57
d
g
d
d
g
g
d
)
(
2
1
(3.7)
bunda g
1
- ob’ektdagi modda yoki energiyaning nisbiy qo‘shilishi; g
2
-
ob’ektdagi modda yoki energiyaning nisbiy sarfi;
g - rostlanuvchi ob’ektdagi
ko‘rilayotgan vaqt mobaynida modda yoki energiyaning qo‘shilishi
va sarfining
nisbiy ayirmasi;
- rostlanuvchi ob’ektning nisbiy chetga chiqishi;
- o‘z-
o‘zidan to‘g‘rilanish darajasi - o‘lchovsiz miqdor.
Chiziqli ob’ektlar uchun
=const. O‘z-o‘zidan to‘g‘rilanish
koeffitsiyenti
kirish signalining ko‘rilayotgan o‘tish kanali bo‘yicha ob’ektning kuchayish
koeffitsiyentiga teskari kattalikdir. Shuning uchun
qancha katta bo‘lsa,
rostlanuvchi ob’ektning bir miqdorli g‘alayonlovchi ta’sir kuchidagi qoldiqli
chetga chiqishi shuncha kichik bo‘ladi.
O‘z-o‘zidan to‘g‘rilanish qobiliyatiga ega bo‘lmagan (
=0) ob’ektlar
neytral yoki astatik deyiladi. G‘alayonlovchi ta’sir bo‘lmasa, bunday ob’ektlar
rostlanuvchi kattalikning istalgan qiymatida muvozanat holatda bo‘ladi. Agar
muvozanat
holati buzilsa, rostlanuvchi kattalikning o‘zgarish tezligi g‘alayonlash
kattaligiga to‘g‘ri proporsional bo‘ladi. O‘z–o‘zidan to‘g‘rilanish holati bo‘lmagan
ob’ektlarda rostlash jarayoni qiyinlashadi. O‘z-o‘zidan to‘g‘rilanish rostlanuvchi
ob’ektning kirishida ham chiqishida ham mavjud bo‘lishi kerak. Nollik qiymatidan
tashqari, u musbat yoki manfiy bo‘lishi mumkin. O‘z-o‘zidan to‘g‘rilanish ma’lum
(
=0) qiymatga ega bo‘lgan ob’ektlar modda yoki energiyaning berilishi va
iste’moli o‘rtasidagi tenglikni tiklash qobiliyatiga ega. Bunday ob’ektlar turg‘un
yoki statik deyiladi. Agar o‘z-o‘zidan to‘g‘rilanish darajasi
=
bo‘lsa, ob’ekt
ideal o‘z-o‘zidan to‘g‘rilanishga ega bo‘ladi.
Bu demak, ob’ekt o‘zining
muvozanat holati va rostlanuvchi kattaligining o‘zgarmas qiymatini har qanday
g‘alayonlovchi ta’sirlar qiymatida ham saqlab qoladi. O‘z-o‘zidan to‘g‘rilanishi
(
<0) bo‘lmagan ob’ektlarning statsionar rejimi muvozanat holati buzilganda qayta
tiklanmaydi. Bunday ob’ektlar noturg‘un deyiladi. Ichki energiya manbaiga ega
bo‘lgan sodda ob’ektlar odatda turg‘un bo‘ladi. Bunday manbalari bo‘lgan
fizikaviy tizimlar (masalan, tizimda o‘tayotgan jarayon ekzotermik reaksiya bilan
58
birgalikda ketishi mumkin) noturg‘un bo‘lishi mumkin. Bu kabi ob’ektlarni
rostlash qiyinlashadi, ayrim hollarda esa ularni avtomatlashtirish imkoni
umuman
bo‘lmaydi.
20-rasmda statik, astatik, noturg‘un ob’ektlar va ideal o‘z-o‘zidan
to‘g‘rilanishli ob’ektning tarqalish egri chiziqlari keltirilgan. Shuni ham aytish
kerakki, o‘z-o‘zidan to‘g‘rilanishli ob’ektlar uchun avtomat rostlagichning hojati
yo‘k. Lekin, ideal o‘z-o‘zidan to‘g‘rilanish qobiliyatiga ega bo‘lgan asosiy
kattalikli ob’ektda texnologik jarayonni rostlash talablariga to‘g‘ri
keladigan
yordamchi kattalikni tanlash kerak. Masalan, bir tarkibli suyuqlikning doimiy
bosimda qaynash jarayonini rostlash kerak. Apparatning moddani qaynatish uchun
yetarli bo‘lgan issiqligi har qanday harorati doimiy bo‘lgani uchun asosiy kattalik
hisoblangan qaynash haroratining rostlagichidan foydalanmaslikka to‘g‘ri keladi.
Bir tarkibli suyuqlikning qaynash intensivligini boshqarish uchun yordachi
rostlanuvchi kattalik sifatida (agar apparatning gidravlik qarshiligidan o‘tadigan
bug‘ tezligining o‘zgarishi natijasida bosim deyarli o‘zgarsa) bug‘lanuvchi
suyuqlikning bug‘ bosimi (agar suyuqlik bug‘lanish tezligining doimiy kerak
bo‘lsa), issiqlik tashuvchining apparatga uzatish
harorati va tezligi yoki
(o‘zgaruvchi yukli bug‘latgichning ishini ta’minlash kerak bo‘lsa) issiqlik
tashuvchining uzatish tezligi va qayta ishlanayotgan suyuqlik o‘rtasidagi
munosabatlari tanlanadi. Turli ob’ektlar uchun o‘z-o‘zidan to‘g‘rilanish
jarayonining o‘tish vaqti turlicha bo‘ladi.
59
3.8- rasm. Rostlash ob’ektlarining yugurish egri chiziqlari:
1- noturg‘un ob’ekt; 2- neytral ob’ekt; 3- turg‘un ob’ekt 4- ideal, o‘z-
o‘zidan to‘g‘rilanadigan ob’ekt;
- rostlanuvchi miqdorning nisbiy chetga
chiqishi
Bu vaqt rostlanuvchi kattalik o‘zgarish tezligining g‘alayonlovchi ta’siri
qiymatiga bo‘lgan nisbatidan iborat tarqalish tezligi orqali ta’riflanadi. Tarqalish
tezligini ba’zan rostlanuvchi ob’ektning sezgirligi deyiladi.
Bu ko‘rsatkichning fizikaviy ma’nosi shundaki, u
tarqalish vaqtiga teskari
qiymatli kattalikdir. Tarqalish vaqti deb, chiqish kattaligining modda yoki
energiyaning kirishi va chiqishi o‘rtasidagi maksimal nobalanslik holatidagi noldan
o‘zining nominal qiymatiga yetguncha o‘zgarish vaqtiga aytiladi. Nazariy jihatdan
cheksizlikka teng tarqalish tezligi kirish kattaligining o‘zgarish vaqtidan chiqish
kattaligining o‘zgarishi bir onda sodir bo‘lishini bildiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: