Polga o‘rnatiladigan elektrli isitish. Isitishning bu turi qurilishiga ko‘ra suvli tizimni yodga soladi, faqat pol qatlami ostiga quvurlar o‘rniga elektr kabellari yotqiziladi. Bunday tizimning samaradorligi juda yuqori, foydalanuvchilar haroratni mustaqil nazorat qilishlari mumkin. Tizimning yagona kamchiligi elektrni ko‘p sarflashi hisoblanadi.
Gazli isitish. Xonadonlarni gazda ishlaydigan isitish qozonlari yordamida isitish. Isitish uskunani montaj qilish va sozlash ishlarida nuqsonlar bo‘lmasligi talab etiladi. Bu kabi ishlar uchun zarur bo‘lgan barcha asbob-uskunalar va tajriba mavjudligi montaj ishlari muddatini bir necha barobar qisqartirish imkonini beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |