Maxsus tayyorgarlik kolleji, 1976 yilda tashkil etilgan yalpi tipdagi o‘quv yurtidir. U faqat yuqori malakali mutaxassis tayyorlabgina qolmay, balki madaniy saviyani o‘stirishni ta’minlaydi. O‘qish muddati 1 yil, kurs 800 soatdan iborat. Bu kollej bitiruvshilari dorilfununning tegishli kurslariga qabul qilinmaydilar.
Ilmiy faoliyat
Yaponiya yuksak ilmiy qudratga ega mamlakatdir. U dunyoda ta’limni rivojlantirishga mablag` sarf etishda AQShdan keyin ikkinchi o‘rinda turadi. Mamlakatda ilmiy izlanishlarga xususiy sektorni ham qo‘shib hisoblaganda, umumiy fanni rivojlantirishga ajratilgan mablag`ning beshdan to‘rt qismi ajratilmoqda. Keyingi 10-15 yilda tabiatshunoslik va texnologiya sohasidagi oliy o‘quv yurtlari rivojlantirildi, bunga ilmiy izlanishlarga mo‘ljallangan mablag`ning qariyb 60 foizi sarf etildi.
Dorilfununlar qoshida ilmiy-tadqiqot markazlari tuzilib, unda olimlar mustaqil ilmiy tadqiqot markazlari tuzilib, unda olimlar mustaqil ilmiy-tadqiqot ishlari olib boradilar. Mamlakatdagi 32 foiz ilmiy-tadqiqot ishlarini dorilfununlarning olimlari bajarmoqdalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |