1 O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi qarshi davlat universiteti


Qishloq xo„jalik o„simliklarining hosildorligini oshirish



Download 1,05 Mb.
Pdf ko'rish
bet58/76
Sana27.01.2022
Hajmi1,05 Mb.
#412703
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   76
Bog'liq
yuksak osimliklarning hujayralaridan kopaytirish biotexnologiyasi

Qishloq xo„jalik o„simliklarining hosildorligini oshirish. 
O‗simlik 
hujayralarini o‗stirishning asosiy vazifalaridan biri – tibbiyot va sanoat uchun 
muhim bo‗lgan xomashyo moddalarni sintezlash hisoblanadi. Bunda albatta 
oddiy ozuqa muhitidan foydalanish orqali mahsulot yaratish samaradorligi 
yuqori bo‗ladi. Ammo o‗simliklar hujayralari gerteretrof sifatida to‗liq faoliyat 


76 
ko‗rsatishi uchun ozuqa muhiti tarkibi murakkab bo‗lishi, ya‘ni turli xil vita-
minlar, gormonlar, fotosintez uchun talab qilinuvchi moddalar bo‗lishi kerak. 
Agar o‗stirilayotgan muhitda zarur talab etilayotgan sharoit yaratib berilmasa, 
u holda jarayonning foydali natijasi kamayib boradi. Shu sababli muhitda 
o‗simlik hujayralari faoliyati uchun zarur moddalarni yuzaga keltiruv-chi yoki 
biosintez jarayonini faollashtiruvchi mikroorganizmlar mavjud bo‗lishi ijobiy 
ahamiyatga ega hisoblanadi. Mikrobiologiya sanoatida aralash o‗stirish usuli 
mavjud. Bu usuldan foydalanish natijalarining ko‗rsatishicha mikroorganizm-
lardan foydalanish yakka holatda o‗stirishga nisbatan samarali hisoblanadi. Bu 
ko‗rinishdagi tizimlar suvlarni tozalash, fermentlarni olish, biologik faol 
moddalar hisoblangan auksin, vitamin, antibiotiklarni sintezlashda qo‗llaniladi. 
Tahminlarga ko‗ra, biotexnologiyada kelajakda bir necha turdagi mikroor-
ganizm va o‗simlik hujayralaridan tashkil topgan murakkab populyatsiyalar 
asosida foydali mahsulot yaratish tizimlari yaratiladi.
Qishloq xo‗jalik ekinlarining holatini yaxshilash bu usul yordamida mole-
kulyar holatdagi atmosfera azotini o‗zlashtiruvchi o‗simliklarni yaratishni 
ko‗zda tutadi. O‗g‗itlash natijasida o‗simliklar tuproqdan 30-50% azotni o‗zla-
shtiradi. O‗simliklarni azot manbai bilan ta‘minlashning ikkinchi yo‗li mole-
kulyar azotning biologik fiksatsiyalanishidan iborat. Azotofiksatsiya jarayoni 
bir qator mikrorganizmlar va ba‘zi bir o‗simlik turlarining birgalikda hosil 
qilgan simbiotik birlashishlarida amalga oshadi. Azotning biologik fiksatsiyasi 
darajasini oshirishning 3 ta yo‗nalishi mavjud:
1. Azotofiksatsion mikroorganizmlar inokulyatsiyasi, ya‘ni bakterial 
o‗g‗itlardan foydalanish. Bu usulning kamchiligi mikroorganizmlarni ko‗pay-
tirishning mahsuldorligini kamligi, shuningdek ularning tuproq sharoitida 
hayotchanligining pasayib ketishi.
2. Gen injeneriyasi usullari yordamida azotofiksatsiyalovchi o‗simlik 
navlarini yaratish. Bunda nif genini yuksak o‗simliklar protoplastiga kiritish talab 
etiladi. Bu jarayon quyidagi kamchiliklarga ega: birinchidan jarayon katta miq-
dordagi quvvatni talab qiladi, bunday quvvat esa o‗simlik hujayralarida mavjud 
emas, ikkinchidan nitrogenaza sintezi uchun talab qilinadigan sharoit ya‘ni temir 
va molibden elementlari, shuningdek nitrogenazani kislorodning ingibirlovchi 
ta‘siridan himoyalovchi tizimlarni ta‘minlash imkoni mavjud emas.
3. Azotofiksatsiyalovchi mikroorganizmlarni o‗simlikka kiritish. Bu 
ko‗rinishdagi birlashmalarda tabiiy azotofiksatsion simbioz tizimlarning xusu-
siyatlarini hisobga olish lozim: - har ikkala hamkor hujayralarining butunligi
hayotchanligi bezarar saqlanishi; - hamkor organizmlarning makrosimbiont 
darajasidagi aloqasini ta‘minlanishi. Hujayra injeneriyasi yordamida azotofi-
ksatsiyalovchi mikrooganizm larning o‗stirilgan o‗simlik hujayra va to‗qima-


77 
laridagi hayotchanligini ta‘minlash imkoni mavjud. O‗stirish jarayonida 
hamkor sifatida olinayotgan organizm hujayralari o‗zaro bir biriga nisbatan 
moslashishini ham kuzatish mumkin.

Download 1,05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   76




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish