1 O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi


 Ob’ektga ko‘rsatiluvchi tashqi ta’sirlar



Download 2,62 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/94
Sana13.06.2022
Hajmi2,62 Mb.
#663750
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   94
Bog'liq
gazieva

 
3.2.5 Ob’ektga ko‘rsatiluvchi tashqi ta’sirlar.
Ob’ektlardagi kechikish 
 
Yuk – ob’ektga ko‘rsatiladigan tashqi ta’sir. Bu ta’sirning qiymati 
apparatning ish rejimi orqali aniqlanadi va texnologik ehtiyojlar uchun ob’ektdan 
olinadigan modda yoki energiya miqdorini ifodalaydi. Rostlanuvchi ob’ektdan 
modda yoki energiya o‘tishida apparat yukining (ishlab chiqarishi) o‘zgarishi 
rostlanuvchi kattalikning o‘zgarishiga olib keladi. 
Rostlanuvchi ob’ekt yukining o‘zgarishi g‘alayonlanish manbalaridan 
biridir. Modda yoki energiya sarfini ularning ob’ektga kelishidan avval 
stabillashtirish mumkin bo‘lsa, berilayotgan xom ashyo tarkibini stabillash bir 
muncha qiyinchiliklar tug‘diradi. Shuning uchun ob’ektga keladigan modda 
tarkibining tebranishi g‘alayonlanishining yana bir manbalaridan biridir. 
Nostatsionar ob’ektlarda g‘alayonlanishlar ob’ekt tavsifnomalarining o‘zgarishi 
sababli ham kelib chiqishi mumkin. Yuk – modda yoki energiyaning ob’ektdan 
olinishiga (oqib chiqishiga) ko‘rsatiladigan ob’ekt qarshiligini ifodalaydi. Ob’ekt 
yukining o‘zgarishi rostlanuvchi kattalik o‘zgarishning tezligini oshiradi. Yukning 
o‘zgarish chastotasi haqida ham xuddi shuni aytish mumkin. Yuk tebranishlarining 
amplitudasi ham, chastotasi ham rostlash sifatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Rostlanuvchi ob’ektning yukini o‘zgartirish, ya’ni ob’ektning bir ish 
rejimidan ikkinchisiga o‘tish extiyoji paydo bo‘lsa, bu amalni sekinlik bilan 
bajarish kerak, bunda rostlash tizimi ob’ektni yangi ish rejimiga ravon, keskin 
tebranishlarsiz o‘tkazadi. Yukning katta o‘zgarishlarida avtomat rostlagichlarni 
qaytadan rostlash extiyoji paydo bo‘lishi mumkin. Bu hol yukning o‘zgarishi 
rostlanuvchi ob’ektning statik va dinamik tavsifnomalarini o‘zgarishiga olib kelishi 
bilan bog‘lik. Masalan, yuk kamayishi bilan sof kechikish ko‘payadi, o‘z-o‘zidan 
to‘g‘rilanish, sig‘im koeffitsiyentlari va boshqariluvchi ob’ektning vaqt doimiysi 


63 
kamayadi. Shuning uchun ob’ektning xar xil yuklariga avtomat rostlagichlarning 
turlicha optimal rostlanishlari to‘g‘ri keladi. 
Agar rostlanuvchi ob’ektga g‘alayonlovchi yoki boshqaruvchi ta’sir 
ko‘rsatilsa, ob’ekt chiqishidagi rostlanuvchi kattalik shu zahoti emas, balki bir 
muncha vaqt o‘tgandan so‘ng o‘zgaradi, ya’ni ob’ektda jarayonning kechikishi 
hosil bo‘ladi. Modda (energiya)ning yaqinlashishi yoki sarf o‘zgarishi bo‘yicha 
oniy (pog‘onali) g‘alayonlanishi ob’ekt uchun eng yomon holdir. Shuning uchun 
rostlash tizimlari pog‘onali g‘alayonlanish uchun mos hisoblanadi. 
Ob’ektdagi kechikish qarshiliklar mavjudligi va tizimning inersionligi bilan 
izohlanadi. Sof (yoki transport) va oraliq (sig‘imli) kechikishlar mavjud. 
G‘alayonlovchi yoki boshqaruvchi ta’sir ko‘rsatilgan momentdan boshlab 
rostlanuvchi kattalik ob’ekt chiqishida o‘zgara boshlagan paytgacha o‘tgan vaqt 
sof kechikish deyiladi. Bu vaqt modda yoki energiya oqimining harakat tezligi va 
g‘alayonlovchi ta’sir ko‘rsatilgan nuqta bilan rostlanuvchi kattalikning hozirgi 
qiymati o‘lchanadigan nuqta orasidagi masofadan aniqlanadi. Sof kechikish tashqi 
ta’sirning shakli va miqdoriga ta’sir qilmay, faqat ob’ekt chiqishidagi reaksiyani 
vaqt mobaynida siljitadi. Agar kirish ta’siri sinusoidal xarakterga ega bo‘lsa, 
ob’ektda sof kechikish mavjudligi chiqish signalining faza bo‘yicha kechikishga 
olib keladi.
.
2
т
т
Т






(3.12) 
Agar ob’ektdagi modda yoki energiya harakatining tezligini cheksiz 
kattalikkacha yetkazish mumkin bo‘lsa, sof kechikishni nolga tenglashtirish 
mumkin bo‘lar edi. Sof kechikishni minimumga yetkazish uchun datchik sezgir 
elementini va ijro etuvchi mexanizmning rostlovchi organini bir-biriga hamda 
rostlovchi ob’ektga mumkin qadar yaqin joylashtirish lozim. 
Oraliq kechikish rostlanuvchi ob’ektda gidravlik va issiqlik qarshiliklari 
bilan ajratilgan bir yoki bir necha o‘zaro bog‘langan sig‘imlarning mavjudligi bilan 
izohlanadi. Bu qarshiliklar ob’ektda modda yoki energiya harakatiga to‘sqinlik 
qilib, tarqalish egri chizig‘ining transformatsiyasiga sabab bo‘ladi. Oraliq 
kechikishni ob’ektning tarqalish egri chizig‘ida grafik ravishda rostlanuvchi 


64 
kattalikning o‘zgarishi boshlangan momentdan tarqalish egri chizig‘iga o‘tkazilgan 
urinmaning absissa o‘qi bilan kesishgan nuqtasigacha o‘tgan vaqt davri bilan 
aniqlash mumkin. Oraliq kechikish o‘tish jarayonining ayniqsa dastlabki davrida 
ob’ekt tarqalishining qiymati qancha katta bo‘lsa, g‘alayonlovchi ta’sir natijasida 
rostlanuvchi kattalikning o‘zgarishi shuncha past bo‘ladi. Shunday qilib, kichik 
o‘zgarishli o‘tish jarayonlari oraliq kechikish avtomatik rostlash vazifalarini 
yengillashtiradi. 
Oraliq kechikish ob’ektdagi sig‘imlar soni va oraliq qarshiliklar miqdori 
bilan aniqlanadi. Oraliq qarshiliklarning vaqt bo‘yicha o‘zgarishi oraliq kechikish 
miqdorining ortishiga olib keladi. Rostlanuvchi ob’ektning to‘liq kechikish vaqti 

sof kechikish vaqti 

m
bilan oraliq kechikish vaqti 

n
ning yig‘indisidan iborat:
n
т





(3.13) 
Kechikish rostlash jarayonining sifatiga yomon ta’sir qilib, jarayonning 
turg‘unlik koeffitsiyentini kamaytiradi. To‘liq kechikish vaqti qancha ko‘p bo‘lsa, 
ob’ekt ishini rostlash shuncha qiyinlashadi. Ba’zan kechikishning haddan tashqari 
kattaligi ob’ektdagi rostlashni qiyinlashtiradi. Shuning uchun to‘liq kechikish 
miqdorini iloji boricha kamaytirish maqsadga muvofiqdir. 


65 
3.9 –rasm. Texnologik ob’ektga ko‘rsatiluvchi tashqi ta’sirlar. 
Ob’ektlardagi kechikishlar 

Download 2,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   94




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish