60
3.6-jadval (davomi)
Jurnal
Geografik va demografik jihatlarni
e’tiborga olish imkoniyatining
mavjudligi, yuqori sifatliligi,
ikkilamchi uquvchilarning
mavjudligi
Reklama davri va harid jarayoni
o‘rtasida uzoq muddat o‘tib ketishi,
ortiqcha tirajlarning mavjudligi va
muayyan joylarda reklama qilishga
Tashqi
reklama
Moslashuvchan, qulay narx va
raqobatchilarning kamligi
Auditoriyani tanlash
imkoniyatining yo‘qligi, ijodiy
faoliyatning cheklanganligi
Reklama murojaatini ishlab chiqishda eng asosiysi
auditoriyani qamrab olish
miqyosi, reklama murojaatining almashinish chastotasi va ta’sir kuchini e’tiborga
olishdir.
Qamrab olish miqyosi maqsadli auditoriya doirasida reklama murojaati tegishli
bo‘lgan shaxslar nazarda tutilib, umumiy auditoriya soniga nisbatan foizlarda
hisoblanadi.
Reklama murojaatining chastotasi tanlangan segmentda reklama murojaatining
paydo bo‘lishi va almashinishi nazarda tutiladi.
Reklamaning ta’sir kuchi potensial haridorlarga ta’sir qilish bilan izohlanadi.
Masalan, teleko‘rsatuv auditoriyaga radioga nisbatan tez ta’sir ko‘rsatadi.
Ushbu jarayonda bozordagi vaziyatni chuqur tahlil qila olish,
insonlarning
axborotni qabul qilish nazariyasini ham puxta o‘zlashtirish muhim hisoblanadi.
Reklama murojaatining muvaffaqiyati uning kayerda va qachon nashr
qilinishiga ham bog‘liqdir. Biror bir reklama vositasini tanlashdan oldin reklama
tadbirlarining maqsadini aniqlash zarur. Reklama tadbirlarining asosiy maqsadlari
quyidagilar bo‘lishi mumkin
:
1.
Iste’molchilarning aniq tovar yoki xizmat haqida
zarur bilim darajasini
shakllantirish.
2.
Firmaning ijobiy imidjini va unga nisbatan xayrixohlik ruhini shakllantirish
maqsadida ijobiy tajriba va an’analarni yaratish.
3.
Tovar va xizmatlarni harid qilish.
4.
Tovar va xizmatlarni aniq bir ishlab chiqaruvchi firmalardan harid qilish
zarurligiga ishontirish va undash.
5.
Tovar va xizmatlarga talabni shakllantirish va sotishni rag‘batlantirish.
6.
Tovar aylanmasini oshirish va aylanishini tezlashtirish.
7.
Mavjud iste’molchilarni tovar va xizmatlarning doimiy haridoriga
aylantirish.
8.
Raqib firmalar orasida ishonchli hamkor qiyofasini shakllantirish.
9.
Firma nufuzini zarur darajada saqlab turish.
Amaliyot shuni ko‘rsatadiki, reklama tadbirlari chog‘ida yuqorida sanab
o‘tilgan maqsadlar o‘zaro kesishishi mumkin ekan.
Shu munosabat bilan ushbu
61
maqsadlarni quyidagi uchta guruhga umumlashtirish mumkin:
1-guruh. Firma imidjini shakllantirishga qaratilgan maqsadlar
(2, 8, 9). Bu
maqsadlar reklamaning iste’molchilarni tovar yoki xizmatlar bilan tanishtirish,
ularning maqsadliligi, asosiy xususiyatlari to‘g‘risida axborot berishdir.
Bunday
reklamalar keng qo‘llanilib, odatda strategik maqsadlar uchun qo‘llaniladi. Firmaning
imidjini shakllantirishga qaratilgan teleko‘rsatuv va radiodagi reklama roliklari,
reklama lavha(qalqon)lari, transport reklamasi, taniqli gazeta va jurnallar,
xomiylik
aksiyalarida ishtirok etish kabilar qo‘llaniladi.
2-guruh. Reklamani rag‘batlantirishga qaratilgan maqsadlar
(1, 4, 5, 6).
Asosiy e’tibor sotishni rag‘batlantirishga qaratiladi. Rag‘batlantirishga qaratilgan
maqsadlar bir vaqtning o‘zida firma imidjini shakllantirishga ham xizmat qilib,
jamoatchilikda firma yoki tovarga nisbatan qiziqish uyg‘otadi.
Sotishni
rag‘batlantirishga qaratilgan reklama vositalari sifatida Gazeta va jurnallarda tez-tez
takrorlanadigan murojaatlar, to‘g‘ridan-to‘g‘ri pochta tarqatmalari, radio orqali
reklama, ko‘rgazmalarda ishtirok etish, telereklamadan keng foydalaniladi.
3-guruh. Tovar va xizmatlar sotilishini barqarorlashtirishga qaratilgan
maqsadlar
(3, 7). Bularga firma va tovar haqidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga oluvchi
yashirin reklama, ko‘rgazmalarda ishtirok etish, firmaning yillik hisobotlarini nashr
qilish, tantanali sanalarni nishonlash ( firmaning tug‘ilgan kuni, 1000 –chi tovar
Do'stlaringiz bilan baham: