Daryo oqiziqlarining h’osil bo’lishi va unga tasir etuvchi omillar
Daryo oqiziqlari deb suv oqimi bilan birgalikda h’arakatlanadigan va o’zan h’amda qayir yotqiziqlarini h’osil qiluvchi qattiq zarrachalarga aytiladi. Daryo oqiziqlari suv to’plash h’avzasi yuzasidan va daryo tizimi o’zanlaridan bo’ladigan yuvilish h’isobiga, boshqacha qilib aytganda, suv eroziyasi natijasida h’osil bo’ladi.
Suv eroziyasi mah’sulotlari daryolarni oqiziqlar bilan taminlab turuvchi asosiy omildir. U yonbag’ir va o’zan eroziyasiga bo’linadi. YOnbag’ir eroziyasi daryolar o’zaniga kelib qo’shiladigan yuza suvlar tasirida er yuzasining yuvilishi bo’lib, u yuza yuvilish va chuqurlik bo’yicha yuvilish ko’rinishlarida uchraydi. Chuqurlik bo’yicha yuvilishni o’pirilish va jarliklar h’osil bo’lishi bosqichiga o’tishi jarlik eroziyasi ni keltirib chiqaradi. Bunday jarliklar daryo qirg’oqlarida va suvayirg’ich chizig’iga yaqin joylarda h’osil bo’ladi. Umuman olganda, jarlik h’osil bo’lishi tabiiy sharoitlar, jumladan, er yuzasini tashkil etgan jinslarning tarkibi bilan chambarchas bog’liq bo’lib, ko’chkin ketish, surilish natijasi h’amdir.
Daryo oqiziqlarining h’osil bo’lishida tabiiy va ximiyaviy emirilishlarning h’am roli katta. Tabiiy emirilish h’avo h’aroratining tebranishi bilan bog’liqdir. Quyosh radiatsiyasining miqdoriga bog’liq h’olda tog’ jinslari kengayishi yoki torayishi mumkin. Malumki, turli jinslarning kengayish koeffitsientlari turlichadir. Mana shu h’olat tog’ jinslarida yoriqlar h’osil bo’lishiga, darz ketishiga sabab bo’ladi. Tog’ jinslarining darz ketgan oraliqlariga suv tushadi. Harorat pasaygach suv yaxlab, kengayadi. Kengayish natijasida jinslarning bo’laklarga ajralishi (emirilishi) tezlashadi. Bu jarayon uzluksiz davom etadi. Bunday tabiiy emirilish balandlik ortib borishi bilan kuchayib boradi, chunki baland tog’li h’ududlarda h’arorat keskin o’zgarib turadi.
Ximiyaviy emirilishda asosiy o’rinlarni er osti suvlari va h’avo egallaydi. Bu jarayon issiq va shu bilan birga nam iqlimli rayonlarda tez kechadi. Ximiyaviy emirilishga oh’aktoshlar, dolomitlar juda oson beriladi. Karst h’odisalari ximiyaviy emirilishlar natijasidir.
Tabiiy va ximiyaviy emirilishlar (nurashlar) tasiriga uchragan jinslarning og’irlik kuchi, suv, shamol, muzliklar tasirida yonbag’irlarda siljishiga, h’arakatga kelishiga denudatsiya jarayoni deyiladi. Tog’ qoyalarining qulashi, ko’chki ketishi, yonbag’irlarning surilishi kabi h’odisalar denudatsiyaning ayrim ko’rinishlaridir.
Yuqorida aytilgan jarayonlarning h’ammasi daryo oqiziqlari uchun mah’sulot tayyorlaydi. Havzaga yoqqan atmosfera yog’inlari, erigan qor va muzlik suvlari ana shu mah’sulotlarning bir qismini oqizib, daryoga keltirib quyadi. Daryoga keltirib quyilgan mah’sulotlarning daryo suvi bilan birgalikda olib ketilishi tranzit deyiladi. Tabiiy, asosan relef sharoitlarining o’zgarishi tufayli suvning oqish tezligi kamayishi natijasida oqiziqlarning cho’kib, yotqiziqlar h’osil qilishi akkumulyatsiya deb ataladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |