1 O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi



Download 1,54 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/91
Sana23.05.2022
Hajmi1,54 Mb.
#608330
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   91
Bog'liq
amir tenur pdf

-22- 
ajdodlarimiz hayotida dehqonchilikning tutgan o‘rnidan guvohlik beradi. Haqiqatdan 
ham o‘sha vaqtlarda don, moy beruvchi o‘simliklar yetishtirish, polizchilik, 
bog‘dorchilik kabi sohalar rivojlanganini olimlar isbotlab berishgan.
Mazkur davr ijtimoiy munosabatlariga to‘xtaladigan bo‘lsak, “Avesto”da 
(miloddan avvalgi VIII-VII asrlar) kohinlar, harbiylar, dehqonlar hamda 
hunarmandlar kabi ijtimoiy tabaqalar tilga olinadi. 
Amir Temur va temuriylar zamoni davlatchilik siyosati, boshqaruv tizimini 
ko‘rib chiqmoqchi ekanmiz, davlat, davlatchilik mohiyatida muayyan bir makon va 
jamiyatda mavjud turli imkoniyatlarni shu yerlik xalq manfaati yo‘lida yuzaga 
chiqaruvchi tashkilotchilik yotganini eslatib o‘tish g‘oyatda muhimdir. Zero, davlat 
asoslari, davlatchilik har bir jamiyat va xalq “boshiga bir marta bitilgan bo‘ladi”. Shu 
ma’noda o‘zbek davlatchiligi miloddan avvalgi 1-mingyillikning birinchi yarmidan 
o‘z tarixini boshlab to Amir Temur davlatimiz tepasiga kelgunga kadar deyarli 2100 
yillik taraqqiyot yo‘lini boshqaruviga turli sulolar (bugungi tilda aytganda siyosiy 
partiyalar) kelib ketdi. Ularning faoliyati turli zamonlarda, turli ob’ektiv-sub’ektiv 
shart-sharoitlarda turlicha kechdi. Biz mazkur masalaga urg‘u berayotganimizning bir 
necha sababi bor. 
Birinchidan, biz Amir Temur davlati, Temuriylar davlati kabi keng tarqalgan 
tushunchalarga qarashimiz. Zero, davlatchilik asoslari yagona bo‘ladi. Demak, Amir 
Temur davlati emas, o‘zbek davlatchiligining Amir Temur boshqargan bosqichi 
deyilsa, har taraflama haqiqatga mos tushadi. 
Ikkinchidan, Amir Temur davlati tushunchasi davlatchiligimizning ham 
ungacha bo‘lgan, ham undan bo‘lgan, ham undan keyingii taraqqiyot yo‘lini uzib 
qo‘yadi (bu fikr boshqa sulolaviy davlatlarga ham tegishli, albatta). Bu o‘z o‘rnida, 
bir tomondan, tarixni soxtalashtirsa, ikkinchi tomondan, davlatchiligimiz tarixidagi 
bosqichiy jarayonlar, masalan yana o‘sha Amir Temur davri mohiyatini anglashni 
qiyinlashtiradi. Zero, hatto sof ilmiy nuqtai nazardan olganda ham mushohada 
jarayonida kuzatilganidagina to‘lqinlanadi, xulosa uchun imkon yaraladi. 


-23- 
Uchinchidan, biz o‘zbek davlatchiligi mohiyati va imkoniyatlari haqida 
qanchalik so‘zlamaylik, agar uning amaliy ifodasining guvohi (bugungi kun nuqtai 
nazaridan esa quruvchisi) bo‘lmas ekanmiz, gap-gapligicha qolaveradi. Shu ma’noda 
Amir Temur davri davlatchiligimizning mohiyati va imkoniyatlari ko‘lamini amalda 
yuzaga chiqarib berganligi bilan ham g‘oyatda muhimdir (albatta, o‘z davri 
sharoitida).
Shunday qilib, Amir Temur davriga qadar o‘zbek davlatchiligi 2100 yillik 
taraqqiyot yo‘lini bosib o‘tgan ekan, shunga ko‘ra biz birinchi xulosani qilishimiz 
mumkin. Amir Temur davri davlatchilik, tizimi muayyan bir o‘tmishga, an’analar, 
tajribalar, saboqlar qonuniyatlarga asoslangan holda tashkil kilingan. Shu yerda haqli 
savol tug‘uladi: bu o‘tmish yo‘l qonuniyatlari, tajribalari, ya’ni davlatchilik asoslari 
nimalarda o‘z aksini topgandi va Amir Temur davlatimizga rahbarlik qilgan yillari 
ularga qanday munosabatda bo‘lindi? Savolni shu tariqa qo‘yish nihoyatda muhim. 
Zero, bizning tushunchamizda davlat arbobi, siyosatchi salohiyati (va bundan kelib 
chiqadigan buyukligi), eng avvalo, uning davlatchilik asoslarini nechog‘lik teran 
anglab olishi va amalda unga rioya eta bilishi bilan belgilanadi. Bu g‘oyatda og‘ir 
vazifadir. Amir Temurning davlat boshqaruvi, davlatchilik va harbiy siyosat 
borasidagi haqiqatlarini lo‘nda tarzda yoritishga urinib ko‘ramiz. 
Chingiziylarning o‘lkadagi hukmronligi barcha sohalar taraqqiyotida salbiy 
asorat qoldirgani haqida so‘z aytdik. Davlat boshqaruvi sohasi ham bundan mustasno 
emas. Umuman boshqa, ko‘chmanchi shart-sharoitda shakllangan siyosiy 
dunyoqarash va tarbiya chingiziy namoyandalar uchun mahalliy boshqaruv 
an’analarini qabul etishga yo‘l bermasdi. Shu sababdan ham avvalgi davrlarda 
kechgan davlatchilik boshqaruvidagi ko‘p asrlik tajriba va an’analar chingiziylar 
hukmronligi zamonida amalda o‘z davomiyligini topa olmadi. Agar bu davr bir yarim 
asr kechgani nazarda tutilsa, shu sohadagi ahvol nechog‘lik og‘irlashib qolgani 
ma’lum bo‘ladi. Amir Temurning o‘zbek davlatchiligi oldida qilgan xizmatlaridan 
biri shundaki, u 150 yil uzoq bir davr o‘tib, shuning orasida odatlar, an’analarda 
kattadan-katta o‘zgarishlar sodir bo‘lganiga qaramay, qadimdan mavjud bo‘lib kelgan 


-24- 
o‘zbek davlatchiligi boshqaruv tizimining (biz hatto ilmining degan bo‘lardik) klassik 
namunalarini qaytadan tiklay bildi. Nihoyatda mushkul bo‘lgan bu vazifani u donolik 
bilan hal eta oldi. Demak, Amir Temur davrida boshqaruv ikki idora: dargoh va 
devonlarga (vazirliklarga) bo‘lingan. 
Dargoh – eng oliy idorasi. Uning boshlig‘i ham tabiiy ravishda davlatning oliy 
hukmdori. Amir Temur davlat tepasiga kelgandan so‘ng chingiziylardan bo‘lmish 
Suyurg‘atmishni xon, ya’ni oliy hukmdor deb e’lon qilgani ma’lum[4,293]. Shu bilan 
birga Suyurg‘atmish “soxta xon” mavqeida bo‘lib, amaldagi hokimiyat Sohibqiron 
ixtiyorida bo‘lganini ham bilamiz. Nima uchun shunday qarama-qarshilik yuzaga 
kelgandi, savoli tug‘iladi. Chingiziylarning 150 yillik hukmronligi mamlakat 
hayotida katta ta’sirga ega bo‘lganini ta’kidlagan edik. Siyosiy munosabatlar, 
qarashlar, odatlar jamiyatning eng qaynoq sohalaridan biri sifatda yangilik va 
o‘zgarishlarga boy bo‘ladi. Masalan, ulug‘ bobomizning biyobondan qarorgoh 
qurishini olaylik. Mamlakatimizda asrlar davomida davlat boshlig‘ining qarorgohi 
shaharlarda qanchalik tabiiy bo‘lib kelgan bo‘lsa, chingiziylar davrida, aksincha, xon 
biyobondagi qarorgohda turishi kerak, qabilidagi aqida siyosiy muhitga qattiq singib 
ketgandi. Shunga o‘xshash o‘zgarishlardan bir qanchasi mazkur bu yarim asrlik 
jarayonida o‘z o‘rnini topib olgandi. Gap ularning to‘g‘ri yoki noto‘g‘riligida emas. 
Muhimi, Amir Temur davlat tepasiga kelgan paytda ular jamiyat hayotidagi voqelikni 
tashkil etardi. Sohibqiron bularni nazarda tutmasdan iloji yo‘q edi. Ikkinchi 
tomondan, 1370-yili mamlakatda Amir Temurdan boshqa ham yana bir qancha 
qudratli amirlar, ularni qo‘llab-quvvatlovchi ijtimoiy-siyosiy kuchlar bor edi. Ular 
ham zimdan yo ochiqchasiga mustaqil siyosat yurgizish, hatto oliy taxtni egallash 
niyatida bo‘lganlar. Bunday sharoitda Amir Temur o‘zini rasman xon deb e’lon 
qilolmasdi. Chunki bu raqiblarga bahona bo‘lib, norozilik va xurujlarga turtki bo‘lishi 
turgan gap edi. Zero, xuddi shu yillar taomiliga ko‘ra siyosiy hokimiyat chingiziylar 
xonadoni ixtiyorida bo‘lishi kerak edi. Uchinchi tomondan, Suyurg‘atmish xon 
ko‘tarilgandan hali amir Husayn masalasi hal bo‘lmagandi, aniqrog‘i hal bo‘lish 
arafasida edi. Amir Husayn esa o‘z vaqtida Qobilshohni (1364), so‘ng Odil Sultonni 


-25- 
(1365) rasman xon deb e’lon qilgandi[5,114-260]. Demak, Amir Temur tomonidan 
Suyurg‘atmishning xon deb e’lon qilinishi Odil Sulton “xonligi”ni, ya’ni amir 
Husayn hukumronligini bekor etish bilan barobar hisoblanardi. Xullas, mazkur 
masala o‘sha zamon voqeligidan kelib chiqib Amir Temur hokimiyatini 
mustahkamlash yo‘lida amalga oshirilgan. Sohibqiron uchun bu paytda muhimi ham 
aslida shu edi. 

Download 1,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish