1. Nutqning kommunikativ sifatlari. Nutqning to‘g‘riligi. Nutqning aniqligi


Nutqning to‘g‘riligi uning eng muhim aloqaviy fazilatidir. Nutqning tuzilishi to‘g‘ri bo‘lmasa, uning mantiqiyligi, aniqligi, maqsadga muvofiqligiga ham putur yetadi



Download 188,5 Kb.
bet2/11
Sana16.04.2022
Hajmi188,5 Kb.
#557941
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
9-mavzu

Nutqning to‘g‘riligi uning eng muhim aloqaviy fazilatidir. Nutqning tuzilishi to‘g‘ri bo‘lmasa, uning mantiqiyligi, aniqligi, maqsadga muvofiqligiga ham putur yetadi.
Nutq to‘g‘ri bo‘lishi uchun, asosan, ikki me’yorga – aksentologik (urg‘uni to‘g‘ri qo‘yish) va grammatik me’yorga qattiq amal qilish lozim bo‘ladi.
Ma’lumki, so‘zdagi urg‘uning ko‘chishi ko‘p hollarda ma’noning o‘zgarishiga olib keladi. Urg‘uga e’tibor bermaslik natijasida nutqdagi ifodalarning to‘g‘riligi buziladi. Bu holat olma-olma, hozir-hozir, yigitcha-yigitcha, o‘quvchimiz-o‘quvchimiz, bog‘lar-bog‘lar, yangi-yangi kabi qator so‘zlarda urg‘uning bir bo‘g‘indan ikkinchi bo‘g‘inga ko‘chirilishi va nutqda bunga e’tibor bermaslik natijasida sodir bo‘ladi.
Gap tarkibidagi muayyan bir so‘zga tushadigan mantiqiy urg‘uning ham ma’noni farqlashdagi xizmati katta. Mantiqiy urg‘u ham gap mazmunining o‘zgarishiga sababchi bo‘la oladi.
Grammatik me’yorga rioya qilish deganda gap tuzish qoidalaridan to‘g‘ri foydalanish, o‘zak va qo‘shimchalarni qo‘shishda xatoga yo‘l qo‘ymaslik, kelishik qo‘shimchalarini o‘z o‘rnida qo‘llash, ega va kesimning mosligiga rioya qilish, ikkinchi darajali bo‘laklarni to‘g‘ri qo‘llash, so‘zlarning bog‘lanish qonuniyatlariga amal qilish kabilar tushuniladi. Muloqot jarayonida bunday grammatik me’yorlariga amal qilmaslik natijasida nutqning to‘g‘riligi buziladi.
Nutqning aniqligi deganda uning, undagi til birliklarining o‘zi ifodalayotgan voqelikka mutlaqo mos va muvofiq kelishi tushuniladi.
Aniqlik nutqning muhim fazilatlaridan biri sifatida qadimdan ma’lum. g‘arb mutafakkirlari ham, Sharq olimlari ham aniqlikni nutq sifatlarining birinchi sharti deb hisoblanganlar. Aristotel: Agar nutq noaniq bo‘lsa, u maqsadga erishmaydi», - degan bo‘lsa, Kaykovus: «Ey farzand, so‘zning yuz va orqa tomonini bilgil, ularga rioya qilgil, so‘zlaganda ma’noli gapir, bu notiqlikning alomatidir. Agar gapirgan vaqtingda so‘zning qanday ma’noga ega ekanligini bilmasang, qushga o‘xshab qolasan...» deydi.
Aniqlik nutqning fazilati sifatida fikrni yorqin ifodalash qobiliyati bilan, nutq predmetining ma’nosi bilan, nutqda ishlatilayotgan so‘z ma’nolarini bilish bilan bog‘liq bo‘ladi. Agar notiqning o‘zi fikr yuritmoqchi bo‘lgan nutq predmetini yaxshi bilsa, unga mos so‘zlar tanlasa, uning nutqi aniq bo‘ladi.



Download 188,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish