20
energiyasi tarqatadigan yoruglik nuri oqimidan iborat. Yadroviy portlash
jami energiyasining taxminan 35 % i yoruglik nurlanishiga togri keladi.
Yoruglik nuri tarqalishi 815 soniya davom etadi, bu nur faqat togri
yonalishda tarqaladi. Shaffof bolmagan har qanday tosiq yoruglik
nurlanishi tasiridan saqlab qoladi.
Yoruglik nurlanishi katta masofalarga bir lahzada tarqalib, turli mate-
riallarni eritish, yondirish, himoyalanmagan odamlar va hayvonlarni kuydi-
rish yoki kozni zararlash, ormon va aholi punktlarida yongin chiqarish
xususiyatiga ega.
Moddalarning yoruglik nurlanishidan
zaharlanishi ularning qay
darajada qizdirilganiga bogliq boladi. Moddalarning qizishi esa, oz
navbatida, quyidagi omillarga: yoruglik impulsining kuchiga, moddalarning
xususiyatiga, moddalarning issiqlikni yutish koeffitsiyentiga, namligiga,
yonuvchanligiga bogliq. Qora rang mato oq rangdagiga qaraganda yoruglik
nurini kop yutadi. Masalan, qora rangli mato 99 %, moshrang (xaki) mato
60 %, oq rang mato esa 25 % yoruglik energiyasini yutadi.
Yoruglik nurlanishi kozga tushganda (ayniqsa tunda, chunki koz
qorachigi kengaygan boladi) koz qamashishi kuzatiladi. Koz qamashishi
vaqtincha davom etadi. Bunga sabab kozdagi rodopsin pigmentining
(toq qizil rang) kamayishidir. Agar nur yaqin masofadan kozga tasir
qilsa, kozning torpardasi kuyadi va turgun korlik holati vujudga keladi.
Shuning uchun osmonda birdan chaqnash yuz berganda unga qarash
mumkin emas.
Otuvchi (singuvchi) radiatsiya
yadroviy portlashda chiqadigan
korinmas va sezilmas gamma-nurlar hamda neytronlar oqimidan iborat.
Bunga yadroviy portlash energiyasining taxminan 5% i sarflanadi. Yadroviy
portlash sodir bolgandan 1520 soniya otgach, yadro va termoyadro
reaksiyasi natijasida gamma-nurlar, neytronlar oqimi,
alfa va beta-zarra-
chalarning juda kuchli oqimi tarqaladi.
Otuvchan radiatsiyadan saqlanish uchun pana joy va inshootlardan
foydalaniladi. Himoya qiluvchi vositalarning zichligi qancha yuqori bolsa, u
gamma-nurlarni ozida shuncha kop tutib qoladi.
Otuvchan radiatsiya tirik toqimalar molekulalarini ionlashtirib, orga-
nizmning hayotiy faoliyatini buzadi va insonni turli darajadagi nur
kasalligiga yoliqtiradi, bazan esa halok qiladi. Odamga kam radiatsiya qisqa
vaqt davomida tasir etganda organizmda sezilarli ozgarishlar yuz bermaydi.
Hozirgi vaqtda nur kasalligi kechishiga kora: yengil, ogir va ota ogir
turlarga bolinadi.
21
Joylarning radioaktiv moddalardan zararlanishi
yadroviy portlash
natijasida hosil boladi, bunda yadroviy portlash energiyasining taxminan
10 % i sarflanadi.
Yadro portlashi natijasida hosil bolgan kop
miqdordagi radioaktiv
moddalar havo oqimiga ergashib, portlash markazidan onlab, yuzlab
kilometr masofalarga tarqaladi. Havo turar joylar, suv manbalari,
qishloq
xojaligi mahsulotlari va boshqa narsalarni zararlaydi. Zararlangan joylardagi
radioaktiv moddalar odam va hayvonlarga sirtdan tasir korsatadi. Mazkur
moddalar ovqat, suv orqali organizmga tushib, ichdan tasir korsatadi,
oqibatda odam va hayvonlarda turli darajadagi nur kasalligi paydo boladi.
Yadro zaryadi yerda portlatilganda olovli sharning yerga tegishi tufayli
yer yuzasining qatlami erib ketadi va portlash mahsulotlari bilan qoshilgan
tuproq zarba tolqini yordamida uzoq joylarga sochiladi. Portlash yuz bergan
joyda hosil bolgan yuqoriga intiluvchi havo oqimi quyun singari uyurilib,
yerdagi chang, qum-tuproqlarni yuqoriga olib chiqib ketadi. U portlash
mahsulotlariga aralashib, qoziqorin shaklidagi bulutni hosil qiladi. Hosil
bolgan bulut shamol esgan tomonga asta-sekin harakatlanib, uzoq
masofalarga tarqaladi. Buning natijasida kop joylarga radioaktiv moddalar
tushadi va zararlanish hosil boladi. Radioaktiv moddalar bilan qoshilgan
bulut otgan joylarda choziq elliðssimon radioaktiv «iz» qoladi (2-rasm).
Radioaktiv bulut qoldirgan «iz» radioaktiv moddalar izi oqidan
qancha
uzoqlashsa, radiatsiya darajasi shuncha kam boladi va odam organizmiga
kam tasir korsatadi.
Elektrmagnit impulsi va ikkilamchi zararlovchi omillar.
Yadro zaryad-
larining portlashi natijasida havoning ionlashishi kuzatiladi, hosil bolgan
2-rasm.
Yadro zaryadi portlashi natijasida hosil bolgan radioaktiv «iz».
22
elektronlarning yuqori tezlikda harakati tufayli elektrmagnit maydoni paydo
boladi. Buning natijasida elektrmagnit razryadi va tok yuzaga keladi.
Atmosferada paydo bolgan elektrmagnit impuls chaqmoq singari tarqalgan
holda antennalarda, kabellarda, elektr uzatish tarmoqlarida va simlarda kuch-
lanishga ega bolgan tok hosil qiladi.
Yer yuzida va havoning past qismlarida yadro zaryadi portlatilganda
elektr impulsning shikastlovchi tasiri portlash
markazidan bir necha
kilometr uzoqlikda kuzatiladi. Yer yuzidan ancha balandlikda va havoda
portlatilgan yadro zaryadi natijasida elektrmagnit impuls maydoni,
portlash markazida va yer yuzasidan 2040 kilometr balandlikda ham
elektrmagnit impuls maydoni hosil bolishi kuzatiladi. Kuchlanish maydoni
hosil bolgan elektrmagnit maydonining shikastlovchi omili bolib hisoblanadi.
Kuchlanish maydonining kuchliligi portlatilgan yadro zaryadining quvvatiga,
portlatish balandligiga, portlash markazidan uzoqligiga va atrof-muhit
xossasiga bogliq boladi.
Hosil bolgan tok avtomat ochirish
moslamalarini ishdan chiqaradi,
radioapparatlar, elektr asboblarining buzilishiga olib keladi, buning natijasida
shu asboblar bilan ishlayotgan odamlar elektr tokidan shikastlanishlari
mumkin.
Yadro zaryadi portlashi natijasida hosil bolgan elektrmagnit impulslardan
himoyalanish uchun asboblarni ekranlash kerak boladi. Barcha tashqi elektr
uzatish tarmoqlari ikki qavatli simdan bolishi va ular yaxshi izolatsiyalanishi
zarur.
Bunday vayronagarchiliklarning oldini olish uchun harbiy qismlar
joylashgan yer va korxonalarda himoya-muhandislik ishlari otkazilgan
bolishi kerak (3-rasm).
3-rasm.
Xandaqning radioaktiv nurlarni susaytirish xususiyati.
100%
40%
10%
23
Yadro zaryadi portlaganda aholi harakatlari quyidagilardan iborat:
1) zarba (portlash) tolqinidan dala sharoitida himoyalangan chuqur
joylardan foydalanish kerak;
2) shaffof bolmagan har qanday tosiq yoruglik nurlanishi tasiridan saqlab
qolishi mumkin;
3) otuvchan radiatsiyadan saqlanish uchun pana joylar va inshootlardan
foydalaniladi;
4) shaxsiy himoya vositalaridan foydalanish zarur.
3.2. Kimyoviy qurollar
Do'stlaringiz bilan baham: