalanishning
xilma-xilligi”:
tomoshabinlarga
tovarning
yangi
xususiyatlari va jihatlari namoyish qilinadi;
–
“tovardan foydalanish”: ushbu tovardan qanday foydalanish mumkinligi,
qanday ishlarni bajara olishligi namoyish qilinadi;
–
“oldin va keyin”:tovardan foydalanish natijalari namoyish qilinadi;
–
“zarurat”: tovarning xususiyatlaridan noqulay
va ekstremal sharoitlarda
foydalanish imkoniyatlari namoyish qilinadi;
–
“saralash musobaqa testi”: qaysi tovar yaxshi.
6.
Tovarlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri taqqoslanishini namoyish qilish.
7.
Sahnalashtirish, dramalashtirish: 30 yoki 60-sekund davomida namoyish
qilinadigan mini-drama namoyishi.
8.
Musiqali reklama. Ma’lum bir musiqa yoki saundtrek tovarning afzalliklarini
namoyish qiladi, videolavha esa tez-tez o‘zgarib turadigan qator sahnalardan iborat
bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: