1 O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti



Download 3,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/217
Sana30.05.2022
Hajmi3,29 Mb.
#620957
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   217
Bog'liq
TURIZMDA MARKETING KOMMUNIKATSIYALARI


 
bilishimizni kengaytiradigan, voqealarga boshqalarning aralashuvisiz va 
taxminlarisiz o‘z ko‘zimiz bilan ko‘rish imkonini beruvchi tajribaga yo‘l; 

 
tarqoq va noaniq voqealarni tushuntiruvchi va izohlovchi interpretator; 

 
manba va qabul qiluvchilar o‘rtasidagi har xil ikki tomonlama aloqani 
ta’minlovchi bo‘g‘in;

 
majburan yo‘l boshlovchi, yo‘nalish ko‘rsatuvchi va buyruq beruvchi 
ko‘rsatkich; 

 
tajribaning alohida e’tiborga loyiq bo‘lgan qismlarini ajratuvchi va uning 
boshqa jihatlarini, ataylab va muntazam ravishda rad etuvchi to‘siq; 

 
oyna, odatda o‘z tasavvurida gavdalantirgan jamiyatni, nimani jazolashni 
yohud surib chiqarishni istaganligi sababli targ‘ibot yoki haqiqatdan yiroqlash 
maqsadida haqiqatni yashiruvchi parda yoki to‘siq. 
Kommunikatsiya har qanday voqeani tushuntira oladigan va izohlaydigan turli 
maqomdagi g‘oyalar majmuasi sifatida ham olib qaraladi. Bunda kommunikatsiyaga 
oid quyidagi nazariyalarni ajratish mumkin:
Birinchidan, – bu aniq ijtimoiy qadriyatlarni saqlash yoki ularga intilish uchun 
o‘zini qanday tutishi lozimligini va albatta, shu qadriyatlarning mohiyati qandayligini 
o‘rganuvchi normativ nazariyalar to‘plami. 
Ikkinchidan, –
 
ijtimoiy ilmiy nazariyalar, kommunikatsiya vositalari 
to‘g‘risidagi ma’lumotlardan foydalangan va ko‘p hollarda ijtimoiy ilmiy 
nazariyaning boshqa tarkibiy qismlarini dalil keltirgan holda muntazam ravishda va 
imkon darajasida xolis kuzatish asosida kommunikatsiyaning mohiyati, ishlashi va 
ta’siri to‘g‘risidagi umumiy mulohazalar. 
Uchinchidan, bu – media amaliyotchilari tomonidan yaratilgan va 
quvvatlanayotgan bilimlar to‘plami ma’lum darajada normativ, ammo bir vaqtning 
o‘zida ham ommaviy, ham amaliy bo‘lib, media faoliyatini belgilab beradigan, 
ijtimoiy nazariyaning mavhumroq prinsiplariga mos kelish uchun qanday ishlash 
kerakligini ta’riflaydigan, hamda aniq maqsadlarga qanday yetish mumkinligini 
ko‘rsatadigan funksional
 
nazariyadir. 


17 
Kommunikatsiyani talqin qilganda shuni aytish joizki, kommunikativ 
izlanishlar bilan bir qatorda mavhum, nazariy bilimlar haqiqiy voqelikdan uzoqlashib, 
xulq-atvorning o‘rganilishi hamda amaliy hal qilinishi bevosita shunga qaratilgan. 
Ammo izlanishlar sohasidagi masalada ham yaxlit fikrga kelinmagan. Ayrim olimlar 
kommunikativistika – bu kommunikologiyaning bir ilmiy yo‘nalishi bo‘lib, axborot 
tizimi paydo bo‘lishi va faoliyat yuritishi, ushbu tizimlarning tashqi ijtimoiy muhit 
bilan aloqani amalga oshirishi, shuningdek, turli tizimlarda ijtimoiy o‘zaro 
munosabatlarning nazariy asoslari hamda amaliy sohalarini o‘rganadi, deb 
hisoblaydilar.
Kommunikatsiyaning mohiyatini yoritib berishda quyidagi yondashuvlar 
muhim o‘rin tutadi:
1. Kibernetik yondashuv. Kommunikatsiya maqsadga yo‘naltirilgan va teskari 
aloqa tamoyili asosida boshqariladigan jarayondir. Ushbu yondashuvdan kelib chiqib, 
tomonlarning 
o‘zaro bir-biriga moslashuvini ham sezishimiz mumkin. 
Kommunikatsiya jarayonini tashkil etuvchilar o‘z navbatida ushbu jarayonni 
boshqaradilar.
2. Axborotga asoslangan yondashuv. Kommunikatsiya axborotlarni yuborish 
va qabul qilish bilan bog‘liq jarayondir. Uning samaradorligi axborotlarni kodlash, 
eng ishonchli uzatish vositalarini tanlashga bog‘liq bo‘ladi. Bunda eng asosiy 
e’tiborni texnik va semantik shovqin hamda to‘siqlarni bartaraf etishga qaratish lozim 
bo‘ladi.
3. Semiotik yondashuv. Kommunikatsiya o‘zaro belgilar, qiymatlar 
almashinuvi bo‘lib, har bir kommunikator auditoriya xususiyatidan kelib chiqqan 
xolda o‘z axborotlarini maxsus kodlar orqali ifodalaydi.
4. Kognitiv yondashuv. Kommunikatsiyaning tarkibiy tuzilmasi bo‘lib rangli 
bajarilgan, kognitiv-grafik elementlar xizmat qiladi. Kognitiv vizuallik birinchidan, 
tomonlarning ko‘rish va fazoviy fikrlash qobiliyatini oshiradi, ikkinchidan, axborot 
mazmunini o‘zida zich joylashtirish orqali oddiy surat yoki rasm orqali tizimli bilim 
shakllanishiga yordam beradi, uchinchidan rangli suratlar axborotning qabul qilinishi 
va eslanish samarasini oshiradi, hamda estetik tarbiyalash vositasi bo‘lib xizmat 
qiladi. Shu boisdan kompyuter texnikasi vositasida axborotlarni olish uchun shart-
sharoitlarni yanada takomillashtirish zarur bo‘lib qoladi.
5. Mantiqiy yondashuv. Kommunikatsiya mantiqiy fikrlashga asoslangan turli 
suhbat, ishbilarmonlik uchrashuvlari, muloqot, sahna, hikoya, tarix va boshqalardan 
iborat. Bunda samaradorlik kommunikatsiyani amalga oshirish va ijro etish 
qoidalariga bog‘liq.
6. Talqiniy yondashuv. Barcha kommunikatsiya jarayoni o‘z mohiyatiga ko‘ra 
izohlashga, sharhlashga va talqin qilishga asoslangan. Bu jarayonda kommunikator 
o‘z tilida turli ob’ektlarni sharhlaydi, ularga izoh beradi.
7. Tuzilmaviy yondashuv. Kommunikatsiya belgilar tizimi sifatida qaralib, 
uning komponentlari - fonetik, grammatik, leksik birliklari o‘rtasidagi o‘zaro 
bog‘lanishdan iborat. Qarama-qarshi munosabatlarni tekshiruvchi oqim bo‘lib, bir 
tomon haqiqiy, ilg‘orlikni targ‘ib etsa, ikkinchi tomon esa aksincha.


18 
8. Tanqidiy yondashuv. Kommunikatsiya ma’lum ijtimoiy guruh, tashkilot 
yoki jamoalarning zo‘ravonlik, bosim o‘tkazish, majburlashga yo‘naltirilgan 
harakatlardir. Bu ayniqsa ommaviy kommunikatsiyada o‘z aksini topadi. Barcha 
kommunikatsiya muayyan g‘oyani targ‘ib etadi. Manfaatlarning xilma-xilligi 
kelgusida ijtimoiy guruhlar, tashkilotlar va davlatlar o‘rtasida nizolarning paydo 
bo‘lishiga sababchi bo‘ladi.
9. 
Dialektik 
yondashuv. 
Kommunikatsiya 
qarama-qarshiliklar 
va 
munozaralarga asoslanganligi, ularni uyg‘unlashtirish asosida shaxs va jamiyat 
darajasida mavjud optimal qiymatni yaratishga asoslanadi.
Kommunikatsiyaning 
mohiyatini 
ochib 
berishga 
qaratilgan 
bunday 
yondashuvlar soni cheksiz. Ular asosida kommunikatsiya faoliyatining turli bilim, 
malaka va ijodiy ko‘nikmalarni talab etuvchi murakkab funksiyalari shakllanib 
boradi. Marketing sohasi mutaxassislari uchun bu funksiyalar quyidagilardan iborat: 

Download 3,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   217




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish