1.5.Zamonaviy suv xo‘jaligi ishlab chiqarishi ob’ektlarining avtomatlashtirish
ob’ekti sifatidagi tavsifi
Suv xo‘jaligini avtomatlashtirish asosan sanoatdagi texnologik jarayonlarni
avtomatlashtirishdagi tajribalarga asoslanadi. Shu bilan birga suv xo‘jaligidagi
gidrotexnik inshootlari, nasos stansiyalari, suvni xisobga olish kabi sohalar
21
o‘zining shunday maxsus xususiyatlariga egaki, bu xolda tanlangan texnik
vositalar va avtomatlashtirish usullari ma’lum texnologik talablarga javob berishi
kerak. Suv xo‘jaligidagi ishlab chiqarish jarayonlari murakkab axborot
almashinuvi va jarayonlariga ega bo‘lib, ular turli ko‘rinishlarda berilishi mumkin.
Bu esa suv xo‘jaligi sohasida qo‘llanuvchi mashina va uskunalarning maxsus ish
rejimlariga mos tushmay qolishi, oqim liniyalardagi ishlab chiqarish jarayonlarini
to‘xtab qolishi, suv xo‘jalik mashinalarining ish rejimlari bir-biriga mos tushmay
qolishiga olib kelishi mumkin.
Suv xo‘jaligining yana bir muxim xususiyatlaridan biri suv xo‘jaligi
texnikasining katta maydonlarda joylashgani va ta’mirlash bazasidan uzoqligi,
uskunalarning kichik quvvatga ega ekanligi, ish jarayonining mavsumiyligi
xisoblanadi. Jarayonlar xar kuni ma’lum sikl bo‘yicha qaytarilishiga qaramay,
mashinalarning umumiy ish soatlari nisbatan kam xisoblanadi. Demak, bu sohada
qo‘llanuvchi avtomatlashtirish vositalari turli ko‘rinishlarga ega bo‘lib, nisbatan
arzon, tuzilishi jihatidan sodda, ishlatishga qulay va ishonchli bo‘lishi kerak.
Bunday sharoitda avtomatlashtirish vositalari aniq va ishonchli ishlashi lozim,
chunki bunday jarayonni tabiatan to‘xtatib, uzib quyib bo‘lmaydi. Misol uchun,
gidromelioratsiya
tizimlarida
avtomatlashtirish
vositalari
tabiiy
sharoit
o‘zgarishiga qaramay, sutka davomida texnologik operatsiyalarning davomiyligini
ta’minlab berishi zarur.
Suv xo‘jaligida tashqi tasodifiy ta’sirlar turli ko‘rinishlarda o‘zgarishi bilan
xarakterlanadi. Suv xo‘jaligi avtomatikasidagi ko‘pgina ob’ektlar texnologik
maydoni yoki katta xajmda vaqt ko‘rsatkichlariga ega. Misol uchun, nasos
agregatlarida ob’ekt buyicha kattaliklarni nazorat qilish va boshqarish kerak
bo‘ladi (suv satxi, bosim, ish unumdorligi, xajmi va x. k).
Bunday ob’ektlar uchun avtomatlashtirish tizimlarida birlamchi
o‘zgartkichlar, ijrochi mexanizmlarning optimal miqdoriga ega bo‘lib,
boshqariluvchi ko‘rsatkichlarning qiymatini belgilangan aniqlikda va ishonchli
ravishda saqlash katta axamiyatga ega.
22
Suv xo‘jaligida qo‘llanuvchi qurilma va uskunalarning ko‘pchiligiga xos
bo‘lgan xususiyatlardan biri ularning tashqi muhit bilan bog‘lik holda ochiq
havoda ishlashidir: namlik va haroratni keng maydonda o‘zgarishi, turli
aralashmalar, chang, qum, agressiv gazlar hamda sezilarli tebranishlarning
mavjudligi. Suv xo‘jaligida sanoatdan farqli ravishda yuqoridagi talablardan kelib
chiqib avtomatlashtirish vositalari tashqi ta’sirlarga chidamli, parametrlarini keng
diapazonda o‘zgaruvchi qilib ishlanishi zarur.
Bu esa loyihalashtirilayotgan ob’ektdagi texnik vositalarning ishdan chiqishini
kamaytirish, yuqori aniqlikda ishlashini ta’minlash imkoniyatini beradi.
Ko‘rsatilgan xususiyatlar eng avval tashqi muhit bilan bog‘liq sharoitda ishlovchi
mashinalarda o‘rnatilgan birlamchi o‘zgartkichlar, ijro mexanizmlari, nazorat
asboblari va boshqa texnik vositalarga ta’sir etadi. Qolgan avtomatlashtirish
vositalarini alohida xonalar yoki tashqi muxitga chidamli bo‘lgan maxsus
shkaflarda o‘rnatish mumkin.
Xalq xo‘jaligining yetakchi sohalaridan biri bo‘lgan suv xo‘jaligi sohasi o‘ziga
xos bo‘lgan xususiyatlarini hisobga olgan holda texnologik jarayonlarni
avtomatlashtirilgan tizimlarini yaratish, energiya sarfini 10-15% kamaytirish
mahsulot tannarxini kamaytirish, suv xo‘jalik texnikasining ishlash vaqtini
uzaytirish imkoniyatini beradi. Ko‘rsatilgan maqsadni amalga oshirishda quyidagi
vazifalarni bajarish lozim:
- suv xo‘jaligidagi texnologik jarayonlarni nodavriy diskret transport harakatli
yo‘nalishdagi uzluksiz harakatni birlashgan yoki bir-biriga bog‘liq bo‘lmagan
harakatli yo‘nalishga o‘tkazish asosida doimiy ravishda takomillashtirish.
- suv xo‘jaligini avtomatlashtirish sohasida jahon tajribasini ilmiy asoslab,
texnologik jarayonlarni avtomatlashtirishning optimal hajmi, uzluksizligini
ta’minlash;
boshqaruv
algoritmlari
va
avtomatlashtirish
usullarini
takomillashtirish, seriyali avtomatika vositalarini qo‘llash;
suv xo‘jaligi avtomatlashtirish ob’ektlarining statik va dinamik xususiyatlarini,
matematik tavsifini aniqlash (modellashtirish).
23
suv xo‘jaligida qo‘llanuvchi noelektrik kattaliklarni nazorat qilishda
qo‘llanuvchi o‘zgartkichlarni qo‘llash maqsadida boshqaruv qurilmalari bilan
ob’ekt orasidagi nazorat qilinuvchi kattaliklarning bir biri bilan bog‘liqligini
o‘rganish (fizik xususiyatlari, elektrik, optik, akustik, issiqlik, mexanik va h.k).
Avtomatlashtirish nuqtai nazaridan qaraganda suv xo‘jaligi uchun yangi
agregatlar, mashinalar tizimini ishlab chiqish.
Suv xo‘jaligi ishlab chiqarishida ishtirok etuvchi qo‘l mehnatini
yengillashtirishda mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish masalalari muhim o‘rin
tutadi. Bu sohada zamonaviy sanoat robotlari va manipulyatorlardan foydalanish
katta samara beradi.
Manipulyator - inson qo‘li yordamida bajariluvchi harakatlarni
boshqaruvchi alohida mexanizmdir.
Sanoat roboti - avtomatik ravishda boshqariluvchi programmali
manipulyator. Sanoat robotlari suv xo‘jaligi ishlab chiqarishini avtomatlashtirishni
rivojlantirishda yangi davrni boshlab berdi, chunki mavjud avtomatik tizimlardan
farqli ravishda bajariladigan barcha murakkab vazifalarni fazoviy siljishlar asosida
amalga oshirish imkoniyatiga ega.
Manipulyatorlar va robotlarni ishlab chiqarishga tatbiq etish bilan mavjud
texnologik jarayondagi avtomatlashtirish vositalari bilan amalga oshirish mumkin
bo‘lmagan
murakkab
qo‘l
mehnatini,
xavfli
vazifalarni
bajarishni
yengillashtirishga erishish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |