64
4.
Illyustratsiya. Jurnal reklamasining muhim elementi illyustratsiya (rangli
suratlar)dir. Jurnallardagi har bir e’lon uchun inson 1,65 sekund vaqt sarflar ekan.
Bunda 70% diqqat-e’tibor illyustratsiyalarga, qolgan vaqt esa sarlavha yoki logotipga
qaratiladi. Illyustratsiya formati qanchalik katta bo‘lsa, u shunchalik ko‘p
kishilarni
o‘ziga tortadi. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, kishilarni firma tovarlaridan yoki aynan
bir tovardan foydalanadigan mashhur kishilar va tovarlarning fotosuratlari ko‘proq
o‘ziga tortar ekan. Kishilarning mashhurligi diqqat-e’tiborni 26%ga, uning
mazmunini o‘qishga bo‘lgan qiziqishni 20% oshirar ekan.
5.
Sarlavhaning nomi. Agarda 49 % kishilar illyustratsiyaga e’tibor
qaratsalar, 30 % eng avval sarlavhasini o‘qib ko‘radi. Shu bois sarlavha qisqa
so‘zlardan iborat bo‘lishi zarur. Agarda oddiy tovarlar reklama qilinadigan bo‘lsa 8
tagacha so‘zdan, mashhur tovarlar reklama qilinganda esa 5 tagacha so‘zdan
iborat
bo‘lishi maqsadga muvofiq. Bundan tashqari sarlavha ikki qatordan oshmasligi ham
muhim element hisoblanadi. Sarlavhalarda qisqa, lo‘nda jumlalardan foydalanish,
jumlaning ot, sifat va kishilik olmoshlari so‘z turkumidan iborat bo‘lishi
ham juda
muhim. Fe’lning qo‘llanilishi sarlavhaning e’tiborni jalb qilinishini pasaytirib
yuboradi.
Jurnallardagi reklamaga shuningdek, sarlavhalarning tasdiq va rad ma’nosiga
yaqin jumlalardan foydalanish ham sezilarli ta’sir ko‘rsatadi.
Oddiy tasdiqlovchi
ma’noni anglatuvchi sarlavhalar 50 % diqqatni oshiradi. Rad ma’nosini anglatuvchi
sarlavhalar esa aksincha 37% ga kishilar diqqatini pasaytiradi.
6.
Matn. Jurnallardagi reklama matni qisqa va uzun bo‘lishi mumkin. Qisqa
matnlar odatda 50 tagacha so‘zni, uzun matnlar esa 250 tagacha so‘zni o‘z ichiga
oladi. Qisqa matnlarni uzun matnga qaraganda 40 % ko‘p iste’molchilar o‘qiydi.
Ammo matndagi so‘zning 50 tadan oshishi uni o‘qiydiganlar sonining pasayishiga
olib kelmaydi. Bundan tashqari qisqa matnlar kam harajat
talab etiganligi bois ham
muhim ahamiyatga ega.
7.
Marka nomi va logotip. Agarda jurnallardagi reklama iste’molchilar
tomonidan kam diqqatni tortsa, u holda tovarning markasi va firma logotipidan
foydalanish maqsadga muvofiq. Tovar markasi yoki firma logotipini jurnalning qaysi
qismiga joylashtirishning ahamiyati yo‘q. Agarda ularni
sarlavhada joylashtiradigan
bo‘lsak, iste’molchilar uni yanadi aniqroq ma’lumotga ega bo‘lish uchun matndan
izlay boshlaydi. Logotipning iste’molchilar tomonidan identifikatsiya qilinishi
sahifaning quyi o‘ng burchakda joylashuvida 86 %, markazda 92 %ni tashkil qiladi.
Ammo logotipni boshq tomonlarga joylashtirilganda ham bu ko‘rsatkich 88% ni
tashkil etadi. Bundan ko‘rinib
turibdiki, iste’molchilar har qanday yo‘l bilan ham
tovar markasi yoki firmaning logotipini topishga harakat qilisharkan.
Do'stlaringiz bilan baham: