183
10-BOB. XODIMLARNING MEHNAT STAJIGA OID
MA’LUMOTNOMALARNI RASMIYLASHTIRISH
10.1.Fuqarolarga ish staji va ish haqi to’g’risidagi ma’lumotlarni
taqdim etish tartibi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994 yil 11
maydagi
249-son qarorining ilovasida keltirilgan ―Pensiya tayinlash uchun mehnat stajini
tasdiqlash tartibi to‘g‘risidagi Nizom‖ning 1-bandiga ko‘ra mehnat staji ish,
xizmat, o‘qish joyidan yoki ish stajiga qo‘shib hisoblanadigan boshqa faoliyat
amalga oshirilgan joyidan, yoxud arxiv muassasalari tomonidan berilgan hujjatlar
asosida aniqlanadi.
Ish vaqtini hisobga olib bo‘lmaydigan
xodimlarning mehnat staji
O‘zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi huzuridagi Byudjetdan tashqari
Pensiya jamg‘armasiga sug‘urta badallari to‘langanligi to‘g‘risida beriladigan
ma‘lumotnomalar asosida aniqlanadi.
Belgilangan tartibga ko‘ra nafaqani rasmiylashtirishga mehnat daftarchasi
asos bo‘ladi. Fuqaro mehnat daftarchasini yo‘qotgan
yoki unda turli xato va
kamchiliklar mavjud bo‘lsa, bunday holda qo‘shimcha ravishda fuqarodan arxiv
ma‘lumotnomalari talab etiladi.
Mehnat daftarchasi, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi
huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga sug‘urta badali
to‘langanligi to‘g‘risida berilgan ma‘lumotnomalar ish stajini tasdiqlovchi asosiy
hujjatlar hisoblanadi.
Mehnat daftarchasi bo‘lmagan takdirda hamda
mehnat daftarchasida zarur
yozuvlar bo‘lmagan yoki yozuvlar xato va noaniq yozilgan bo‘lsa, mehnat stajini
tasdiqlash uchun (ish davrini hisobga olib bo‘lmaydigan xodimlar staji bundan
mustasno) ma‘lumotnomalar, buyruqlardan ko‘chirmalar, ish haqi berish bo‘yicha
shaxsiy hisoblar, ro‘yhatlar, ularni bajarganligi
qayd etilgan yozma mehnat
shartnomalari (kontraktlar) va ish davrlari to‘g‘risida ma‘lumotlar bo‘lgan boshqa
hujjatlar qabul qilinadi.
184
Yuqorida ko‘rsatilgan hujjatlar bo‘lmasa, mehnat stajini isbotlash uchun
kasaba uyushmasi biletlari va hisob-kitob daftarchalari qabul qilinadi. Hisob-kitob
daftarchalari ish haqi to‘langanligi to‘g‘risida belgi qo‘yilgan vaqt uchun kasaba
uyushmasiga a‘zolik bileti esa – ish haqi yoki stipendiyadan a‘zolik badallari
to‘langanligi to‘g‘risida belgi qo‘yilgan vaqt uchun ish davrini tasdiqlaydi.
Kasaba uyushmasiga a‘zolik bileti bo‘lmagan
taqdirda ish staji xodimni
hisobga olish varaqasi asosida aniqlanishi mumkin, bunda faqat a‘zolik badallari
to‘langan vaqt stajga kiradi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994 yil 11 maydagi
249-son qaroriga 13-ilova bo‘lgan ―Pensiya tayinlash uchun zarur bo‘lgan
hujjatlarni taqdim etish va rasmiylashtirish tartibi to‘g‘risida Nizom‖ning 12-
bandiga asosan faoliyat yurituvchi tashkilotlar tomonidan
Pensiyani hisoblab
chiqish uchun taqdim etiladigan ish haqi to‘g‘risidagi ma‘lumotnoma shakli va uni
to‘ldirishga oid qoidalar O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy
muhofaza qilish vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
Ko‘rsatilgan ma‘lumotnomalar arizachi yoki boquvchi ishlagan korxona,
muassasa yoki tashkilot tomonidan shaxsiy hisoblar, to‘lov
qaydnomalari va ish
haqi to‘langanligini tasdiqlovchi boshqa hujjatlar asosida beriladi. Agar ular
tugatilgan yoki boshqa sabablarga ko‘ra o‘z faoliyatini to‘xtatgan bo‘lsa,
ma‘lumotnomalar uning huquqiy vorisi yoki tegishli arxiv muassasalari tomonidan
beriladi.
Zarur hollarda pensiyani hisoblash uchun tarif bo‘yicha belgilangan maosh
(oklad) haqidagi ma‘lumotnoma taqdim etiladi.
Ish haqi to‘g‘risidagi ma‘lumotlar butunlay yoki qisman yo‘q bo‘lsa,
pensiyani hisob-kitob qilish uchun pensiyani tayinlash kunida rasman belgilangan
eng kam ish haqi miqdori olinadi.
Tashkilotlar tomonidan berilgan mehnat staji (1-ilova) va ish haqi to‘g‘risida
(2-ilova)gi ma‘lumotlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999
yil 30 oktyabrdagi 482-son qaroriga asosan ―O‘zarxiv‖ agentligi tomonidan ishlab