1. mustaqil ishni tashkil etishning shakli va mazmuni



Download 388,71 Kb.
Pdf ko'rish
Sana01.01.2020
Hajmi388,71 Kb.
#31822
Bog'liq
4 илова MUSTAQILISHNI TASHKIL ETISHNING SHAKLI VA MAZMUNI111


MUSTAQIL TA‟LIM MASHGULOTLARI

 

546 



1.  MUSTAQIL ISHNI TASHKIL ETISHNING SHAKLI VA 

MAZMUNI 

 

Talaba  mustaqil    ishi  (TMI)  -  muayyan  fandan  o„quv  dasturida  belgilangan 



bilim,  ko„nikma  va  malakaning  ma‟lum  bir  qismini  talaba  toionidan  fan 

o„qituvchisi  maslahati  va  tavsiyalari  asosida  auditoriya  va  auditoriyadan  tashqari 

o„zlashtirilishiga yo„naltirilgan tizimli faoliyatidir. 

«Farmatsevtik injiniring” fanidan talabalar tomonidan ishni bajarishi talabalar 

bilimini  nazorat  qilish  va  baholashning  reyting  tizimi  Nizomi  talablari  asosida 

nazorat qilinadi. Shuning uchun har bir professor – o„qituvchi dastlab talabada o„z 

qobiliyati  va  aqliy  imkoniyatlariga  ishonch  uyg„otish,  ularni  sabr  –  toqat  bilan, 

bosqichma – bosqich mustaqil bilim olishini to„g„ri tashkil qilishga o„rgatib borishi 

lozim  bo„ladi.  Talabalar  tomonidan  mustaqil  ravishda  o„zlashtiradigan  bilim  va 

ko„nikmalarning  kursdan  –  kursga  murakkablashib,  kengayib  borishini  hisobga 

olgan  holda  ularning  tashabbuskorligini    oshirib  borish  zarur.  Shunda  mustaqil 

ta‟limga  ko„nika  boshlagan  talaba  faqat  o„qituvchi  tomonidan  belgilab  berilgan 

ishlarni bajaribgina qolmay, o„zining extiyoji, qiziqishi va qobiliyatiga qarab, o„zi 

zurur  deb  hisoblagan  qo„shimcha  bilimlarni  ham  mustaqil  ravishda  tanlab 

o„zlashtirishga o„rganib boradi. 

Talabalar    «Farmatsevtik  injiniring”fanidan  mustaqil  ishlarining  shakli  va 

hajmini belgilashda quyidagi jihatlar e‟tiborga olinishi lozim: 

-o„qish bosqichi; 

-muayyan  fanning  o„ziga  xos  xususiyati  va  o„zlashtirishdagi  qiyinchilik 

darajasi; 

-talabaning qobiliyati hamda nazariy va amaliy tayyorgarlik darajasi (tayanch 

bilimi); 

-fanning axborot manbalari bilan ta‟minlanganlik darajasi; 

-talabaning axborot manbalari bilan ishlay olish darajasi. 

TMI  ni  tashkil  etishda  talabaning  akademik  o„zlashtirish  darajasi  va 

qobiliyatini xisobga olgan holda quyidagi shakllardan foydalanish mumkin: 

-fanning  ayrim  mavzularini  o„quv  adabiyotlari  yordamida  mustaqil 

o„zlashtirish, o„quv manbalari bilan ishlash; 

-amaliy, seminar va laboratoriya mashg„ulotlariga tayyorgarlik ko„rib kelish; 

-ma‟lum mavzu bo„yicha referat tayyorlash; 

-kurs ishi (loyihalari) ni bajarish; 

-bitiruv malakaviy ish va magistrlik dissertatsiyasi uchun materiallar to„plash; 

-maket, model va badiiy asar ustida ishlash; 

-amaliyotdagi  mavjud  muammoning  yechimini  topish,  test,  munozarali 

savollar va topshiriqlar tayyorlash; 

-ilmiy maqola, tezislar va ma‟ruza tayyorlash; 

-uy vazifalarini bajarish va boshqalar; 

Mavzuni  mustaqil    o„zlashtirish.  Faning  hususiyati,  talabalarning  bilim 

darajasi  va  qobiliyatiga  qarab  ishchi  o„quv  dasturiga  kiritilgan  alohida  mavzulari 

talabalarga  mustaqil  ravishda  o„zlashtirish  uchun  topshiriladi.  Bunda  mavzuning 



MUSTAQIL TA‟LIM MASHGULOTLARI

 

547 



asosiy  mazmunini  ifodalash  va  ochib  berishga  xizmat  qiladigan  tayanch  iboralar, 

mavzuni tizimli bayon qilishga xizmat qiladigan savollarga e‟tibor qaratish, asosiy 

adabiyotlar va axbarot manbalarini ko„rsatish lozim. 

Topshiriqni  bajarish  jarayonida  talabalar  mustaqil  ravishda  o„quv 

adabiyotlaridan  foydalanib  mavzuni  konspektlashtiradilar,  tayanch  iboralarni 

anglagan holada mavzuga taalluqli savollarga javob tayyorlaydilar. 

Referat tayyorlash. Talabaga qiyinchilik darajasi uning shaxsiy imkoniyatlari, 

qobiliyati  va  bilim  darajasiga  muvofiq  bo„lgan  biror  mavzu  bo„yicha  referat 

tayyorlash  topshiriladi.  Bunda  talaba  asosiy  adabiyotlardan  tashqari  qo„shimcha 

adabiyotlardan  (monografiyalar,  ilmiy  uslubiy  maqolalar,  internetdan  olingan 

ma‟lumotlar,  elektron  kutubxona  materiallari  va  h.k.)  foydalanib  materiallar 

yig„adi,  tahlil  qiladi,  tizimga  soladi  va  mavzu  bo„yicha  imkon  darajasida  to„liq, 

keng ma‟lumot yerishga  harakat qiladi. Zarur hollarda o„qituvchidan maslahat va 

ko„rsatmalar  oladi.Yakunlangan  referat  kafedrada  ekspertlar  ishtirokida  himoya 

qilinadi. 

Ko„rgazmali vositalar tayyorlash. Talabaga muayyan mavzuni bayon qilish va 

yaxshiroq o„zlashtirish uchun yordam beradigan ko„rgazmali materiallar (jadvallar, 

chizmalar,  rasmlar,  harakatlar,  maketlar,  modellar,  grafiklar,  namunalar    va  h.k.) 

tayyorlash  topshiriladi.  Mavzu  o„qituvchi  tomonidan  aniqlanib,  talabaga  ma‟lum 

ko„rsatmalar, yo„l-yo„riqlar beriladi. Ko„rgazmali vositalarning miqdori, shakli va 

mazmuni  talaba  tomonidan  mustaqil  tanlanadi.  Bunday  vazifani  bir  mavzu 

bo„yicha bir nechta talabaga topshirish ham mumkin. 

Mavzu  bo„yicha  testlar,  munozarali  savollar  va  topshiriqlar  tayyorlash. 

Talabag  muayyan  mavzu  bo„yicha  testlar,  qiyinchilik  darajasi  har  xil  bo„lgan 

masalalar va topshiriqlar, munozaraga asos bo„ladigan savollar tuzish topshiriladi. 

Ilmiy maqola, tezislar va ma‟ruzalar tayyorlash. 

Talabaga  biron  bir mavzu bo„yicha (mavzuni talabaning o„zi tanlashi ham 

mumkin)  ilmiy  (referativ)    xarakterda    maqola,  tezis  yoki    ma‟ruza  tayyorlash 

topshirilishi  mumkin.  Bunda  talaba  o„quv  adabiyotlari,  ilmiy  –  tadqiqot  ishlari, 

dissertatsiyalar,  maqola  va  monografiyalar  hamda  boshqa  axborot  manbalaridan 

mavzuga tegishli materiallar to„playdi, tahlil qiladi, zarurlarini ajratib olib, tartibga 

soladi,  shaxsiy  tajribasi  va  bilimi,  ilmiy  natijalariga  asoslangan  holda 

qo„shimchalar,  izohlar  kiritadi,  o„z  nuqtai-  nazarini  bayon  etadi  va  asoslaydi. 

Bunda talaba o„qituvchi bilan hamkorlikda ishlaydi. 

Tayyorlangan maqola, tezis yoki ma‟ruza kafedrada himoya qilinadi. 

Talaba mustaqil ishini samarali tashkil etishda: 

- tizimli yondoshish; 

- barcha bosqichlarini muvofiqlashtirish va uzviylashtirish; 

- bajarilishi ustidan qat‟iy nazorat o„rnatish; 

- tashkil etish va nazorat qilish mexanizmini takomillashtirib borish zarur. 

 

2. MUSTAQIL ISHNI BAJARISH BO‘YICHA TAVSIYALAR 

«Farmatsevtik  injiniring”  fanining    xususiyatidan  kelib  chiqib  talabalar 

mustaqil  ish  shakllarini  erkin  tanlashi  mumkin.  Topshirqlar  puxta  o„ylab,  ishlab 


MUSTAQIL TA‟LIM MASHGULOTLARI

 

548 



chiqlgan  va  ma‟lum  maqsadga  yo„naltirilgan  bo„lishi,  talabalarning  auditoriya 

mashg„ulotlarida olgan bilimlarini mustahkamlashi, chuqurlashtirish, kengaytirish 

va to„ldirishda xizmat qiladi. 

Darslik yoki o„quv qo„llanmalar, tarqatma materiallar bo„yicha fanlar boblar 

va  mavzularni  o„rganish,  konspekt  qilish.Bunda  mavzuning  asosiy  mazmunini 

ifodalash  va  ochib  berishga  xizmat  qiladigan  tayanch  iboralar,  mavzuni  tizimli 

bayon qilishga xizmat qiladigan savollarga e‟tibor qaratish, asosiy adabiyotlar va 

axborot manbalarini ko„rsatish lozim. 

Topshiriqni bajarish jarayonida talabalar mustaqil ravishda “Biofaol moddalar 

texnologiyasi”  faniga  oid  o„quv  adabiyotlaridan  foydalanib  ushbu  mavzuni 

konspektlashtiradilar,  tayanch  iboralarning  mohiyatini  anglagan  holda  mavzuga 

taalluqli savollarga javob tayyorlaydilar. 

Mavzuni  bayon  etish  uchun  dars  jarayonidagi  reja  asosida  va  uning 

qo„shimcha qilgan holda konspektlashtirishlari lozim. Shuningdek, mavzuga doir, 

tayanch iboralar va ularga izoh beruvchi Glossariylardan tuzilishi lozim. Tayanch 

iboralar soni mavzuning ko„lamidan kelib siqqan holda 15 tadan kam bo„lmasligi 

lozim.  Topshiriq  ohirida  foydalaniladigan  adabiyotlar  ro„yxati  va  internet  saytlari 

tartibi  bo„yicha  aks  ettirish  lozim.  Zarur  hollarda  (o„zlashtirish  qiyin  bo„lsa, 

savollar  paydo  bo„lsa,  adabiyotlar  yetishmasa,  mavzuni  tizimli  bayon  eta  olmasa 

va h.k.) o„qituvchidan maslahat oladilar. 

 

3.ISHNING REJASINI TUZISH VA 

BAJARILADIGAN ISHLARNI NAZORAT QILISH 

 

3.1. Kafedraning asosiy vazifalari 

Kafedra  tomonidan  mustaqil  ishni  amalga  oshirishda  quyidagi  ishlar  amalga 

oshirish kerak: 

-mustaqil ish mavzularini tasdiqlash va qayta ko„rib chiqish; 

-  talaba  mavzuni  o„rganishda  unga  kerakli  ko„rsatmalar  va  amaliy  yordam 

berish; 


-talabaga ilmiy rahbarlarni tayinlash va biriktirish

-talabaning ishni tayyorlash uchun rejani tasdiqlab berish va uning vazifasini 

bajarishni nazorat qilish; 

-talaba tomonidan bajarilgan ishning sifatiga taqriz berishdan iborat bo„lladi. 

 

 

3.2. Ilmiy  rahbarning vazifalari. 

Talabaning  ilmiy  rahbari  ishga  rahbarlik  qilishda  quyidagi  vazifalarni 

bajarishi kerak: 

-talaba ishni bajarishi uchun vazifani tasdiqlab berish; 

-ishning  rejasini  tuzishda  talabaga  yordam  berish  va  adabiyotlarni  tavsiya 

etish; 


-talabaning  rejasini  tasdiqlashi,  reja  bo„yicha  muntazam  ravishda  ishni 

tekshirishi, maslahatlar va ko„rsatmalar berishi; 



MUSTAQIL TA‟LIM MASHGULOTLARI

 

549 



- talaba ishini bajarishda tashkiliy va uslubiy yo„nalishlar berib brishi. 

 

3.3. Talabaning vazifalari. 

Talaba mustaqil ishni bajarish jarayonida quyidagilarni bajarishi lozim: 

-ishning mavzusini kafedraning talablaridan kelib chiqqan holda tanlash; 

-ilmiy rahbarning tuzib bergan reja asosida berilgan  topshiriqlarni o„z vaqtida 

bajarish; 

-o„rnatilgan  tartib  bo„yicha  mustaqil  ishning  hisobini  o„z  vaqtida  kafedraga 

taqdim etish kerak . 

Talaba  mustaqil  ishni  nazorat  qilish  kafedrada  ishlab  chiqilgan  jadval  va 

fanning texnologik xaritasi asosida olib boruvchi professor – o„qituvchi tomonidan 

amalga  oshiriladi.  Talabaning  reyting  ko„rsatkichlari,  shu  jumladan  mustaqil  ishi 

bo„yicha  fakultetning  an‟anviy  guruh  reyting  oynasida  yoki  maxsus  elektron 

tarmog„ida  yoritib  boriladi.  Talaba  mustaqil  ishning  nazorat  qilish  turlari  va  uni 

baholash mezonlari ishlab chiqiladi va fakultet ilmiy kengashida tasdiqlanadi. 

 «Farmatsevtik  injiniring”fani  bo„yicha  mustaqil  ishlarni  baholash  mezonlari 

talabalarga  o„quv  yili  boshlanishi  oldidan  uslubiy  materiallar  bilan  birgalikda 

tarqatiladi.  Talaba  mustaqil  natijalari  amaldagi  “Oliy  ta‟lim  muassasalarida 

talabalar  bilimini  nazorat  qilish  va  baholashning  reyting  tizimi  to„g„risidagi 

Nizom” asosida amalga oshiriladi. 

«Farmatsevtik  injiniring”fani  bo„yicha  mustaqil  ish  mavzulari  va  baholash 

me‟zoni  kafedraning  yig„ilishi  qaroriga  binoan  amalga  oshiriladi.  “Farmatsevtik 

injiniring”    fani  yuzasidan    mustaqil  ishlari  bo„yicha  o„zlashtirish  muntazam 

ravishda talabalar guruhlarida, kafedra yig„ilishlari va fakultet ilmiy Kengashlarida 

muhokama  etib  boriladi.  Talabaning  mustaqil  ish  materiallari  kafedra  arxivida 

ro„yxatga olinadi va o„quv yili mobaynida saqlanadi. 

«  Farmatsevtik injiniring» fani   bo„yicha   talabaning    mustaqil    ta‟limi    shu  

fanni  o„rganish  jarayonining  tarkibiy  qismi  bo„lib,  uslubiy  va  axborot  resurslari 

bilan  to„la  ta‟minlangan.  Talabalar    auditoriya    mashg„ulotlarida    professor-

o„qituvchilarning  ma‟ruzasini    tinglaydilar,    misol    va    masalalar    echadilar.  

Auditoriyadan  tashqarida  talaba  darslarga  tayyorlanadi,  adabiyotlarni  konspekt 

qiladi,  uy  vazifa    sifatida    berilgan    misol    va    masalalarni    echadi.    Bundan  

tashqari  ayrim    mavzularni    kengroq    o„rganish    maqsadida    qo„shimcha  

adabiyotlarni    o„qib  referatlar  tayyorlaydi  hamda  mavzu  bo„yicha  testlar  echadi. 

Mustaqil ta‟lim natijalari reyting tizimi asosida baholanadi.         

Uyga  vazifalarni  bajarish,  qo„shimcha  darslik  va  adabiyotlardan  yangi  

bilimlarni   mustaqil  o„rganish,  kerakli  ma‟lumotlarni  izlash  va  ularni topish  

yo„llarini  aniqlash,  internet  tarmoqlaridan  foydalanib ma‟lumotlar  to„plash  va  

ilmiy  izlanishlar  olib  borish,  ilmiy  to„garak doirasida  yoki  mustaqil  ravishda  

ilmiy  manbalardan  foydalanib  ilmiy maqola  va  ma‟ruzalar  tayyorlash  kabilar  

talabalarning    darsda    olgan  bilimlarini    chuqurlashtiradi,    ularning    mustaqil  

fikrlash    va    ijodiy    qobiliyatini    rivojlantiradi.    Shuning    uchun    ham    mustaqil  

ta‟limsiz    o„quv    faoliyati  samarali  bo„lishi  mumkin  emas.  Uy  vazifalarini 

tekshirish  va  baholash  amaliy  mashg„ulot  olib  boruvchi  o„qituvchi    tomonidan,  


MUSTAQIL TA‟LIM MASHGULOTLARI

 

550 



konspektlarni  va  mavzuni  o„zlashtirish  darajasini tekshirish  va  baholash  esa  

ma‟ruza    darslarini    olib    boruvchi    o„qituvchi    tomonidan  har  darsda  amalga 

oshiriladi.   

«Farmatsevtik injiniring» fanidan  mustaqil  ish  136 soatni o„z ichiga oladi va  

quyidagi  14  ta  katta  mavzu  ko„rinishida  shakllantirilgan. 

 

 



 

5. «FARMATSEVTIK INJINIRING» FANIDAN 

MUSTAQIL ISH MAVZULARI 

1.    Farmatsevtik ishlab chiqarishda suyqliklarni binolar ichida ta tashqarisida 

tashish va uzatish tezliklarini va vaqt sarflarini aniqlash. 

2.    Farmatsevtika 

texnologiyasida 

suyuqliklarning 

cho‟ktirgichda, 

aralashtirgichda, filtrlashda  xarakat rejimlarini tavsiflash. 

3.    Farmatsevtik  sanoatda  filtrlash  tanlash.  Suspenziyalarni  ajratish  uchun 

qurilmalarni tanlash. 

4.    Farmatsevtik sanoatda nasoslarni tanlash. Nasoslarni uzatish balandligini 

aniqlash.  

5.    Turli  jinsli  sistemalarni  ajratish  apparatlarini  farmasevtik  sanoat 

amaliyotida qo„llanilishi. 

6.    Zamonaviy  aralashtirish  apparatlari  tanlash  va  apparat  o‟lchamlarini 

aniqlash. 

7.    Issiqlik almashinish moslamalarida o‟rtacha haroratlar farqini aniqlash va 

yoqitiladigan issiqlik sarfini hisoblash. 

8.    Qobiqli,  plyonkali  va  rotorli  bug„latish  qurilmalarini  o‟lchamlarini 

aniqlash va issiqlik sarfini hisobi.   

9.    Absorbsiya usullari va apparatlarini farmatsevtika sanoatida qo„llanilishi.  

10.   Zamonaviy  ekstraktorlar,  ularning  tuzilishi,  tanlash  va  sanoatda 

qo„llanilishi 

11.   Zamonaviy  rektifikatsiya  kolonnalarini  o‟lchamlarini  aniqlash  va 

farmatsevtik sanoatida qo„llanilishi mumkin bo‟lgan apparatlarni tanlash. 

12.   Oddiy  xaydashda  harorat  va  konsentratsiyani  boshqarish  va  apparatlarni 

farmatsevtik sanoatda qo„llanilishi 

13.   Maxsus  quritgichlarning  farmatsevtik  sanoati  uchun  tanlash  va 

o‟lchamlarini aniqlash.  

14.   Farmatsevtik  sanoatda  qo„llaniladigan  kristallizatorlar  va  ularning 

o‟lchamlarini aniqlash. 

 

 



 

 

 



 

MUSTAQIL TA‟LIM MASHGULOTLARI

 

551 



 

 

 



№  Mustaqil ish mavzulari 

Mustaqil ta‟limga oid 

topshirik va tavsiyalar 

Soat 


Bajarilish 

muddatlar

1. 


Farmatsevtik 

ishlab 


chiqarishda 

suyqliklarni 

binolar 

ichida 


ta 

tashqarisida 

tashish 

va 


uzatish  tezliklarini  va  vaqt 

sarflarini aniqlash. 

Referat, prezentatsiya,test, 

internet tizimi axborotlari, 

masala, multimedia. 

1,2xafta 



 

Farmatsevtika 



texnologiyasida 

suyuqliklarning 

cho‟ktirgichda, 

aralashtirgichda,  filtrlashda  

xarakat 

rejimlarini 

tavsiflash. 

Referat, prezentatsiya, test, 

internet tizimi axborotlari, 

masala, multimedia. 

10 

3,4 xafta 



 

Farmatsevtik 



sanoatda 

filtrlash 

tanlash. 

Suspenziyalarni 

ajratish 

uchun qurilmalarni tanlash. 

Referat, prezentatsiya, test, 

internet tizimi axborotlari, 

masala, multimedia. 

10 


5,6 xafta 

 



Farmatsevtik 

sanoatda 

nasoslarni 

tanlash. 

Nasoslarni 

uzatish 


balandligini aniqlash.  

Referat, prezentatsiya, test, 

internet tizimi axborotlari, 

masala, multimedia. 

10 

7,8 xafta 



 

Turli 



jinsli 

sistemalarni 

ajratish 

apparatlarini 

farmasevtik 

sanoat 


amaliyotida qo„llanilishi. 

Referat, prezentatsiya, test, 

internet tizimi axborotlari, 

masala, multimedia. 

10 

9,10 xafta 



 

Zamonaviy 



aralashtirish 

apparatlari 

tanlash 

va 


apparat 

o‟lchamlarini 

aniqlash. 

Referat, prezentatsiya, test, 

internet tizimi axborotlari, 

masala, multimedia. 

10 

11,12xafta 



 

Issiqlik 



almashinish 

moslamalarida 

o‟rtacha 

haroratlar  farqini  aniqlash 

va  yoqitiladigan  issiqlik 

sarfini hisoblash. 

Referat, prezentatsiya, test, 

internet tizimi axborotlari, 

masala, multimedia. 

10 


13,14 

xafta 


 

Qobiqli, 



plyonkali 

va 


rotorli 

bug„latish 

qurilmalarini  o‟lchamlarini 

Referat, prezentatsiya, test, 

internet tizimi axborotlari, 

masala, multimedia. 

10 

15,16 


xafta 

 


MUSTAQIL TA‟LIM MASHGULOTLARI

 

552 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 

aniqlash  va  issiqlik  sarfini 

hisobi.   

Absorbsiya 



usullari 

va 


apparatlarini  farmatsevtika 

sanoatida qo„llanilishi.  

Referat, prezentatsiya, test, 

internet tizimi axborotlari, 

masala, multimedia. 

10 


17,18 

xafta 


 

10  Zamonaviy 

ekstraktorlar, 

ularning  tuzilishi,  tanlash 

va sanoatda qo„llanilishi 

Referat, prezentatsiya, test, 

internet tizimi 

axborotlari,masala, 

multimedia. 

10 


19,20 

xafta 


 

11  Zamonaviy 

rektifikatsiya 

kolonnalarini  o‟lchamlarini 

aniqlash  va  farmatsevtik 

sanoatida 

qo„llanilishi 

mumkin 


bo‟lgan 

apparatlarni tanlash. 

Referat, prezentatsiya, test, 

internet tizimi axborotlari, 

masala, multimedia. 

10 


21,22xafta 

 

12  Oddiy xaydashda harorat va 



konsentratsiyani  boshqarish 

va apparatlarni farmatsevtik 

sanoatda qo„llanilishi 

Referat, prezentatsiya, test, 

internet tizimi axborotlari, 

masala, multimedia. 

10 

23,24 


xafta 

 

13  Maxsus 



quritgichlarning 

farmatsevtik  sanoati  uchun 

tanlash  va  o‟lchamlarini 

aniqlash.  

Referat, prezentatsiya, test, 

internet tizimi axborotlari, 

masala, multimedia. 

10 


25,26 

xafta 


 

14  Farmatsevtik 

sanoatda 

qo„llaniladigan 

kristallizatorlar  va  ularning 

o‟lchamlarini aniqlash. 

Referat, prezentatsiya, test, 

internet tizimi axborotlari, 

masala, multimedia. 

10 


27,28 

xafta 


 

 

 



ja‟mi 

136 


 

MUSTAQIL TA‟LIM MASHGULOTLARI

 

553 



Testlar                                Namuna 

1.Real va idеal suyuqlik orasidagi asosiy farqni ko‟rsating 

+bosim ta'sirida absolyut siqilmaydigan, harorat ortishi bilan o‟zgarmaydigan va qovushqoqlikka 

ega bo‟lmagan suyuqlik 

 

-haroratga chidamli   



-tozalangan suyuqlik   

-kontsеntratsiyasi o‟zgarmaydigan suyuqlik 

2.Gidravlikada truba va quvurlar orqali suyuqliklarning harakati qanday masalaga kiradi 

+ichki masala  

-tashqi masala  

 

-asosiy masala  



-ikkinchi arajali masala 

3.Gidrostatikada geometric balandlik nimaga teng   

+suyuqlik ustuni balandligiga 

 

-atmosfеra bosimiga   



-haroratga 

 

-muvozanat xolatiga 



4.Gidrastatikada qonuniyatlari amaliyotda qanday ahamiyatga ega  

+oz harakat bilan yuqori bosim kuchini hosil qilib materialni presslash mumkin   

-bosimni oshirish mumkin 

 

-bosimni kamaytirish mumkin 



 

 

-tezlikni oshiris mumkin 



5.Bosimni aniqlashda pnevmometrik trubkalarda qanday suyuqliklardan foydalaniladi   

+suv, spirt, simob 

 

-spirt, simob   



-suv 

 

-atseton 



6.Suyuqlik tezligi qanday asbob bilan o‟lchanadi   

+pnevmometrik trubka 

 

-to‟siq   



-sterjen 

 

-to‟r 



7.Trubaning qaysi qismida suyuqlik tezligi yuqori bo‟ladi?  

+truba markazida 

 

-truba chetida   



-truba ohirida   

-truba ichida 

8.Qanday trubada suyuqlikni oqish tezligi yuqori bo‟ladi?   

+kichik 


 

-katta   

-me‟yorli 

 

-halqali 



9.Quvurlarda suyuqliklar aralashmasdan parallel tartibli harakati bu 

 

+laminar rejim 



 

-turbulent rejim 

 

-tekis harakat   



-notekis harakat 

10.Suyuqliklar harakatida o‟rtacha tezlikdan foydalanishga sabab   

+ko‟ndalang kesimda suyuqlik zarrachalarining tezliklari har hil   

-oqimning tezligi katta 

 

-oqimning tezligi kichik 



 

MUSTAQIL TA‟LIM MASHGULOTLARI

 

554 



-oqim bir me‟yorda xarakatda 

11.Suyuqlik harakatlanishida bosim yoqotilishiga sababni ko‟rsating 

 

+mahalliy qarshiliklar 



 

-harorat 

 

-qatlam 


 

-cho‟kma 

12.Suyuqliklarni oqich rejimini qaysi kriteriy bilan ifodalanadi 

 

+Reynolds 



 

-Fur‟e   

-Nuselt  

-Prandtl 

13.Suyuqlikni tashishda sorish va uzatish balanligi qanday topiladi 

 

+Bernulli tenglamasi   



-Reynolds Tenglamasi 

 

-Eyler tenglamasi 



 

-Arhimed tenglamasi 

14.Truba quvurlarida nega suyuqlik tezligi kamayadi 

 

+ishqalanish va mahalliy qarshiliklar 



 

-nasos va trubalar holati 

 

-suyuqliklarni ifloslanganligi  



-suyuqlik tarkibi va kontsentratsiyasi 

15.Oqimning uzluksizligini bajarilmaslik shartlarini ko‟rsating 

 

+bosimni kamayishi hisobiga syuqlikni qaynashi va bug‟ hosil bo‟lishi   



-tezlikning keskin o‟zgarish   

-bosimni keskin ortishi 

 

-haroratning doimiyligi 



16.Suyqlikni oqish rejimi qaysi kattaliklarga bo‟g‟liq 

 

+tezlik, diametr, zichlik va qovushqoqlik 



 

-zichlik va qovushqoqlik 

 

-tezlik, diametr, zichlik 



 

-tezlik, diametr 

17.Cho‟ktirish jarayonining afzalligi nimada 

 

+arzon va kam harajatli Jarayon   



-qimmat jarayon 

 

-energiya talab jarayon 



 

-murakkab jarayon 

18.Oddiy filtrlashda suspenziyaga qanday kuchlar ta‟sir qiladi?   

+og‟irlik kuchlari 

 

-inertsiya kuchi 



 

-Arhimed kuchi 

 

-markazdan qochma kuch 



19.Elektrofiltrda qanday kuch ishlatiladi 

 

+elekrostatik   



-energiya 

 

-og'irlik 



 

-markazdan qochma 

20.Filtr to‟sig‟idagi ushlanib qolgan zarrachalar qaysi agent bilan tozalanadi 

 

+havo   



-gaz 

 

-vodorod 



 

-kislorod 



MUSTAQIL TA‟LIM MASHGULOTLARI

 

555 



21.Sentrifugada qanday holat kuzatiladi 

 

+tindirish va zichlash  



-tindirish 

 

-bosish  



-o‟z o‟zidan tinishi 

22.Sentrifugalash holatlarida qanday qonuniyatlar asosida olib boriladi?    

+tindirish-gidrodinamika, zichlashtirish-mexanika   

-gidrodinamika 

 

-mexanika 



 

-gidrostatika 

23.Tindirish jarayonini tez va samarali olib borish uchun qanday qurilmalar tanlanadi 

 

+ko‟p pog‟onali tindirgichlarda 



 

-bir pog‟onali tindirgichlarda  

-ikki pog‟onali tindirgichlarda 

 

-uch pog‟onali tindirgichlarda 



24.Faollangan ko‟mir filtrlashda qanday hususiyatlarga ega? 

 

+mayda qattiq zarrachalarni ushlab qoladi   



-to‟siq   

-to‟ldiruvchi   

-tuzatuvchi 

25.Tsiklonda qanday kuchlar ishlatiladi 

 

+markazdan qochma   



-og‟rlik 

 

-energiya 



 

-bosim 


26.Sеntrifugadan qanday fazalar olinadi 

 

+cho‟kma va suyuqlik fazalari 



 

-qattiq faza 

 

-suyuqlik va gaz fazalar 



 

-gaz va bug‟ fazalar 

27.Filtrning qaysi qismlarida qattiq materiallar ushlanib qoladi 

 

+filtr to‟siqlari 



 

-to‟r 


 

-devor   

-shtutster 

28.Filtrlashda to‟siqlar juda kichik va ular ko‟p bo‟lsa unumdorlikka qanday bog‟liq 

 

+jarayon tezligi kamayadi 



 

-qatlam balanligi ortadi 

 

-qatlam balanligi kamayadi   



-balanligi harorati kamayadi 

29.Gazlarni o‟liq tozalash uchun qanday qurilmalar ishlatiladi 

 

+Вентури skrubberlar 



 

-nasadkali skrubberlar 

 

-batareyali tsiklon 



 

-chang cho‟ktirish kamerasi 

30.Mavxum qaynashda ikkinchi kritik tezlikda nima sodir bo‟ladi? 

 

+gaz oqimi bilan zarrachalarning yoppasiga uchib chiqa boshlashi  



-suv oqimi bilan qattiq zarrachalar aralashishi 

 

-gaz oqimi bilan zarrachalarning tarqalishi   



-suv oqimi bilan qattiq zarrachalar to‟qnashishi 

31.Sanoatda qattiq materiallarni havo oqimi bilan qurilmadan tashish nima dеb nomlanadi? 



MUSTAQIL TA‟LIM MASHGULOTLARI

 

556 



+pnеvmotransport 

 

-ajratish 



 

-qaynash 

 

-mavxum qaynash 



32.Qanday zarrachalarni quvurlarda gaz oqimi bilan tashish oson   

+kichik va engil 

 

-katta   



-me‟yorli 

 

-aralash 



33.Mavxum qaynash qaysi tezliklar orqali ifodalanadi 

 

+ishchi tеzlikning mavxum qaynash boshlanish tеzligiga nisbati   



-ishchi oqimning tеzligi 

 

-aralash oqimning tеzligi 



 

-mavxum qaynash tеzligi 

34.Qaysi tezlikda zarrachalar qurilma ichida tarqaladi 

 

+mavhum qaynash tezligi 



 

-katta   

-me‟yorli 

 

-to‟lqinsimon 



35.Mavxum qaynash jarayonida eng yuqori tezlik hosil qilinsa 

 

+mavxum qaynash muvozanati buzilib qurilmadan  



-gaz oqimi bilan zarrachalar uchib chiqa boshlashi 

-qatlam qo‟zgalmasligi buzilishi 

mavxum o‟tish muvozanati buzilishi  

-oqimning gidrodinamik bosim kuchi o‟zgarishi 

36.Mavhum qaynashda qanday zarrachalar ishlatiladi 

 

+turli jinsli zarrachalar 



 

-bir jinsli zarrachalar   

-bir hil bo‟ladi  

-zarrachalar ko‟tarilmaydi 

37.Mavxum qaynash jarayonida zarrachalar gidrodinamikasini ko‟rsating  

+suyuqlik oqimi istalgan tеzliklarda faqat pastdan yuqoriga xarakat qiladi 

 

-gidravlik qarshiligi kichik bo‟lgan xolat 



 

-gidravlik qarshiligi katta bo‟lgan xolat 

 

-o'zgarmaydigan xolat 



38.Zarrachalar mavxum qaynashda to‟qnashsa qatlam qalinligi qanday o‟zgaradi  

+balandlik ortadi 

 

-o‟zgarish bo‟lmaydi   



-balandlik kamayadi   

-yoki ortadi yoki kamayadi 

39.Suyuq sistemalarni uzatadigan mashinalar qanday nomlanadi?   

+nasos  


-vеntilyator 

 

-komprеssor   



-gidravlik prеss 

40.Nasosning asosiy ko‟rsatkichi bu  

+napor  

-tezlik   

-harorat 

 

-kuch 



41.Gazlarni uzatishda qanday energetic qurilma ishlatiladi  

+kompressorlar 



MUSTAQIL TA‟LIM MASHGULOTLARI

 

557 



-gazoduvka 

 

-nasos   



-propeller 

42.Qurilmada gazni bosimda orttirish uchun qanday moslama ishlatiladi?  

+kompressorlar 

-gazoduvka 

 

-nasos   



-turbina 

43.Suyuqlikni porshеnli nasos orqali uzatish qaysi nasoslar turga talluqli   

+xajmiy 

-gidravlik 

 

-osmotik 



 

-dinamik 

44.Tez ko‟piradigan suyuqlikni aralashtirish uchun qanday jixoz tanlanadi 

 

+nasos  



-trubka  

-aralashtirgich  

-soplo 

45.Suyqliklarni tashuvchi moslamalarning asosiy parametrlari bu   



+uzatish, napor va quvvat 

 

-napor va quvvat 



 

-uzatish va quvvat 

 

-tezlik 


46.Vakuum nasoslarning asosiy ko‟rsatkichlari 

 

+yuqori siqilish darajaga ega  



-katta bosim hosil qiladi 

 

-kichik bosim hosil qiladi 



 

-katta harorat hosil qiladi 

47.Nasos samaradorligi va naporiga nima xalaqit beradi 

 

+havo saqlash  



-tezlik   

-harorat 

-kuch 

48.Nasos bir me‟yorda ishlamasligiga nima sabab bo‟ladi?  



+kavitatsiya, bug‟ hosil bo‟lishi 

 

-katta bosim   



-katta harorat   

-katta kuchlanish 

49.Qaysi nasos sanoatda ko‟p ishlatiladi 

 

+markazdan qochma   



-porshenli 

 

-o‟qli   



-ramali 

50.Zichligi va qovushqoqligi katta bo‟lgan suyuqliklarni uzatish uchun qaysi nasoslar samarali 

+vintli  

-porshenli 



 

-o‟qli   



-ramali 

Download 388,71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish