1 O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti



Download 3,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/217
Sana30.05.2022
Hajmi3,29 Mb.
#620957
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   217
Bog'liq
TURIZMDA MARKETING KOMMUNIKATSIYALARI

 
 
 
2.3. Turizmda marketingning kommunikatsion konsepsiyasi 
Marketing konsepsiyasi rivojlanishi an’anaviy ravishda bir nechta bosqichga 
bo‘linadi. Har bir bosqich o‘z davrining eng muhim ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy 
muhiti, o‘zgarishlariga moslashib boradi. Marketing konsepsiyalar rivojlanishining 
umumiy tendensiyalarida tovar ishlab chiqarishdan tijorat faoliyatini jadallashtirishga 
va iste’molchilar bilan bog‘liq bo‘lgan muammolarning yechimini topishga asosiy 
urg‘u berilmoqda. Marketingning klassik konsepsiyasi va ijtimoiy marketing 
konsepsiyalari bir vaqtda, ya’ni XX asrning oxirlarida paydo bo‘lgan bo‘lsada, 
ularning o‘xshash jihatlari ko‘p. Ammo postindustrial jamiyatning rivojlanishi, 
axborotlashgan jamiyatning paydo bo‘lishi turistik korxonalarda samarali 
kommunikatsiya jarayonlarini tashkil etish va ularni boshqarishni taqozo etmoqda. 
Zamonaviy iqtisodiyotda kommunikatsiyaning ahamiyati oshib borayotganligini 
quyidagilar bilan izohlashimiz mumkin: 
1)
Ishlab chiqarishning an’anaviy omillari (mehnat, yer va kapital)ni 
bugungi kunda yangi omillar (malaka, iste’molchilar va bilim) egallamoqda; 
2)
Bilim xizmatlar sohasi korxonalarida raqobatbardoshlik strategiyasining 
asosiy manbai bo‘lib qolmoqda; 
3)
Intellektual kapital (axborot, tajriba va bilim) zamonaviy korxonalarning 
asosiy aktivlariga aylanib bormoqda va uning qiymati moddiy aktivlarning 
qiymatidan bir necha marotaba ortiqroqdir; 
4)
Korxonaning iste’molchilar va boshqa korxonalar bilan uzviy aloqasi va 
hamkorligini ifodalovchi iste’molchi kapitali (Customer Capital) paydo bo‘ldi. 
Ko‘rinib turibdiki, innovatsion iqtisodiyotning rivojlanishi axborotlarga 
bo‘lgan munosabatda o‘z aksini topmoqda va ushbu axborotlar kelgusida turistik 
korxonalarning raqobatbardoshligini ta’minlashga xizmat qiladi. Mamlakatimizda 
axborotlashgan jamiyatning o‘ziga xos xususiyatlari va belgilari quyidagilardan 
iborat desak mubolag‘a bo‘lmaydi: 
1)
Mamlakatimizda 
yagona 
axborot-kommunikatsiya 
muhitini 
shakllantirish va O‘zbekistonning mamlakatlar, mintaqalar va bozorlarning axborot 
va iqtisodiy integratsiyalashuv jarayonlarida teng huquqli a’zosi sifatida ishtirokini 
ta’minlash; 


42 
2)
Istiqbolli 
axborot 
texnologiyalari, 
hisoblash 
texnikasi 
va 
telekommunikatsiya vositalariga asoslangan yangi texnologik ukladlarning 
shakllanishi; 
3)
Axborot va bilim bozorini tabiiy resurslar, mehnat va kapital qatorida 
ishlab chiqarish omillari sifatida shakllanishini ta’minlash, axborot resurslarini 
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning resurslariga aylanishi va jamiyatning axborot 
resurslari va xizmatlariga bo‘lgan talabini qondirish; 
4)
Ommaviy 
ishlab 
chiqarish 
tizimida 
axborot-kommunikatsiya 
infratuzilmalari rolining ortib borishi; 
5)
Halqaro, milliy va mintaqaviy darajada axborotlar almashinuv tizimi 
imkoniyatlarining kengayishi hisobiga ta’lim, ilmiy-texnik va madaniy rivojlanish 
darajasining ortishi hamda mehnatning muhim tavsifi sifatida malaka, ko‘nikma, 
ixtisos va ijodiy qobiliyat rolining ortib borishi. 
Axborotlashgan jamiyatning tobora rivojlanib borayotganligi axborotlarning 
barcha korxonalar uchun strategik resursga aylanib borishiga olib kelmoqda.
Shunday qilib, turistik korxonalarning raqobatbardoshligini oshirish va 
rivojlantirishning 
asosini 
ularning 
imidji, 
uning 
tovar 
va 
xizmatlarini 
kommunikatsiya tizimlarini shakllantirish va kompleks qo‘llash orqali samarali 
siljitishga qaratilgan marketingning kommunikatsion konsepsiyasi tashkil qiladi. 
Marketingning kommunikatsion konsepsiyasining asosiy maqsad va vositalari 
quyidagi tahliliy jadvalda keltirilgan (2.6-jadval). 

Download 3,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   217




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish