1. Narxining arzonligi. Mеtall armaturaga nisbatan ancha arzon



Download 0,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana15.12.2022
Hajmi0,8 Mb.
#886711
  1   2
Bog'liq
конструкция-33-38 (2)



33 
1.Narxining arzonligi.Mеtall armaturaga nisbatan ancha arzon. 
2.Еngilligi. Po’lat armaturaga nisbatan 5-10 barobar arzon 
3.Mustaxkamliginig yuqoriligi. Mеtall armaturaning mustaxkamlik chеgarasi 
400MPa, shisha-plastik armaturaninki- 1100 MPa 
4.Korroziyaga chidamliligi. 
5.Issiqlik o’tkazuvchanligining pastligi. 
6.Tashishning qulayligi. 
7.Armaturalangan bеtonda yoriq hosil bo’lmasligi. 
8.Dielеktrik xususiyatlarga ega ekanligi. 
NAZORAT SAVOLLARI 
1.
Po’lat armaturaning qanday turlari mavjud? 
2.
Po’lat armaturaning fizik-mexanik xossalariga nimalar kiradi? 
3.
Po’lat armaturaning me’yoriy va hisobiy qarshiliklari qanday aniqlanadi? 
4.
Kompozit armaturaning qanday turlari mavjud? 
 
 
5-MA’RUZA 
ARMATURA BUYUMLARI. TЕMIRBЕTON 
KONSTRUKSIYALARNIARMATURALASH 
 
RЕJA 
5.1. Armatura buyumlari. 
5.2. Tеmirbеton konstruksiyalarni armaturalash. 
5.3. Armatura buyumlarini tayyorlash. 
 
Tayanch so‘z va iboralar 
 
Payvandlangan sim to’rlar, payvandlangan karkaslar, betonning anizotropligi, 
temirbeton, temirbetonning afzalliklari, temirbetonning kamchiliklari, konstruktiv va montaj 
armaturalar, yig’makonstruksiyalar, yaxlit konstruksiyalar, yig’ma–yaxlit konstruksiyalar, 
o’rama va yassi to’rlar, to’qima to’r va karkaslar, chokli payvandlab birlashtirtish, yoyli 
payvandlab birlashtirish, payvandlamay birlashtirish. 
 
5.1. ARMATURA BUYUMLARI 
Тemirbeton elementlari payvandlangan sim–to’r yoki karkaslar, alohida 
sterjenlardan to’qilgan armaturalar, bikir prokat profillar va boshqalar bilan 
armaturalanadi. 
Payvandlangan sim to’rlar (5.1–rasm). asosan plitali konstruksiyalarda 
ishlatiladi. Ishchi armaturalarni joylashishiga qarab, ular uch xil bo’ladi:
1) bo’ylama ishchi armaturali;
2) ko’ndalang ishchi armaturali;
3) ikki yo’nalishda ham ishchi armaturali.
Standart sim to’rlar diametrik 4–5 mm bo’lgan Vr–I sinfli va diametri 6–8 
mm bo’lgan A–III sinfli, hamda diametri 40 mm gacha bo’lgan A–I, A–II, A–III
sinfli armaturalardan tayyorlanadi. Sim to’rlar yassi va o’ramli (rulonli) bo’ladi. 


34 
O’ramli sim to’rlarning maksimal diametri 5 mm gacha bo’ladi, yassi sim 
to’rlarning uzunligi 9 m gacha bo’ladi. 
Payvandlangan karkaslar chiziqli elementlarni (to’sin, ustun va sh. o’.) 
armaturalash uchun ishlatiladi. Ular yassi va fazoviy bo’ladi (5.2 – rasm). 
Agar oldindan zo’riqtirilmagan ishchi armatura sifatida A–IV, A–V sinfli va 
termik puxtalangan armaturalar (payvandlanmaydigani) ishlatilsa, to’qilgan 
karkaslar qo’llaniladi. 
Тemirbetonning mohiyati.Тosh va yog’och ibtidoiy odamning dastlabki 
qurilish materiali hisoblangan. Keyinchaliq inson xom g’isht, pishiq g’isht va 
beton tayyorlashni o’rgandi. 
Beton siqilishga yaxshi, cho’zilishga sust qarshilik ko’rsatadigan sun’iy 
materialdir. Betonning cho’zilishga bo’lgan mustahkamligi siqilishga nisbatan 10 – 
20 marotaba kam. Shuning uchun ham uni anizotrop material deyiladi. Anizotrop 
materiallar – turli xil yo’nalish bo’yicha xossalari har xil bo’lgan materiallardir.
5.1–rasm. Payvandlangan sim to’rlar 


35 
5.2–rasm. Yassi payvandlangan karkaslar 
Betonning anizotropligi beton va temirbeton konstruksiyalarni hisoblashda 
jiddiy qiyinchiliklarga olib keladi. Beton cho’zilishga sust qarshilik ko’rsatganligi 
sababli armaturasiz to’sin ko’p yuk ko’tara olmaydi.
Agar to’sinning cho’zilish zonasiga armatura joylansa, to’sinning yuk 
ko’tarish qobiliyati ancha (taxminan 20 marotaba) ortadi. Siqilishga ishlaydigan 
temirbeton elementlari ham po’lat sterjenlar bilan armaturalanadi. Po’lat siqilishga 
ham, cho’zilishga ham yaxshi qarshilik ko’rsatganligi tufayli siqiluvchi 
elementning yuk ko’tarish qobiliyatini ancha oshiradi. 
Po’lat armatura joylashgan beton temirbeton deb ataladi. Тemirbetondan 
ishlangan qurilish konstruksiyasi temirbeton konstruksiyasi deb yuritiladi. 
Quyidagi sabablar beton bilan po’lat armaturaning birgalikda ishlashiga 
sharoit yaratadi: 
1. Beton qotish jarayonida po’lat armaturaga mahkam yopishadi (tishlanadi); 
2. Zich beton po’lat armaturani zanglashdan va yong’indan asraydi; 
3. Po’lat bilan og’ir betonning harorat ta’sirida chiziqli kengayish 
koeffitsiyentlari bir–biriga juda yaqin (beton uchun 

b
= (1 – 1,5)10
–5
; armatura 
uchun esa 

s
= 1,2.10
–5
). 
Ana shu uchta muhim xossa tufayli temirbeton konstruksiyalarini yaratish 
imkoniyatiga ega bo’lindi. Ammo temirbetonning afzallik va nuqsonlari ham bor. 
Тemirbetonning quyidagi afzalliklari uning qurilishda keng tarqalishiga 
imkon yaratdi: o’ta mustahkamligi, ko’pga chidamliligi, olovbardoshligi
zilzilabardoshligi, mahalliy materiallardan foydalanish imkoniyati, konstruksiyaga 
istalgan shakl berish imkoniyati. 
Quyidagilar temirbetonning kamchiliklariga kiradi:

vaznining og’irligi;

issiqlik va tovushni oson o’tkazishi;

mustahkamlash va tuzatishning qiyinligi;


36 

yorilishi mumkinligi;

beton yotqazilgach, armatura holatini tekshirish qiyinligi va hokazo. 

Download 0,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish