tasavvurga ega bo‘lishi kerak;
- suv xo‘jaligi ob’ektlari uchun TJABT larini qurish prinsiplari shu
jumladan ABT larni tarkibi terminlarni aniqlovchi asosiy me’yoriy xujjatlarni,suv
xo‘jaligi texnologik jarayonlarini avtomatlashtirishning tipik masalalarini
yechishni , texnologik jarayonlarni avtomatlashtirilgan boshqarishning namunaviy
yechimlarining algoritmlarini tuzishni
bilishi va ulardan foydalana olishi;
- texnologik boshqaruv ob’ektlarining dinamik xususiyatlarini baholash,
suv xo‘jaligi
ob’ektlarining texnologik jarayonlarini
avtomatlashtirishda avtomatik boshqaruv tizimi vositalarini qo‘llash
ko‘nikmalariga ega bo‘lishi kerak.
8
I. TEXNOLOGIK JARAYONLARINI AVTOMATLASHTIRISH
ASOSLARI
1.1. AVTOMATLASHTIRILGAN BOSHQARUV TIZIMLARI VA LOKAL
AVTOMATLISHTIRISH TIZIMLARI HAQIDA UMUMIY
MA’LUMOTLAR
Xalq
xo‘jaligining
rivojlantirish
jarayonida
ishlab
chiqarishni
avtomatlashtirish ilmiy-texnik o‘sishni jadallashtirishning asosiy omillaridan
hisoblanadi. Shu jumladan qishloq va suv xo‘jaligida ishlab chiqarish jarayonlarini
avtomatlashtirish masalalari lokal avtomatlashtirish ob’ektlari hamda texnologik
jarayonlarning avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlarini yaratish va ularni
takomillashtirishni o‘z ichiga oladi.
Qishloq va suv xo‘jaligida ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish
ishlab chiqarish jarayonlari effektivligini oshirishda qo‘l mehnatiga asoslangan
jarayonlarni qisqartirish, shu jumladan kundan kunga o‘sib borayotgan suv
resurslari defitsitini oldini olish va suvni tarqatish masalalariga asoslangan.
«Avtomatlashtirish» so‘zi grekcha «automatos» so‘zidan olingan bo‘lib,
«o‘z-o‘zidan
harakatlanuvchi»
ma’nosini
bildiradi.
Ishlab
chiqarishni
avtomatlashtirishda esa inson amalga oshirayotgan nazorat, boshqaruv masalalari
avtomatik asbob-uskunalar yordamida bajariladi.
O‘lchov asboblari va avtomatik qurilmalar qo‘l yordamida bajarilishi qiyin
bo‘lgan texnologik jarayonlarni optimal qiymatini saqlashga imkon beradi.
Avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlarini ishlab chiqarish uch xil
yo‘nalishda olib borilishi mumkin:
-
boshqaruv obe’ktlaridagi fizik xususiyatlarning o‘zgarishini EHM larni
qo‘llash asosida matematik modellashtirishni effektiv o‘rganish usullari;
-
texnologik jarayonlarning o‘lchanayotgan va boshqariluvchi koordinatalari
orasidagi bir biriga mos keluvchi qiymatlari orasida texnik – iqtisodiy
ko‘rsatkichlar bo‘yicha boshqaruv usullari;
9
-
avtomatlashtirishning texnik vositalarini (nazorat, boshqaruv) o‘z ichiga
oluvchi muhandislik usullari ishlab chiqiladi.
Ishlab chiqarishni avtomatlashtirishning tizimli yondoshuvi asosida to‘rtta
bosqichni ajratib ko‘rsatish mumkin. (1.1-rasm)
Qishloq va suv xo‘jaligi ishlab chiqarish jarayonlarining xususiyatlaridan
kelib chiqqan holda shuni ko‘rsatish mumkinki, texnologik jarayonlarni
avtomatlashtirish vazifalari soha bo‘yicha bir-biridan turli tabiiy biologik hamda
sifat ko‘rsatkichlari bilan ajralib turadi. Shuning uchun bu yerda boshqaruv va
nazarot vazifalarini bajaruvchi xizmatchi xodimlarni to‘liq yoki qisman o‘z
vazifalaridan ozod qilish lokal avtomatlashtirish tizimlarini qo‘llash asosida hal
etilish
mumkin
1.1 - rasm. Ishlab chiqarishni avtomatlashtirish bosqichlari
Boshlang‘ich davrda bu qurilmalar eng oddiy avtomatik nazorat va
signallash, avtomatik rostlash, uskunani avtomatik ravishda ishga tushirish va
to‘xtatish, avtomatik himoya tizimlarini o‘z ichiga oladi.
10
Hozirgi kungacha soha bo‘yicha texnologik jarayonlarni boshqarish uchun
asosan oddiy va sodda qurilmalar bo‘lgan mexanik pnevmatik va elektrik
rostlagichlardan foydalanib kelindi. Lekin oxrigi 15-20 yil ichida soha bo‘yicha
ayniqsa gidromeliorativ tizimlarida gidrotexnika inshoatlari va nasos stansiyalarida
katta o‘zgarishlar yuz beradi. Hozirgi kunda murakkab energetik va moddiy
oqimlarga ega bo‘lgan kompleks texnologik jarayonlarni boshqarishda 1 va 2-
bosqichdagi (1.1-rasm) takomillashtirlgan lokal avtomatlashtirish tizimlarini
yaratish lozim.
Katta quvvatga ega bo‘lgan texnologik liniyalar va agregatlar uchun
xizmattchi xodimlarni ish sharoitini yaxshilash maqsadida lokal avtomatlashtirish
tizimlarining mahalliy nazorat va boshqaruv punktlari o‘rnatiladi. Ularda nazorat
o‘lchov asboblari, signallash vositalari, uskunani masofaviy ishga tushirish va
to‘xtatish texnik vositalari o‘rnatilgan shitlar va pultlar joylashtiriladi.
Katta quvvatli uzliksiz texnologik jarayonga ega bo‘lgan ishlab chiqarish
obe’ktlarini avtomatlashtirishda mahalliy boshqaruv punktlarini markaziy
dispetcher punktlariga birlashtiriladi. (3- bosqich, 1.1 - rasm)
Operatorning ish sharoitini yaxshilash maqsadida nazorat-o‘lchov asboblari,
signallash va masofaviy boshqaruv vositalari sxemalari o‘rnatilgan texnologik
uskunalarni markaziy dispetcher punkitlaridagi shitlarda mnemosxemalar orqali
tasvirlash qulaydir. Shunday qilib, mahalliy shitlar va markaziy dispetcherlik
boshqaruv punktlarida o‘rnatilagn shitlar aloxida texnologik parametrlarning holati
haqidan informatsiyani hamda boshqaruvchi ta’sirlarni masofadan amalga
oshirishni, axborot yig‘ish masalalarini avtomatik ravishda bajarilishini
ta’minlaydi. Avtomatlashtirishning ushbu bosqichida speratorishlab chiqarish
jarayonini boshqarish uchun juda ko‘p miqdorda avtomatik rostlagichlarga tegishli
bo‘lgan vazifalarni hal qilishi lozim. Shu maqsadda ishlab chiqarishning
masshtabiga ko‘ra o‘nlab yoki yuzlab o‘lchov asboblarining ko‘rsatkichlaridan
olinadigan ma’lumotlar bo‘yicha operator boshqaruv ta’sirlarini amalag
11
oshirishni baholaydi. Bunday sharoitda opertor butun texnologik jarayon
bo‘yicha to‘liq optimal tartibda boshqarishni amalga oshirish va ishlab chiqarish
bo‘yicha tegishli iqtisodiy samara olish imkoniyatiga ega bo‘lmaydi.
Shuning uchun murakkab, turli uzoq masofada joylashgan ishlab chiqarish
texnologik jarayonlari uchun yangi zamonaviy texnik vositalar hisoblash
texnikasi, shu jumladan axborotni avtomatik yig‘ish va ishlatishning iqtisodiy
matematik usullarini qo‘llash yaxshi samara beradi. Bunday avtomatlashtirilgan
boshqaruv jarayonini qo‘llashning asosi elektron hisoblash mashinalarini qo‘llash
hisoblanadi. Bunday tizimlar inson-mashina tizimi hisoblanadi va ularning asosiy
vazifasi
texnologik
uskunani
belgilangan
boshqaruv
mezoni
asosida
optimallashdir.
Insonning boshqaruv jarayonida tutgan o‘rniga ko‘ra avtomatik va
avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlari ajratiladi.
Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlarida (TJABT)
qabul qilingan boshqaruv mezonlari asosida axbarotni yig‘ish va qayta ishlashda
hisoblash texnikasi qo‘llanadi, lekin texnologik jarayonni tashkiliy-texnik
boshqaruv tizimida qaror qabul qilish va bajarish masalalari to‘liq
avtomatlashtirilmagan bo‘lib, bu yerda inson ishtiroki talab qilinadi.
Texnologik jarayonlarni avtomatik blshqaruv tizimlariinson ishtrokisiz
barcha texnologik operatsiyalar belgilangan boshqaruv mezonlari asosida EHMlar
yordamida bajariladi.
TJABT texnik vositalari komplesi nazorat, signallash, rostlash lokal texnik
vositalarini o‘z ichiga oladi. Shu bilan birga ular avtonom, ya’ni alohida ishlay
olishi mumkin.
Qishloq va suv xo‘jaligi ishlab chikarish jarayonlarini avtomatlashtirishda
ikki xil tizim mavjud: texnologik jarayonlarni lokal avtomatlashtirish tizimlariva
texnologik jarayonlarni avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlari (TJABT). TJABT
texnologik boshqaruv ob’ektiga (TBO) beriladigan boshqaruvchi ta’sirlarni ishlab
chiqish va ularni amalga oshirish vazifalarini bajaradi. TBO belgilangan
texnologik algoritm bo‘yicha texnologik jarayonni amalga oshiruvchi texnologik
12
uskunalar yig‘indisidan tashkil topadi. TBO lari tarkibiga texnologik agregat va
qurilmalar,asbob-uskunalar, shu bilan birga texnologik komplekslar va sexlarni
ham kiritish mumkin.
Agar texnologik kompleks TJABT bilan birgalikda berilagan bo‘lsa, ular
avtomatlashtirilgan texnologik kompleksni hosil qiladi (ATK).
Ishlab chiqarish jarayoni tarkibida tutgan o‘rniga ko‘ra TJABT ini uch
sinfga ajratish mumkin: quyi bosqichli, yuqori bosqichli, ko‘p bosqichli.
Quyi bosqichli TJABT texnologik agregatlar, qurilmalar, bo‘limlarni
boshqaradi, yuqori bosqichli TJABTlari (markazlashgan) ishlab chiqarish
bo‘limlari, texnologik qurilmalar uskunalarning guruhlarini birlashtiradi va bu
holda quyi bosqich elementlari qo‘shilmaydi, ko‘p bosqichli TJABT tarkibida
yuqori va quyi bosqich TO lari birgalikda boshqariladi.
TJABT tarkibidagi elektron-hisoblash mashinalari quyidagi vazifalarni
bajaradi:
-
texnologik parametrlarni markazlashgan nazorati;
-
texnologik agregat va bo‘limlarni bevosita EHMlar orqali boshqarish;
-
ishlab chiqarish jarayoni analizi, texnologik dispetcherga, yo‘llanmalar
berish;
-
lokal avtomatlashtirish tizimlarining rostlagichlari qiymatlarini hisoblash va
uzatish;
-
texnologik oqimni alohida bo‘limlar bo‘yicha ishlabchiqarish bo‘yicha
umumiy holda boshqarish;
-
texnik- iqtisodiy ko‘rsatkichlarni bir soat, smena, sutka davomida hisoblash.
Zamonaviy hisoblash texnikasi tarkibida bitta boshqaruvchi EHM o‘rnida
bir nechata mikroprotsessorli boshqaruvchi mashinalar mavjud bo‘lib, ularni ishlab
chiqarish jarayonining istalgan bo‘limlariga joylashtirish mumkin. Bu holda ular
orasidagi axborot uzatish tizimi nazorat va boshqaruv vazifalari bitta hisoblash
tizimi bilan bog‘lanadi. Boshqaruv tizimlarining bunday ko‘rinishi texnologik
jarayonlarni tarqatilgan avtomatik boshqaruv tizimlari deb yuritiladi.
13
Do'stlaringiz bilan baham: |