1. Ota-o‘g‘il Jeyms va Jon. Mill hamda T. R. Maltusning iqtisodiy g‘oyalari



Download 41,56 Kb.
Pdf ko'rish
Sana31.12.2021
Hajmi41,56 Kb.
#272154
Bog'liq
"VARIANT-23" 2021-06-03-23-37-28



 

"VARIANT-23" 

 

VARIANT 23



 

1. Ota-o‘g‘il Jeyms va Jon. Mill hamda T.R. Maltusning iqtisodiy

 

g‘oyalari.



 

2. Lozanna maktabi.

 

3. Jahonshumul iqtisodiy muammolarni hal etishga oid g‘oyalar.



 

JAVOBLAR:

 

1. Ota-o‘g‘il Jeyms va Jon. Mill hamda T.R. Maltusning iqtisodiy



 

g‘oyalari.

 

Angliyada klassik maktabni boshqacharoq izohlovchilar orasida



 

Jeyms  Mill  (1773-1836)  muhim  o'rin  egallaydi.  Rikardo  maktabining  tanazzuli,  -  deb

yozgan edi K.Marks, - mana shu kimsadan boshlanadi. J.Mill qiymat, ish haqi va foydani

oʻziga


 

xos  yoʻl  bilan  talqin  etdi.  U  ishchilarning  ish  haqini  oshirish  yoʻlidagi  iqtisodiy  kurashi

oʻrinsizligini asoslamoqchi bo'ladi.

 

J.Mill  kapitalistning  foydasi  bilan  yollanma  ishchining  maoshi  Oʻrtasidagi  qarama-



qarshilikni  rad  etib,  yer  rentasini  tanqid  qilgan  edi.  U  Rikardoning  renta  toʻgʻrisidagi

nazariyasini davom ettirib, yer

 

rentasining  davlat  tomonidan  qo'shib  olinishi,  ya'ni  yerni  milliylashtirish



(natsionalizatsiya)ni talab qilib chiqdi.

 

J.Mill  oʻzining  «Siyosiy  iqtisod  elementlari»  (1821)  asarida  qiymatning  mehnat



nazariyasiga butunlay qarshi chiqdi va qiymatning manbayi sifatida faqat jonli mehnatni

emas, ishlab chiqarish vositalarida

 

mavjud boʻlgan mehnatni ham hisobga olishni talab qildi. Bunga asoslanib, kapitalistlar



va yollanma ishchilar o'rtasidagi ekspluatatsiya inkor qilinib, ularni «teng tovar egalari»

sifatida qabul qilishni taklif etdi, bu esa ishlab chiqarilgan mahsulotning o'ziga tegishli

foyda ulushini olishining toʻgʻri ekanligini isbotlashga asos bo'ldi.

 

Ingliz Jon Stuart Mill (1806-1873) klassik maktabning so'nggi



 

nomoyandalaridan biridir. Uning otasi Jeyms Mill (1773-1836) ham

 

iqtisodchi  bo'lgan  va  oʻgʻlining  tarbiyasi  bilan  jiddiy  shug‘ullangan,  oqibatda



yoshligidayoq uning dastlabki tadqiqotlari e'lon qilindi. Ammo

 

1848-yilda bosib chiqarilgan «Siyosiy iqtisod asoslari» (5 jilddan iborat)



 

kitobi unga shuhrat keltirdi. Mill Ost-Indiya kompaniyasi bilan bogʻlangan edi (1858-yilda

yopilgan).  1865-1868-yillarda  parlament  a'zosi  boʻlgan.  Soʻnggi  yillarda  Fransiyaning

Avinon shahrida yashab, ijod etdi.

 

D.Rikardo  gʻoyalariga  yaqin  turadi  va  birinchi  o'ringa  «ishlab  chiqarish  qonunlari»ni



qoʻyadi, bu masalani «Taqsimot qonunlari»ga qarama-qarshi deb biladi. Klassik maktab

vakillari  kabi,  iqtisodiy  rivojlanishda  «Qishloq  xoʻjaligi  imkoniyatlari  bilan

hisoblashmaslik mumkin emas deb hisoblaydi.

 

Tadqiqot  usulida  pulning  «neytrallik»  konsepsiyasiga  amal  qiladi,  ammo  pulning



miqdoriy  nazariyasini  ham  qoʻllaydi.  Boylik  toʻgʻrisida  ancha  sodda  fikrda  boʻlib,

bozorlarda sotib olinadigan va sotiladigan

 

narsalarning summasi sifatida qaraladi. Bu olimning metodologiyasida ishlab chiqarish




qonunlarini  taqsimot  qonunlariga  qarshi  qoʻyish  xarakterlidir.  Birinchisi  oʻzgarmas

boʻlib,  texnik  sharoitlar  bilan  belgilanadi,  bu  «fizik  haqiqatlar»  kabidir,  u  «tabiiy  fanlar

xususiyatlari»

xarakteriga ega, unda inson irodasiga bogʻliq hech narsa yoʻq. Ikkinchisi esa, uni «inson

intuitsiyasi»  boshqargani  sababli,  ayrim  mamlakatlar  va  davrlarda  jamiyatni

boshqaradiganlarning fikri va xohishiga bogʻliq bo'lib, nihoyatda turlichadir.

«Mazkur  jamiyat  qonun  va  urf-odatlari»  taqsimot  qonunlariga  bevosita  ta'sir  etadi  va

«jamiyatdagi asosiy uch sinflar» oʻrtasida daromadlar

taqsimoti mulkning shaxslar oʻrtasidagi taqsimotini belgilab beradi.

Insoniy  qarorlarning  taqsimot  qonunlari  shakllanishidagi  ahamiyatidan  kelib  chiqib,

J.S.Mill  jamiyatni  ijtimoiy  jihatdan  isloh  qilish  bo'yicha  oʻz  takliflarini  ishlab  chiqadi.

Olimning  tadqiqotlariga  «statika»  va  <>  tushunchalari  kiritiladi.  Avvalgi  olimlar

tomonidan jamiyat-

ning «statsionar va oʻzgarmas» iqtisodiy qonunlari oʻrganilgan bo'lsa,

endilikda statikaga siyosiy iqtisodning dinamikasini qo'shish kerakligi

aytiladi.

Millning qiymat nazariyasida «almashuv, iste'mol qiymatlari»,

qiymat va boshqalardan tashqari, qiymat (qimmat) bir vaqtda barcha

tovarlarda  oʻsishi  mumkin  emas  degan  qisqacha  xulosalar  chiqariladi,  chunki  qiymat

nisbiy  tushunchadir.  Qiymat  mehnat  tufayli  yuzaga  kelishi  va  birinchi  darajali

ahamiyatga  egaligi  ta'kidlanadi.  Pul  toʻgʻrisidagi  g'oyasida  miqdoriy  masala  birinchi

oʻringa qo‘yiladi, ya'ni pulning koʻpayishi yoki kamayishi tovarlarning nisbiy bahosi

oʻzgarishiga ta'sir etadi. Boshqa sharoitlar teng boʻlganda «pulning

qiymati uning miqdoriga teskari nisbatdadir», pulning har qanday

kamayishi esa xuddi shunday proporsiyada uning qadrini oshiradi.

Pulning neytralligi to'g'risida fikr yuritilib, pul vaqtni va mehnatni

iqtisod qilish uchun hizmat qiladi, deyiladi. Boylik, moddiy ne'matlar

faqat unumli mehnat natijasida yaratiladi. Yangilik shundan iboratki,

mulkni qo'riqlash, malaka orttirishga qaratilgan mehnat ham unumli

deb hisoblanishi kerak. Unumli mehnat, jamiyat ishlab chiqarish

kuchlarini ko'paytirishga olib kelsa, unumli iste'molga ega boʻladi.

Aholining iqtisodiyotdagi oʻrni toʻgʻrisida so'z yuritilib, Angliyada

1821-yildan keyin 40 yil davomida tirikchilik vositalarini ishlab chiqarish sur'atlari aholi

o'sishidan yuqori boʻlmagan. Aholi sonini kamaytirish boʻyicha takliflar beriladi (ixtiyoriy

tugʻilishni kamaytirish). Bu masalada Mill Maltus bilan hamfikrdir.

Kapital deganda avvalgi mehnat bilan ilgari to'plangan mahsulotlar

zaxiralari tushuniladi. Kapital jamg'arish investitsiya uchun asos

hisoblanadi va bandlikni oshiradi, ishsizlikning oldi olinadi.

Daromadlar borasida avvalgi olimlar fikri qoʻllanadi, uni mehnatga haq deb qaraladi va

ishchi kuchiga boʻlgan talab va taklifga bogʻliq deyiladi. Minimal ish haqi g'oyasiga amal

qilib,  «ishchi  fondi»  doktrinasi  ilgari  suriladi,  unga  koʻra,  sinfiy  kurash  ham,  kasaba

qoʻmitalari  ham  ish  haqini  yashash  minimumi  darajasida  saqlashning  oldini  ola

olmaydi.

Ammo 1869-yil bu doktrina gʻoyasi inkor etiladi va kasaba qoʻmitalari,

haqiqatan ham, ish haqiga ta'sir etadi, bu «mehnat bozoridagi raqobat

oqibatlari» kabidir. 

T.R.  Maltus  (1766-1834)  dvoryan  oilasida  tug'ildi,  1788  yil  Kembrij  universitetini

bitirgach, qishloq ruhoniysi sifatida ishlay boshladi,

ilohiyot fanidan ilmiy darajaga ega boʻldi. 1807-yildan boshlab «Ost-

Ind» kompaniyasi kollejida siyosiy iqtisod professori lavozimida leksiyalar

o'qidi.



Uning asosiy asarlari «Aholi nufusi qonuni toʻgʻrisidagi tajriba»

(1798), «Yer rentasining tabiati va oʻsishi toʻgʻrisidagi tajriba» (1815),

«Siyosiy iqtisod prinsiplari» (1820-yilda yozilgan va avvalgi kitob qayta

ishlanib, ikki jildli asarga aylantirilgan). Bu asar D.Rikardoning «Siyosiy

iqtisodning boshlanishi» asaridan uch yil keyin chiqqan boʻlib, nazariy

metodologik jihatdan undan farq qilmaydi. Bu asarlarda Maltus

lendlordlar manfaatini himoya qiladi, ammo yer egalari va kapitalist-

fabrikantlarning manfaatlari mos kelsa va ishchilarga qarshi qo'yilsa,

ularning  ikkalasini  qo'llab-quvvatladi,  hukmron  sinflarni  oqladi,  ommaning  och-

yalang'ochligi va og'ir ahvolida ularning hech qanday aybi yo'qligini isbotlamoqchi bo'ldi.

Mavjud  tizimni  takomillashtirish  kerakligini  xayoliga  ham  keltirmadi,  buni  oʻziga  xos

utopiya deb hisobladi. Asosiy iqtisodiy masalalarni yagona bir omil asosida oddiygina

tushuntirishga harakat qildi.

Tadqiqot  predmeti  sifatida,  avvalo,  ishlab  chiqarish  sohasini  rivojlantirish  yo'li  bilan

jamiyatning  moddiy  boyligini  yanada  ko'paytirish  masalasi  qaraladi.  Shu  bilan  birga,

birinchi marta iqtisodiy o'sish

muammosini aholining o'sishi bilan bogʻlashga harakat qilingan. Avvalgi

tadqiqotlarda aholi o'sishi o'z-oʻzidan milliy xo'jalik rivojiga olib kelishi

(va aksincha) masalasi qo'yilgan boʻlsa, bu olim muammoga o'ziga

xos ravishda yondashadi. Tadqiqot usulida iqtisodiy liberalizm konsepsiyasini tan olgan

holda,

iqtisodiy o'sish sur'atlari bilan aholi soni oʻrtasida oʻzaro aloqadorlikni



ilmiy jihatdan isbotlashga urunishining oʻziga xos yo'llari mavjuddir.

Jahonga ma'lum boʻlgan Ch.Darvin, D.Rikardo va boshqalarning

qarashlari unga metodologik asos sifatida xizmat qildi.

Bu olim metodologiyasining yangiligi va ahamiyati shundaki, undan milliy iqtisodiyotni

rivojlantirish va qashshoqlik sabablarini aniqlash

va undan chiqish uchun amaliy xulosalar chiqarish mumkin. Yashash

minimumi sifatida belgilanadigan tirikchilik vositalari va aholi o'sish

soni oʻrtasidagi oddiy nisbatni isbotlashga harakat qilinadi.

2. Lozanna maktabi.

Marjinalizm inqilobi toʻgʻrisida gap borganda Avstriya maktabi qatori

Lozanna maktabini ham alohida ta'kidlashimiz zarurdir. Bu maktab

asoschilari marjinalistik gʻoyalarni qoʻllagan holda uning qisqa, ochiq

va aniq matematik ifodasini topishga harakat qildilar.

Valras foydalilik oʻrniga noyoblik tushunchasini kiritdi va miqdor

iste'molining  kamayuvchi  funksiyasini  taklif  etdi.  Umumiy  bozor  muvozanati

nazariyasini ishlab chiqdi va uning tenglamasini yaratdi, iqtisodiyot va matematikani bir-

biriga  bogʻladi.  Valras  qonuni  boʻyicha,  bozor  muvozanati  sharoitida  umumiy  talab

umumiy  taklifga  tengdir.  Agar  Valras  bozor  muvozanati  masalasini  qoʻygan  va  uning

qachonlardir  yechilishini  bashorat  qilgan  boʻlsa,  V.Pareto  bu  muammoni  hal  etishga

muhim  hissa  qo'shdi  va  tartibli  foydalilik  tushunchasini  kiritdi.  V.Pareto  optimal  holati

(eki Pareto optimumi) bu bozor

ishtirokchilarining  hammasi  o'z  foydasi  uchun  intilib,  oʻzaro  manfaat  va  foydalar

muvozanatiga erishmoqdalar. Shved olimi K.Viksell normal almashuv sharoitida ikkala

tomonning

ham muvaffaqiyatga erishuvini isbotlab berdi. Ya'ni «almashuvdan

hamma manfaatdordir» degan gʻoya ilgari suriladi.

XIX asrning 70-yillarida Avstriya maktabining shakllanishi iqtisodiyot

fanida katta voqea boʻldi. Uning nazariyotchilari fanda marjinalizm deb

nom  olgan  iqtisodiy  nazariyani  ilmiy  asoslab  berdilar.  Bu  nazariya  qoidalari  klassik

iqtisodiy maktabdan shu darajada farq qilardiki, u ayrim hollarda fandagi to'ntarish deb




ham  baholanadi.  Yangicha  yoʻnalishni  taklif  qilgan  iqtisodchilar  tovarlar  (ne'matlar)

qimmatini unga boʻlgan subyektiv munosabatlar bilan aniqladilar. Har qanday ne'matlar

kishilarning talabini qanoatlantirishi darajasiga qarab, foydalilik kasb etishi mumkin.

«Foydalilik»  va  «qimmat»  kategoriyalari  o'rtasida  oʻzaro  bog'liqlik  mavjud  boʻlib,  har

qanday  ne'mat  foydalidir,  lekin  u  qimmatli  boʻlmasligi  ham  mumkin.  Foydali  boʻlgan

ne'matlargina  ma'lum  darajada  qimmatli  boʻladi.  Foydalilik  va  qimmat  kategoriyalarini

ajratib  koʻrsatish  bilan  birga  marjinalistlar  qiymatning  mehnat  nazariyasini  butunlay

inkor etdilar. Ular bozorlardagi iqtisodiy ne'matlarning narxini unga sarf boʻlgan mehnat

va  ishlab  chiqarish  xarajatlari  bilan  emas,  balki  iste'molchining  subyektiv  ravishda  bu

ne'mat qimmatini belgilashida oʻz oʻrnini topadi, deb hisoblaydilar. «Eng yuqori foydalilik,

nazariyasi  o'ta  subyektivligi  uchun  tartibsizligi  va  toʻla  isbotlangan  faktlardan  keng

foydalanganligi  uchun  ko'p  marta  haqli  tanqid  qilindi.  Lekin  hozirgi  zamon  iqtisodiy

ta'limotlarida Avstriya maktabining g'oyalarida, ayniqsa, mikroekonomika boʻlimida keng

foydalanib kelinmoqda. Bu nazariyaning ustun tomoni shu bilan

belgilanadiki, unda nafaqat harajatlarning hisobi, balki ishlab chiqarish va muomalaning

natijalari toʻliq inobatga olinadi.

3. Jahonshumul iqtisodiy muammolarni hal etishga oid g‘oyalar.

Jahon xoʻjaligi, jahon bozori va integratsion jarayonlarning uzoq

tarixi  bor.  Ayniqsa,  Buyuk  ipak  yo'li  (m.av.  II  asrda)  davridaaniq  namoyon  bo'lgan  bu

jarayon  XVI  asrda  buyuk  geografik  kashfiyotlar  tufayli  kuchaydi.  II  Jahon  urushidan

keyingi davrda esa bu xalqaro iqtisodiy munosabatlar maxsus tashkilotlar orqali amalga

oshirilib,  hozirgi  davrni  ularsiz  tasavvur  etish  mumkin  emas.  «Benilyuks»  (1944),

Umumiy

bozor (1957), Yevropa ittifoqi, OPEK (1960), NAFTA, EKO, Xalqaro valyuta fondi, Jahon



banki  va  boshqa  xalqaro  iqtisodiy  tashkilotlar  bu  aloqalarni  ma'lum  tartibga  solib

kelmoqdalar.

A.Smit mehnat taqsimoti ishlab chiqarishda taraqqiyot asosi ekanligini

isbotlab bergan boʻlsa, D.Rikardo «bu mehnat taqsimoti faqat ma'lum

mamlakat doirasidagina emas, balki dunyo miqyosida boʻlishi kerak»

degan g'oyani ilgari surdi. Chunki har bir davlat ma'lum sohada nisbiy

ustunlikka  ega  boʻladi.  «Nisbiy  ustunlik»,  «solishtirma  chiqimlar»  nazariyasi  xalqaro

mehnat taqsimotining obyektiv zarurligini isbotlab berdi.

Bu borada bir qancha iqtisodiy taʼlimot, nazariya va konsepsiyalar

ilgari surildi. Xalqaro iqtisodiy aloqalar bo'yicha neoklassik (sof ta'limot) va

neokeynschilik nazariyalari keng tarqalgan. Sof ta'limot tarafdorlari

fikricha, iqtisodiy aloqalar xalqaro maydonda ham erkin bozor

tamoyillari asosida rivojlanishini qo'llaydilar (erkin raqobat, hamma

uchun bir xil imkoniyat, taklif doimo talabni vujudga keltiradi, savdo

balansi oʻz-oʻzini tartibga soladi va boshqalar).

Neokeynschilik taʼlimoti vakillari bu jarayondagi bozor munosabat-

lariga  davlatning  faol  ishtirokini  ma'qul  koʻradilar.  Mustamlaka  mamlakatlar  bilan

xalqaro munosabatlar boʻyicha

turli  nazariyalar  mavjud.  Ularning  koʻpchiligi  metropoliya  koloniyalari  uchun  ijobiy  rol

oʻynaganligini  himoya  qiladi.  Bevosita  investitsiyalar  nazariyasi  mustamlakachilikda

ham boʻlib, mustaqil rivojlanish yoʻliga oʻtgan mamlakatlarda iqtisodiyotni qutqarishdagi

asosiy yo'l deb hisoblanadi.

Xalqaro  iqtisodiy  munosabatlar  rivoji  bilan  birga  bir  qancha  muammolar  mavjud.  Bu,

odatda,  boy  va  nisbatan  qoloq  mamlakatlar  o'rtasidagi  munosabatlardir.  70-yillarda

yangi xalqaro iqtisodiy tartib qabul qilindi. Mavjud muammolarni hal etish uchun BMT

tomonidan «insoniy rivojlanish» konsepsiyasi taklif etilgan.

Eng dolzarb masalalardan biri bu - demografiya muammosi bo'lib kelgan va hozir ham

o'z darajasini yo'qotmagan global muammo desak mubolag'a qilmagan bo'lamiz . BMT




ma'lumotlariga ko'ra, 1945-2020-yillar davomida jahonda aholi soni

2,5 milliarddan 7.5 milliardga yetdi.

1.Fisher,  R.Dornbush,  R.  Shmalenzilarning  ta'kidlashicha,  kambag'al  mamlakatlar

masalasi kambag'al Janub bilan boy Shimol

o'rtasidagi  muammolar  sifatida  tobora  kuchayib  bormoqda.  Janub  mamlakatlari  oʻz

qiyinchiliklarini jahon iqtisodiyotidagi mavjud avvalgi

tartibdan deb bilmoqdalar. Bu tartib go'yoki ularga qarshi qaratilgandir.

1974-yilda  BMT  Bosh  Assambleyasi  yangi  xalqaro  iqtisodiy  tartib  joriy  etishni  qo'llab-

quvvatlovchi rezolutsiyani qabul qildi (NIEO).

Qabul qilingan yangi tartib uch qoidaga asoslanadi:

1. Xalqaro aloqalar ma'lum tartibga solib turiladi va bu turli davlatlar

tomonidan siyosiy yo'l bilan amalga oshiriladi.

2. Ishlab chiqarilgan tovarlarning davlatlararo taqsimotida

rivojlanayotgan  mamlakatlar  manfaati  ham  hisobga  olinishi  shart  va  shuni

ta'minlaydigan yo'llar yaratilishi kerak.

3. Barcha iqtisodiy munosabatlar tizimi demokratiya asosida olib

borilishi zarur, har bir davlat o'z ichki tuzumidan qat'i nazar, shu

munosabatlarda qatnashishga haqlidir.

Keyingi davrda BMT tomonidan «Insoniy rivojlanish konsepsiyasi»

ilgari surildi. Iqtisodiy rivojlanish konsepsiyasi daromadning koʻpayishi

va  insoniy  farovonlikning  yaxshilanishi  orasidagi  aloqani  aniqlashda  muhim  xizmatni

ado  etadi.  Mamlakatning  insoniy  rivojlanish  darajasi  qanday  baholanadi?  Bu

muammoning  zamonaviy  yechimlariga  bir  oz  to'xtalamiz.  Mamlakatning  rivojlanganlik

darajasini baholashning yaqingacha yagona usuli jon boshiga YaMM boʻlganligi sababli,

mukammalroq  ijtimoiy-iqtisodiy  koʻrsatkichni  kashf  qilish  davr  talabi  edi.  Izlanishlar

natijasida  insoniy  rivojlanish  indeks  (IRI)  koʻrsatkichi  kashf  etildi.  IRI  inson  rivojlanish

darajasini koʻrsatuvchi uch asos - umrboqiylik, ta'lim va

yashash darajalaridan iborat integral koʻrsatkichdir. Uzoq umr koʻrish

kutilayotgan hayot davomiyligi orqali oʻlchanadi. Ta'lim darajasi

ko'rsatkichning 2/3 qismini tashkil etuvchi katta yoshlilar savodxonligi

va  1/3  qismini  hosil  qiluvchi  ta'limning  oʻrtacha  davomiyligi  koʻrsatkichlari  orqali

ifodalanadi.  Yashash  hayotning  mahalliy  qiymati  (sotib  olish  pariteti  yoki  PPP  -

«purchasing  power  parity>)  ga  nisbatan  toʻgʻrilangan  jonboshiga  real  yalpi  ichki

mahsulot (YaIM) orqali

baholanadi. Nimaga faqat uch koʻrsatkich? - degan savol tugʻilishi

tabiiy. Inson hayotining hamma jabhalarini aks ettirish a'lo bo'lar edi.

Ammo  ma'lumotlarning  toʻliq  emasligi  bir  oz  cheklanishlar  tug'diradi  va  bu

ma'lumotlarga ega boʻlinganda, balki ularni ham hisobga olish ayni muddao bo'lar edi.

Ammo  ko'proq  ko'rsatkichlarni  qo'shish  har  doim  ham  yaxshiroq  natijalarga  olib

kelavermaydi.

1995-yilning  martida  Kopengagenda  BMT  tashabbusi  bilan  ijtimoiy  rivojlanish

masalalari boʻyicha xalqaro

konferensiya bo'ldi, unda 150 dan ortiq davlat (oliy maqom) rahbarlari

ishtirok edilar. BMT Bosh kotibi B. Butros G'oliy (1997-yildan BMT

Bosh kotibi tinchlik bo'yicha Nobel mukofoti laureati Kofi Annan) o'z

nutqida so'nggi yillarda kambag'allar va boylar o'rtasidagi tafovut kuchayib, 1960-yildagi

nisbat  13:1  dan  hozirgi  o'n  yillikda  60:1  ga  yetganligini  qayd  etdi.  Hozirgi  davrda  bu

nisbiy  75:1.  Sayyoramizning  2.3  milliard  aholisi  (27,3  foiz)  og'ir  iqtisodiy  ahvolda  kun

kechirmoqda.  Bunday  differensiatsiya  xavfli  oqibatlarga  olib  kelishi  mumkin.  Bundan

tashqari,  dunyoda  ekologik  muammo  kuchayib  bormoqda.  Sogʻliqni  saqlash  (SPID,

COVID  va  boshqa  yuqumli  kasalliklar),  narkobiznes  masalalari  tobora  avj

olmoqda.O'zaro  iqtisodiy,  ayniqsa,  savdo  munosabatlarining  nafi  hammaga  ayon

boʻlishiga  qaramay,  davlatlar  o'rtasidagi  munosabatlar,  odatda,  garmoniya  asosida

emas, balki qarama-qarshiliklar asosida




rivojlanmoqda. Boy va kambag'al

mamlakatlar o'rtasida savdodan

tushadigan daromadlarni taqsimlashda kelishmovchiliklar kuchayib bormoqda.

Lekin keyingi davrda olib borilgan toʻgʻri iqtisodiy siyosat tufayli

ilgari qoloq boʻlgan davlatlarning ayrimlari rivojlanish, taraqqiyot yoʻliga

kirib oldilar. Ularning soni tobora oshib bormoqda. Ularning ayrimlari

Lotin Amerikasida (Braziliya, Argentina, Meksika), koʻpi janubi-

sharqiy Osiyodadir («to'rt ajdaho» - Koreya Respublikasi, Tayvan,

Syangan va Singapur),

Malayziya, Tailand, Vyetnam, Indoneziya va boshqa mamlakatlar

bular  qatoriga  kelib  qo'shilishga  ulgurmoqda  .  Bu  davlatlarga  xos  boʻlgan  xususiyat

shuki,  bozor  munosabatlari  keng  qoʻllanilmoqda,  sanoat  (industriya)ning  rivojiga

alohida  e'tibor  berilmoqda,  xorijiy  investitsiyalar  (qoʻshma  korxonalar  juda  koʻp)  ko'p

ishlatilmoqda va oqibatda iqtisodiyotning o'sish sur'atlari yuqori (5-10, hatto 14-15 foiz).

Xitoy  Xalq  Respublikasi  ham  1979-yildagi  iqtisodiy  islohotlar  tufayli  taraqqiyot  yo'liga

kirdi (ayniqsa, ochiq iqtisodiy hududlarda o'sish katta).

Shular tufayli bu sohada iqtisodiy ta'limotlarda ham o'ziga xos

yoʻnalishlar yuzaga keldi. Hozirgi davr iqtisodiyotchilari U.Rostou,

R.Emerson,  P.Samuelson  va  boshqalar  kolonializmning  ijobiy  tomonlarini,  uning  qoloq

mamlakatlarga  taraqqiyot  olib  borganligini  bo'rttirib  ko'rsatishga  intilmoqdalar,  Go'yoki

mustamlakalar ilg'or mamlakatlar yordamida o'z mustaqilligini ta'minlashga erishganlar.

Bu  tuzum  ilgʻor  va  qoloq  mamlakatlarga  birdek  naf  keltirgan  deb  hisoblaniladi.

R.Emerson fikricha, kolonializm Sharq xalqlari uchun

taraqqiyot yo'lidan borishga imkoniyat yaratdi.

Ayrim iqtisodchilar kolonializmning salbiy tomonlarini inkor etmagan holda, uni XIX asr

oxiri va XX asrdagi kapitalistik mamlakatlar

«deformatsiya»ga  uchradi,  mustamlaka  davlatlarining  do'stiga  aylandi,  demoqdalar.

«Yaxshi  kolonializm»  iqtisodiy  rivojlanishni  rag'batlantiradi,  bu  davlatlarning  o'z-o'zini

boshqarishini ta'minlaydi.

 

 



 

 

 



 

 

 



Download 41,56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish