1 O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi



Download 1,54 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/91
Sana23.05.2022
Hajmi1,54 Mb.
#608330
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   91
Bog'liq
amir tenur pdf

-28- 
Amir Temur zukko siyosatdon va yirik davlat arbobi sifatida “Tuzukoti 
Temuriy”da o‘z davlatining tuzilishini, uning qay tarzda bo‘lishi kerakligini bayon 
etadi, mansabdorlarning huquq va burchlarini belgilab beradi. U har bir tojdor o‘z 
davlatining tayanchi bo‘lgan ijtimoiy–siyosiy guruhlarga suyangan holda ish olib 
borishi lozimligini “tuzuklari”da bayon etgan. Faqat ularning yordamida raiyat, 
qo‘shinlar va davlatini idora etishi zarur. Bunday guruhlarga quyidagilar kirgan: 1) 
Muhammad alayhissalom avlodi bo‘lmish sayyidlar, ulamolar, shayxlar; 2) tajriba 
orttirgan bilimdonlar; 3) duogo‘y taqvodorlar; 4) amirlar, sarhanglar; 5) sipoh va 
raiyat; 6) saltanat ishlarini, uning siru asrorlarini bilgan, kengash qilishga munosib 
oqil, ishonchli kishilar; 7) vazirlar, sarkotib, devon munshiylari; 8) hakimlar, tabiblar, 
munajjimlar va muhandislar; 9) muhaddislar, roviylar; 10) mashoyix, so‘fiy, oriflar; 
11) hunar va san’at ahli; 12) har mamlakatdan kelgan sayohatchi va musofirlar, 
savdogarlar[3,302]. 
Temur saltanatida boshqaruv idoralari: dargoh (saroy) va devon (vazirlik)larga 
bo‘lingan. 
Dargoh – eng oliy davlat idorasi hisoblangan va u albatta, mamlakat poytaxti 
Samarqandda joylashgan. Uning boshlig‘i oliy hukmdor, ya’ni Sohibqiron Amir 
Temurning o‘zi bo‘lib, saltanat ahamiyatiga molik masalalar uning farmoni va hukmi 
asosida hal etilgan. Shu bilan birga, saltanat hayotiga doir eng muhim siyosiy 
masalalar oliy tabaqa vakillaridan iborat holda tashkil etiladigan kengashlarda hal 
etilgan. Kengash maslahat bergan, biroq hukmni Amir Temurning o‘zi chiqargan. 
Dargoh faoliyatini boshqarish, uning vazirliklar, mahalliy hokimiyat idoralarini 
saltanat faoliyati bilan bog‘lab turish ishlarini oliy devon 

“Devoni buzruk” olib 
borgan. Unga devonbegi boshchilik qilgan. Oliy devonga har kuni ijroiya 
idoralaridan bosh vazir, harbiy vazir, mulkchilik va soliq ishlari vaziri, moliya vaziri 
hisobot berib turganlar. 
Dargohdagi muhim vazifalardan biri arzbegi hisoblangan. Unga dargohga arz-
dod, shikoyat bilan kelganlar hamda mamlakatdagi o‘z munosabatini bildiruvchilarni 


-29- 
qabul qilishni uyushtirish, tushgan arzlar, shikoyat va takliflarni oliy hukmdorga 
yetkazib turish vazifasi yuklatilgan. 
Dargohda adolat amiri lavozimi mavjud bo‘lib, u o‘lka va shaharlarda sipoh va 
raiyat orasida urf-odatlarga oid janjalli ishlar haqida oliy hukmdorga hisobot bergan. 
Dargohda tavochi lavozimi ham bo‘lib, tavochi oliy farmonga muvofiq, 
joylarga borib harbiy yurish uchun lashkar to‘plash bilan shug‘ullangan. Dargohda 
bosh hojib, hojiblar, rasmiy tadbirlar boshqaruvchisi, xazinador, xonsolar, jibochi, 
qushchi, qushbegi, kotiblar, sozandalar, g‘azalxonlar, tabiblar kabi bir qancha 
xizmatlar bo‘lgan. 
Sohibqiron Amir Temur davlatini vazirliklar asosida boshqargan. Amir Temur 
“Tuzuklari”da vazir tutish tartibi bo‘yicha shunday deb yozgan: “
...vazirlar ushbu 
to‘rt sifatga ega bo‘lgan kishilardan bo‘lishlari lozim: birinchisi – asillik, toza 
nasllilik; ikkinchisi – aql-farosatlilik; uchinchisi – sipohu raiyat ahvolidan 
xabardorlik, ularga nisbatan xushmuomalada bo‘lishlik; to‘rtinchisi – sabr-
chidamlilik va tinchliksevarlik
[4, 74-75]”. 
“Tuzuklar”da Amir Temur davlatini yetti vazir boshqargani haqida gap boradi. 
1. Mamlakat va raiyat vaziri. Bu vazir mamlakatning muhim ishlarini, kundalik 
muammolarni, raiyat ahvolini, viloyatlardan olingan hosil, soliq-o‘lponlar, ularni 
taqsimlash, kirim-chiqimlarni, mamlakatning obodonligi va aholi farovonligini 
ma’lum qilib turgan; 2. Sipoh bo‘yicha vazir. Sipohiylarning maoshlari va tanholarini 
boshqargan, parokandalikka tushib qolmaslik uchun sipoh ahvolidan hukmdorga 
xabar berib turgan; 3. Egasiz qolgan, o‘lib ketgan va qochib ketganlarga tegishli 
molk-mulkni boshqargan, zakot va bojlarni to‘plagan; 4. Sarkori xosa, saltanat 
ishlarini yurituvchi vazir. U butun saltanat idoralarining kirim-chiqimlari, xazinadan 
sarf qilinadigan xarajatlardan ogoh bo‘lgan; 5, 6, 7. Sarhadlar va tobe mamlakatlarga 
tegishli ishlarni boshqaruvchi uch vazirdan iborat hay’at[5,303]. 
“Tuzuklar”da ta’kidlanganidek, Amir Temur o‘z vazirlariga nisbatan juda ham 
mehribon bo‘lgan. Shuningdek, ularni ortiqcha siylamaslik lozimligini ta’kidlagan. 
Amir Temur “
Dono vazir – doimo davlat aholisini, xalq baxtini, qo‘shinni 


-30- 
kuchaytirishni, to‘kin-sochin boylikni o‘ylaydi. Mansabdor agar u xalq bilan yomon 
munosabatda bo‘lsa, qilgan aybining muqimligiga muvofiq jarima to‘lashi lozim
”, – 
deb ta’kidlagan. Amir Temur: “
Vazir zolim bo‘lsa, saltanat ishlari tez muddatda 
parokandalikka uchraydi
”, – deb ta’kidlagan. Shuni ham alohida qayd etish lozimki, 
vazirning vazifalarini taftish etayotganda o‘z vorislariga tuhmat va hissiyotlarga 
berilmaslikni uqtiradi[6,303]. Agarda vazir davlatga xiyonat qilsa, o‘limga hukm 
qilingan. 
Amir Temurning davlatni boshqarishda kimlarga tayanish, toju taxt egalarining 
tutumi va vazifalari, vazir va qo‘shin boshliqlarini saylash, sipohlarning maoshi, 
mamlakatni idora etish tartibi, davlat arboblari va qo‘shin boshliqlarining burchi va 
vazifalari, amirlar, vazirlar va boshqa mansabdorlarning toju taxt oldida ko‘rsatgan 
alohida xizmatlarini taqdirlash tartibi va boshqa xususida o‘z tuzuklarida batafsil 
bayon etilgan. Umuman olganda, Sohibqiron Amir Temur saltanati aniq va puxta 
ishlangan tizimga muvofiq faoliyat yuritgan.
Xulosa qilib shuni ta’kidlash kerakki, Sohibqiron Amir Temurning davlat 
boshqaruvi borasidagi faoliyatidan saboq chiqarish yurt taraqqiyoti va uning 
xavfsizligini ta’minlash tinchlik va osoyishtalik omili bo‘lib qolaveradi. 

Download 1,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish