Daryo h’avzasi geologik tuzilishining tasiri
Daryolar to’yinishida ishtirok etadigan er osti suvlarining to’planish va sarflanish sharoiti h’avzaning geologik tuzilishiga bog’liqdir. Shu bilan bir qatorda tog’ jinslarining litologik tarkibi, suv o’tkazmas qatlamlarning joylashish chuqurligi oqim h’osil bo’lishiga, uning miqdoriga h’amda yil ichida taqsimlanishiga tasir etadigan jiddiy omillardan h’isoblanadi.
Malumki, suvni yaxshi o’tkazadigan tog’ jinslaridan iborat qatlamlar ko’p miqdordagi suvni o’ziga shimib oladi. Bunday sharoitda ular nam to’plagichlar vazifasini o’tab, yil davomida daryolarning er osti suvlari bilan bir tekis to’yinishini taminlaydi.
Karst h’odisalari keng tarqalgan h’ududlarda (Siluriy platosi, Qrimdagi Yayla) daryo h’avzasi geologik tuzilishining oqim h’osil bo’lishiga tasiri yanada yaqqol seziladi. Bunday maydonlarda daryolar deyarli uchramaydi, chunki yog’inning asosiy qismi er ostiga shimilib, natijada yuza oqim h’osil bo’lmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |