96
uskunalar.Almashtiriluvchi modullar uchun uskunalar (slotlar) soni 8 tadan 32
tagacha bo`lishi mumkin.
Tarqatilgan,
(kiritish-chiqarish
moduli
masofaga
joylashtirilgan),
bu
qurilmalarda kiritish-chiqarish modullari alohida korpuslarda joylashtirilgan
bo`lib, kontroller moduli bilan tarmoq bo`yicha ulanadi.(odatda RS—485
interfeysi asosida) va jarayonor modulidan 1,2 km masofada joylashtiriladi.
Ko`p hollarda yuqorida ko`rilgan kontrollerlar kombinasiyalanadi, masalan,
monoblokli kontroller bir nechta ajraluvchi platalarga (s`emniy) ega bo`lishi
mumkin; monoblokli va modulli kontrollerlar kanallar sonini ko`paytirish uchun
masofaviy kiritish-chiqarish moduli bilan to`ldirilishi mumkin.
Konstruktiv bajarilishi va mahkamlanish usuliga ko`ra
kontrollerlar
quyidagi turlarga ajratiladi:
Panelli (panelga yoki shkaf eshigiga montaj qilish uchun);
Shkaf ichiga DIN- reykasiga montaj qilish uchun;
Tik o`rnatiluvchi –stoyechnqe;
Maxsus konstruktiv ishlab chiqaruvchilar uchun korpussiz (odatda bir
platali)
Qo`llanish sohasiga ko`ra
kontrollerlar quyidagi turlarga ajratiladi:
Universal, umumsanoat;
Robotlarni boshqarish uchun;
Pozisiyalash va siljitishni boshqarish uchun;
Kommunikasion; PID kontrollerlar; maxsus kontrollerlar.
Dasturlash usuliga ko`ra
kontrollerlar quyidagi turlarga ajratiladi:
Kontrollerni old paneli
bilan dasturlanuvchi;
O`tkazuvchi programmator bilan dasturlanuvchi;
Displey, sichqoncha va klaviaturayordamida dasturlanuvchi;
Shaxsiy komp`yuter yordamada dasturlanuvchi.
Kontrollerlar MEK 61131-3 tilida dasturlanishi, hamda S,S#, Visual Basic
tillari ishlatilishi mumkin. Kontrollerlar tarkibida kiritish-chiqarish modullari
bo`lishi ham, bo`lmasligi ham mumkin.
97
3000 seriyali asboblar texnologik jarayonni rasional va effektiv optimallash
imkoniyatini beradi. Konfigurasiya, ko`rsatkichlarni o`lchash va xizmat ko`rsatish
vazifalari programmali interfeysni va yoritilgan displeyning mavjudligi bilan
ta`minlanadi, bu xolda bashka konfigurasiya qurilmalari talab qilinmaydi,masalan
qo`l bilan ulash vostalari , lekin qo`shimcha tarzda ishlatilishi mumkin.
Modbus i HART kommunikasion protokollar HART$kommunikator yoki ProLink
II, AMS dasturiy ta`minot kompleksiga ega bo`lgan komp`yuter qurilmasi bilan
ta`minlanadi.
3000 seriyali asboblar tarmokka Plant Web arxitekturasi bilan integrallanadi.
3000 seriyali har bir kontroller bir vaqtning o`zida 3
ta ijro mexanizmini
boshqarishi mumkin. (nasoslar, klapanlar, chastotali yuritmalar) va i funksional
ravishda unga qo`yiladigan talablar asosida sozlanishi mumkin.
3000 seriyasi arxitekturasi yangi avlod dasturiy ta`minoti funksiyalariga ega.
Bu kontrollerlar MicroMotion koriolis sarf o`lchagichlari bilan birga qo`llanishi
mumkin bo`lgan elementlar hisoblanadi. Ular asosan bir nechta o`zgaruvchili
texnologik
jarayon monitoringi, suyuqliklarni miqdori, sarfini me`erlash,
suyuqliklarning zichligi,konsentrasiyasini analizi,
ularning hisobi, va boshqa
maksadlarda qo`llanishi mumkin.
Bu kontrollerlarning asosiy afzalligi : sarf o`lchagichdan olingan ko`p
parametrli o`lchov signalini raqamli qayta ishlash texnologiyasi mavjudligi;
dinamik tavsifnomalarni keng diapazonda yukori aniqlikda o`lchash imkoniyati va
o`lchov
parametrlarining stabilligi; bir nechta asboblarning funksiyasini bitta
korpusda birlashtirilganligi; tezkor ishga tushirish uchun o`rnatilgan pul`tli displey
mavjudligi; ob`ektning o`zida, elektr montaji shitida,
operator xonasida montaj
qilishning turli imkoniyatlarining mavjudligi hisoblanadi.
Quyidagi sxemada bitta komp`yuterli oddiy distansion avtomatlashtirilgan
boshqaruv sxemasining tarkibi ko`rsatilgan
.
98
5.1-rasm . 3000 seriyali kontrollerlar
5.2-rasm. Bitta kiritish va bitta chiqarish qurilmasiga ega bo`lgan oddiy
avtomatlashtirilgan tizimni bitta komp`yuter orqali boshqarish sxemasi
Do'stlaringiz bilan baham: